Kalla ichi bosimi (kib) yoki bosh ichi bosimi oshishi


Bunday asoratlarga quyidagilar kiradi


Download 130.85 Kb.
bet3/3
Sana16.04.2023
Hajmi130.85 Kb.
#1361573
1   2   3
Bog'liq
KALLA ICHKI BOSIMI OSHISHI SABABLARI, ALOMATLARI, ASORATLARI, DAVOLASH

Bunday asoratlarga quyidagilar kiradi:

  • Insult;

  • Miyachaning shikastlanishi natijasida harakatlanish koordinatsiyalarining buzilishi;

  • Miya ustunining ezilishi natijasida reflekslarning buzilishi, aritmiyalar;

  • Falajliklar;

  • Nutq buzilishlari;

  • Ruhiy og’ishlar;

  • Ko‘rlik;

  • Epilepsiya.

K asallik rivojlanishining kamyob bo’lmagan natijasi o’lim hisoblanadi.
Juda kam bo’lsada, ammo kasallikning yaxshi sifatli shakli ham uchrab turadi, bunda yuqori KIB alomatlari hech qanday bir terapiyasiz ham o’z-o’zidan o’tib ketadi. Kasallikning bunday shakli mavjudligi tufayli «kasallik o’zi tuzalib ketadi» degan yanglish tushuncha ham mavjud. Lekin aslo bunday emas. Gap shundaki, qoida tariqasida, kasallikning yaxshi sifatli shakli yoshroq, ko’pincha ortiqcha vaznga ega ayollar uchun xarakterlidir. Shu sababli sizda aynan yaxshi sifatli shakli ekanligiga tayanmaslik kerak. Yaxshisi shifokorga murojaat qilish lozim.






KALLA ICHI BOSIMI OSHISHINI DAVOLASH


Mazkur tashxis qo’yilgan bo’lsa nima qilish kerak? Agar kalla ichi bosimi oshishi ikkilamchi jarayon bo’lsa, birinchi navbatda birlamchi kasallik — ateroskleroz, gipertenziya, osteoxondroz, gormonal muvozanat buzilishini bartaraf etish kerak. Biroq yuqori kalla ichi bosimining simptomatik terapiyasi ham o’ta muhim.
Yuqori cherepnoy davleniya aniqlanganda davolash shifokor tomonidan belgilanishi kerak. Kasallikni davolashning bir nechta usullari mavjud. Ular konservativ va xirurgik turlarga bo’linadi.

KONSERVATIV USULLAR


Yuqori bosh ichi bosimini davolashning konservativ usullariga avvalo dorilar qabul qilish kiradi. Mazkur holatda terapiyaning maqsadi likvor bosimini kamaytirish, miyadan qonning qayta oqishini kuchaytirishdir.
Kalla ichi bosimi oshishida qabul qilish ko’rsatiladigan asosiy preparatlar guruhi — bu siydik haydovchi vositalar yoxud diuretiklar, masalan Furasemid, Diakarb sanaladi. Agar o‘smalar mavjud bo’lsa yoki meningit aniqlansa, shishni kamaytiradigan steroid yallig’lanishga qarshi preparatlar buyuriladi. Shuningdek venoz qon oqimini yaxshilaydigan preparatlar, kaliy preparatlari (Asparkam) qabul qilinadi. Izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, kalla ichi bosimi oshganida nootrop preparatlar besamar hisoblanadi.
Agar kalla ichi bosimi qandaydir boshqa kasallik tomonidan chaqirilgan bo’lsa, asosiy kasallikni davolash uchun dorilar qo’llaniladi.
Kattalarda yuori KIB`ni davolashda fizioterapiya (xususan bo’yinning yoqa sohasiga magnit ta’sir ettirish, dorivor moddalar bilan elektroforez), bo’yin-yoqa zonasi va umurtqa massaji, terapevtik jismoniy tarbiya, akupunktura, sirkulyar dush qo’llanilishi mumkin. Bu usullar asosan kalla ichi bosimi oshishining yengil darajalarida, hayot uchun to’g’ridan-to’g’ri xavfi bo’lmagan hollarda qo’llaniladi. Bundan tashqari, profilaktik maqsadlarda bemor bo’yin, ensa va kalla asosini har kuni massaj qilishi mumkin.

Referat

Mavzu: KALLA ICHkI BOSIMI OSHISHI SABABLARI, ALOMATLARI, ASORATLARI, DAVOLASH


Bajardi:___________________


Tekshirdi:_________________
Download 130.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling