Kalom ilmi. Moturidiylik va ash’ariylik. Islomda imon masalasi. Moturidiylik kalom maktabi vakillari


Download 53.55 Kb.
bet4/14
Sana14.12.2021
Hajmi53.55 Kb.
#181069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5370616523566091506

Islomda imon masalasi. Imom Moturidiy, imom Tahoviy, Abul Muin Nasafiy va boshqa olimlar tomonidan yozilgan asarlarda «imon» masalasi alohida o‘rganilgan, chunki u kalom ilmining eng nozik va asosiy mavzularidan biri hisoblanadi. Imonga berilgan ta’rif orqali bandaning xatti-harakati xususida hukm chiqarilgan. Islomda adashgan ekstremistik, terroristik va aqidaviy oqimlarning aksariyati imon masalasida xatoga yo‘l qo‘yib, o‘z shubhalarini keng xalq ommasi orasida yoyishga harakat qiladilar.

Yuqorida keltirilgan olimlar aqida mavzusini to‘rt qismga ajratib o‘rganganlar: ilohiyot, nubuvvat, kavniyot va sam’iyot. «Ilohiyot» iloh va Unga oid masalalar haqida bahs yuritadi. «Nubuvvat»da vahiy, payg‘ambarlik va ularga tegishli masalalar, kavniyotda esa, borliqdagi mavjudotlar – inson, farishta, jin va sababiyat qonunlari haqida bahs yuritiladi. Sam’iyot eshitish bilangina sobit bo‘ladigan aqidalar haqida bahs yuritadi. Bular asosan g‘ayb olamiga tegishli masalalar bo‘lgani uchun bu turni «g‘aybiyot» ham deyiladi. Islom besh asosga qurilgan. Ular: imon, namoz, zakot, ro‘za va haj. Bular islomning sharti – rukni hisoblanadi. «Imon» so‘zi ishonmoq, tasdiqlamoq ma’nolarini bildirib, istilohda, kalimai shahodatni aytish, ya’ni «La ilaha illalohu Muhammadun Rasululloh» («Allohdan boshqa iloh yo‘q, Muhammad uning rasuli»)ni til bilan aytish va dil bilan tasdiqlashdir. Buni chin dildan aytgan kishi musulmon hisoblanadi. Hadislarda imonning yetti sharti mavjudligi qayd etilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

  1. Allohning borligi va birligi, Qur’on va hadislarda bayon qilingan barcha ism va sifatlariga ishonish, uning barcha buyruqlarini qabul qilish va barcha qaytariqlaridan tiyilish.

Tarixda ulamolar Allohning borligi haqida alohida to‘xtalib, dalil keltirmaganlar. Zero, u davrlarda Xudoning borligiga shubha bo‘lmagan va unga barcha ishongan (ya’ni, xudo yo‘q degan tasavvur bo‘lmagan). Ammo keyingi davrlarga kelib Xudoning borligiga ishonmaydiganlar chiqqandan keyin olimlar bu mavzuni ham aqida kitoblariga kiritganlar va u aqidaning bosh mavzusiga aylangan. Chunonchi Allohning borligiga imon keltirmagan kishiga aqida mavzusini tushuntirishning foydasi yo‘q.

Qur’onda:


Download 53.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling