Kalit sozlar: reaksiya, kimyoviy unsur, modda, element, metal, kislorod


Download 20.04 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi20.04 Kb.
#1539849
Bog'liq
Turganbaeva Zulfiya Temirbaevna


I LM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR
info@bestarticle.uz
https://sites.google.com/view/imxu/

BEST ARTICLE RESPUBLIKA ILMIY – ONLAYN KONFERENSIYASI 2022





"Kimyoviy elementlarning dastlabki toifalanishi"

Qoraqalpogiston Respublikasi Nukus shaxri


29-sonli umumiy o'rta talim maktabi
kimyo fani o'qituvchisi
Turganbaeva Zulfiya Temirbaevna

Annotatsiya: Moddalarning xossalarini organish va bu sohada qilingan kashfiyotlar, moddalardan insoniyat ehtiyoji uchun foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, moddalarni va ularni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar-elementlarni toifalash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbu maqolada kimyoviy elementlarning dastlabki toifalanishi haqida fikrlar mulohazalar yuritiladi.


Kalit sozlar: reaksiya, kimyoviy unsur, modda, element, metal, kislorod.
Kimyo tabiat xaqidagi fan bo'lib, u boshqa tabiiyot fanlari (fizika, biologiya, mineralogiya) kabi moddiy jismlar tugrisida bizga atroflicha ma'lumot beradi, u jonli va jonsiz tabiatni tashkil etgan moddalarni, ularning xossalarini, tuzilishini, bir-biriga aylanishini, shular natijasida ruy beradigan uzgarishlarni va bu uzgarishlar orasidagi bog'lanishlarni tekshiradi. Qisqa qilib aytganda, kimyo-moddalar va ularda bo'ladigan uzgarishlar xaqidagi fandir. Kimyoviy uzgarishlarda (reaksiyalarda) dastlabki moddalardan, ya'ni xom-ashyodan boshqa tarkibga va boshqa xossalarga ega bo'lgan maxsulotlar olinadi. Kimyoviy prosesslarni borishi reaksiyada ishtirok etadigan moddalarning tarkibiga, ularni tashkil etuvchi zarrachalarning tuzilishiga bog'liq. Shuning uchun moddalarning tuzilishi bilan ularning reaksiyaga kirisha olish qobilyati orasidagi bog'lanishni urganish katta axamiyatga ega. Biz kimyoviy prosesslarni ma'lum maqsad bilan amalga oshiramiz va ularni uzimiz uchun kerakli tomonga yo'naltirib, istalgan fizikaviy, kimyoviy, biologik va xokazo xosalarga ega bo'lgan moddalar xosil qilishimiz mumkin. Kimyo alohida fan sifatida XVIII – XIX asrlarda shakllangan bo’lsada bu fanning asoslari eramizdan avval qadimgi Yunonistonda yashab ijod etgan Levkipp, Demakrit, Epikur kabi tabiatshunos olimlar hamda VII – XI asrlarda yashab o’tgan buyuk ajdodlarimiz : Ahmad Al – Farg’oniy, Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo Ar – Roziy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino singari ensiklapedist olimlar tomonidan qo’yilgan. Bu borada ularning yozib qoldirgan ilmiy asarlarida keltirilgan ma’lumotlar muhim ahamiyatga egadir. Bu asarlarda dunyoning moddiy tuzilishi haqidagi fikrlar bilan birgalikda kimyo fani asoslarini tashkil etuvchi moddiy dunyo unsurlarini toifalash hamda amaliy kimyo uslublari haqida qimmatli ma’lumotlar bayon qilinganligi e’tiborga loyiqdir. Ar – Roziy moddiy unsurlarning eng kichik birligi – atomlar haqida, ularni yanada kichikroq zarralarga bo’linishi to’g’risida fikrlar bergan bo’lsa, Farobiy va Beruniy asarlarida moddiy dunyo tarkibiy qismlari, ma’dan va qimmatbaho toshlarni sinflash haqida ma’lumotlar keltirgan. Buyuk tabib Abu Ali ibn Sino o’sha davrda ma’lum bo’lgan barcha dorivor moddalarni xossalari asosida toifalarga bo’lib chiqqan. Dorivor moddalarni tarkibi va xossalariga ko’ra turli sinflarga toifalashsingari dastlabki ilmiy bilmlar keyinchalik kimyoviy elementlarning xossalari asosida sinflashga asos bo’lib xizmat qilganligi tabiiy. XVII – XVIII asrlarga kelib kimyo fani g’arb mamlakatlarida keng miqyosda rivojlana boshladi, fan va texnika taraqqiyoti yangi moddalar yaratish, kimyoviy elementlarni alohida ajratib olish imkoniyatlarini yaratdi. Kimyogarlar uchun ma’lum bir tartibga keltirilmagan katta hajmdagi yangi ma’lumotlar bilan ishlashda yangi olingan turli – tuman modalarning toifalarga bo’linmaganligi, sinflanmaganligi o’ziga xos qiyinchiliklarni kelririb chiqara boshladi. XVIII asrning oxirlariga kelib 30 taga yaqin, XIX asrning 60- yillariga kelib 63 ta kimyoviy element ma’lum bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda esa 109 ta kimyoviy element kashf etilgan. Mavjud barhca moddalar shu kimyoviy elemtlardan tashkil topgan bo’lib, ularning xossalari turlichadir.
Moddalarning xossalarini o’rganish va bu sohada qilingan kashfiyotlar, moddalardan insoniyat ehtiyoji uchun foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, moddalarni va ularni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar – elementlarni toifalash zarurtini keltirib chiqardi. Kimyogar olimlar sharq mutafakkirlari asarlarida keltirgan ma’lumotlar asosida kimyoviy unsurlar, moddalarni sinflash muommolarini hal etishga harakat qila boshladilar. Atrofimizda mavjud bo’lgan obyektlar, yuz berayotgan voqea – hodisalarni bir tizimda tartibga solgan holda qabul qilib o’rganish, biz uchun tanish holat. Masalan, inson ehtiyoji uchun turmush buyumlarini ma’lum bir tartibda sinflab, toifalab olganligimiz yoki o’simlik hamda hayvonlarni nav va turlarga sinflashimiz, ular haqidagi tushuncha va tasavvurlarimizning yagona tizmda shakllanishiga olib kelgan.
Kimyoviy elementlar - yadrolarining musbat zaryadi hamda atom qobigʻidagi elektronlar sonining bir xilligi bilan tavsiflanadigan atomlarning alohida bir turi. Massa soni (atom yadrosini tashkil etadigan protonlar va neytronlar massalarining yigʻindisi) har xil boʻlgan Kimyoviy unsur izotoplar deb ataladi. Tabiatda koʻp kimyoviy unsur 2 yoki undan koʻp izotoplardan tashkil topgan. Yer poʻstida tarqalgan tabiiy Kimyoviy unsurning izotop tarkibi oʻzgarmasdir, shuning uchun ularning eng muhim hisoblangan tavsifi — atom massasi deyarli oʻzgarmas boʻladi. Tabiiy Kimyoviy unsur, asosan, noradioaktiv boʻlib, turlituman oddiy (kimyoviy jihatdan parchalanmaydigan) va murakkab (kimyoviy birikmalar) moddalarni tashkil etadi. a, r, u — nurlanuvchi Kimyoviy unsur (uran, toriy, poloniy, radiy) radioaktiv elementlardir. Elementlar tabiatdagi butun mavjudotning eng oddiy tarkibiy qismlari, degan tushuncha miloddan bir necha asr ilgari vujudga kelgan. Aristotelning fikricha, boshlangʻich materiya 4 abstrakt "prinsip" (asos): issiqlik, sovuqlik, namlik va quruklikdan tashkil topgan. Ularning juftlarida qismlar miqdori maʼlum bir sonni tashkil etgach, 4 asosiy element — olov, suv, havo va tuproq hosil boʻlarmish. Keyinchalik alkimyogarlar Aristotelning "prinsip" va "element"lariga eruvchanlik (tuz), yonuvchanlik (oltingugurt) va metallsimonlik (simob) degan tushunchalarni kiritdilar. Kimyoviy elementlarni dastlabki toifalashda ularning ko‘zga tashlanadigan belgilari asos qilib olingan. Deyarli barcha metallar o‘ziga xos yaltiroq, elektr va issiqlikni o‘tkazadigan, bolg‘alanuvchan bo‘lib, metalmaslar esa bunday xossalarga ega emas. Barcha metallar (simobdan tashqari) qattiq, metalmaslar esa qattiq (oltingugurt, uglerod, kremniy, yod), suyuq (brom), gaz (kislorod, vodorod, xlor) holatda bo‘ladi. Metallar hamda metalmaslar kimyoviy xossalari bilan ham farqlanadi. Tipik metallarning gidroksidlari asos, metalmaslarning gidroksidlari esa kislota. Metallarning gidridlari qattiq moddalardir. Metalmaslarning gidridlari esa uchuvchan birikmalardir. Asos xossalarini ham, kislota xossalarini ham namoyon qiluvchi gidroksidlar amfoter gidroksidlar deyiladi. Amfoter gidroksidni hosil qiluvchi oksid ham amfoter xossasiga ega. Amfoter oksid, amfoter gidroksid hosil qiluvchi elementlar amfoter elementlardir. Ayrim kimyoviy elementlarning quyi valentli oksidlari asosli xossaga, yuqori valentli oksidlari kislotali, oraliq valentli oksidlari esa amfoter xossaga ega bo‘ladi. Masalan, xrom (II)-oksid CrO – asosli, xrom (III)-oksid Cr2O3
– amfoter, xrom (VI)-oksid CrO3 – kislotali oksidlardir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

А.А.Петров, А.Т.Трощенко, Х.В.Бальян. Органическая химия. Москва.
“Высшая школа» 1987 г. Для студентов хим. технологических специальностей.
А.И.Артеменко Органическая химия М. «Высшая школа». 2002 г.
I.R.Asкarov, Yu.T.Isaеv, A.Г.Maxsumov, Sh.Qirg’izov. Organik kimyo. G’ofur
G’ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi. Toshkеnt 2012.

N.G.Raxmatullaev, X.T.Omonov, SH.M.Mirkomilov “Kimyo o’qitish metodikasi”


T., “O’qituvchi” 2013 yil.
R.SH.Berdiqulov, F.A.Alimova, SH.M.Mirkomilov Vozmojnosti kompьyuternыx
texnologiy pri izuchenii osnov texnologicheskix protsessov ximicheskogo
proizvodstva. Voprosы gumanitarnыx nauk. Nauchnыy jurnal №2(46), Moskva, 2010

KONFERENSIYA |





Download 20.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling