Kalorimetriya


Download 355.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana27.03.2023
Hajmi355.34 Kb.
#1299491
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-маъруза Калориметрия (Lotincha)

Optik analiz usullari. Optik analiz usullari tekshirilayotgan moddaning optik 
kursatkichlarini o‘lchashga asoslangan. Tekshirilayotgan moddaning atom va molekulalariga 
ta’sir etuvchi elektromagnit nurlanish yutilishi, sochilishi va qaytishi mumkin. Ana shu 
o‘zgarishlardan birortasi yordamida tekshirilayotgan moddaning tarkibi hakida xulosa 
chiqariladi. 


Qishloq xo‘jaligi va biologiyaga taalluqli izlanishlarda optik analiz usullaridan biri 
kolorimetrik analiz keng qo‘llaniladi. Turli ob’ektlar tarkibidagi mikroelementlar miqdori ana 
shu usul yordamida aniqlanadi. Kalorimetrik analiz o‘ta sezgirligi va analiz o‘tkazish uchun 
kerakli vaqtning qisqaligi bilan boshka usullardan farq qiladi. Kalorimetrik analiz usulida 
aniqlanishi zarur bulgan komponent rangli birikmaga o‘tkaziladi. Hosil bo‘lgan rangning 
intensivligidan foydalanib aniqlanayotgan komponent mikdori hakida xulosa chiqariladi. 
Eritmaning rangini solishtirishda fotoelementdan xam foydalanish mumkin, bu usul 
fotokolorimetrik usul deb ataladi. Hozirgi kunda laboratoriyalarimizda FEK-56M markali 
fotokolorimetr ishlatilmoqda. 
Fotokolormetrlar. Ishlatilishi, texnik ma’lumotlar. KFK,FEK-56M,FEK-56 tipidagi 
fotoelektrokolorometrlar 315-630 nm oraligida o‘tkazish yoki optik zichligini o‘lchashga va 
eritmadagi modda konsentratsiyasini fotometrik usullarda aniqlashga mo‘ljallangan. Bu 
asboblar emulьsiyalar, suspenziyalar va kolloid eritmalarning o‘tuvchi yoruglikni tarqatish 
intensivligini nisbiy o‘lchash imkonini ham beradi 
 Fotokolorimetr KFK-2: 
1 - mikroampermetr; 2 - 100%-li o’tkazish uchun asbobni to’g’rilash uchun ushlagich 
(rukoyatka); 3 - sezgirlik ushlagichi; 4 - taqqoslash eritmasi va tekshirilayotgan eritmali 
kyuvetalarni joylashtirish uchun ushlagich; 5 – rangli svetofiltrni kiritish uchun ushlagich; 6 - 
yoritgich. 

Download 355.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling