Kalom ilmi. Moturidiylik va ash’ariylik. Islomda imon masalasi. Moturidiylik kalom maktabi vakillari


«Allohning chiroyli ismlari bordir. Uni o‘sha (ism)lar bilan atangiz!»


Download 53.55 Kb.
bet6/14
Sana14.12.2021
Hajmi53.55 Kb.
#181069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5370616523566091506

«Allohning chiroyli ismlari bordir. Uni o‘sha (ism)lar bilan atangiz!» (A’rof, 180), «Uning go‘zal ismlari bordir» (Hashr, 24) deyilgan. Bu ism va sifatlar orqali Alloh haqida bilimlarga ega bo‘linadi. Barcha ulamolarning fikriga ko‘ra, Alloh ismlarini o‘rganishdan maqsad Unga loyiq bo‘lmagan sifatlarni bermaslikdir. Shuningdek, «Allohning to‘qson to‘qqizta ismi bor»ligi haqidagi hadisni muhaddislar rivoyat qilganlar. Imom Abu Hanifa o‘zining «al-Fiqh al-akbar» asarida Alloh haqida shunday degan: «U o‘zi yaratgan narsalardan birortasiga o‘xshamas. Unga ham biror narsa o‘xshash emas. O‘zining zotiy va fe’liy sifatlari bilan azaldan bor bo‘lgan va abadiy bor bo‘lur. Zotiy sifatlari – hayot, qudrat, ilm, kalom, eshitish, ko‘rish, iroda. Fe’liy sifatlari – xalq etish, yasash va boshqa shu mazmunga dalolat qiluvchi sifatlar. U o‘zining barcha ism va sifatlari bilan birgalikda doim bo‘lgan va abadiy bo‘lajak. Unga biror ism yoki sifat keyin qo‘shilib qolgan emas».

Boshqa bir o‘rinda: «Qur’onda O‘zi zikr etganidek, Allohning qo‘li, yuzi, nafsi (O‘zi) bor deb bilamiz. Bular Uning sifatlaridan, lekin qanday, qanaqa deyilmas. Hatto, qo‘li-qudrati yoki ne’mati ham deb ta’vil etilmas. Aks holda uning bir sifatini yo‘qqa chiqarilgan bo‘lur. Bu esa qadariylar va mo‘‘taziliylar so‘zidir. Biz aytamizki, qo‘li o‘ziga xos, kayfiyatsiz sifatdir. Shuningdek, Uning g‘azabi va rizosi ham o‘ziga xos kayfiyatsiz sifatlaridandir», deyilgan.

Islom ta’limotiga ko‘ra, Allohning ismi va sifatlarini boshqa biror maxluqotga o‘xshatish mumkin emas. Uning holati, kayfiyati, surati haqida bahs qilinmaydi, ya’ni Alloh ko‘radi, eshitadi, biroq biz insonlar va boshqa maxluqotlar kabi emas, balki u haqda bahs yuritish bid’at hisoblanadi.

Allohning buyrug‘ini bajarish va qaytariqlaridan qaytish imonning bir qismidir. Chunonchi, islom ta’limotida Allohning buyruqlarini bajarish insonni oxiratda jannatga kirishiga noil etadi. Aksincha, uning qaytargan narsalaridan qaytmasa do‘zaxda azoblaydi deb e’tiqod qilinadi.



  1. Musulmon kishi farishtalarga ham ishonishi lozim. Farishta arab tilida «malak», ko‘pligi «maloika» deyiladi. Ularga ishonmagan musulmon hisoblanmaydi. Qur’onda:
    Download 53.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling