Kamalak Shabnam Teks


”Kamalak Shabnam Teks” MChJning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichilari


Download 121 Kb.
bet4/6
Sana28.01.2023
Hajmi121 Kb.
#1137042
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
yyyyyy

2.”Kamalak Shabnam Teks” MChJning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichilari
”Kamalak Shabnam Teks” MChJning eksport salohiyati ortib bormoqda. “Kamalak Shabnam Teks” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 85-90 foizi – paxtadan kalava ip gazlamalar xorijga eksport qilinmoqda. Pandemiya tufayli tashqi bozordagi vaziyat o‘zgargan bo‘lsa-da, mijozlarning moliyaviy imkoniyatlari cheklangan bo‘lishiga qaramay, “Kamalak Shabnam Teks” MChJ eksportdagi o‘rnini saqlab qoldi. 2020-yilda Rossiya, Polsha, Ozarbayjon va Qozog‘istondagi xaridorlarga 2,7 million AQSh dollari miqdoridagi mahsulot jo‘natildi. 2021 yilda kompaniyamiz 2,9 mln. AQSH dollari miqdorida eksport qilingan. Bundan tashqari, pandemiya karantin cheklovlariga qatʼiy eʼtibor qaratilib, ish oʻrinlarini yoʻqotishga yoʻl qoʻyilmadi.
2017 yildan 2021 yilgacha bo’lgan barcha eksport miqdori
Rossiya 8531131 $ dollar
Azarbajon 1035443 $ dollar
Polsha 669727 $ dollar
Qazag’istan 83570 $ dollar
Turkiya 84150 $ dolllar
3-jadval

Paxta ipli gazlamaning foydaliligi
Zamonaviy sanoat taqdim etilgan materiyaning turli xil turlarini ishlab chiqaradi, shuning uchun uni bugungi kunda eng mashhur mahsulot deb atash mumkin.

  • Paxta quyidagi afzalliklarga ega (iste'mol xususiyatlari): Yuqori kuch darajasi. U nafaqat tikuvchilikda, balki tibbiyot sohasida ham qo'llaniladi.

  • Tabiiy paxta tolalarini sintetik yoki sun'iy bilan birlashtirganda, olingan material yanada jozibali bo'lib, ranglar palitrasini va chizish usullarini oshiradi.

  • Paxta matosidan tayyorlangan mahsulotlar havoni mukammal o'tkazadi, tana issiqligini saqlaydi.

  • Paxta materialining asosiy kamchiliklari - bu kiyinish paytida tez burishish. Ammo uni ishlab chiqarish jarayonida boshqa tolalarni qo'shish orqali yo'q qilish mumkin



4-jadval


Moliyaviy barqarorligini mustahkamlash - bu korxonaning umumiy barqarorligining ajralmas qismi, moliyaviy oqimlar balansi, tashkilotga ma'lum vaqt davomida o'z faoliyatini saqlab qolishga imkon beradigan mablag'larning mavjudligi, shu jumladan olingan kreditlarAvvalo, moliyaviy resurslar holati bozor va korxona rivojlanishining talablariga mos kelishi kerak, chunki moliyaviy barqarorlikni talab darajasidan past bo‘lishi korxonani to‘lovga qobilligini zaiflashtiradi, ishlab chiqarishni rivojlanishi uchun mablag‘lar yetishmasligiga olib keladi. Buning aksi bo‘lgan holatlarda esa moliyaviy resurslarni ortiqchaligi ishlab chiqarishni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, ishlab chiqarish zaxiralari va rezervlarini me’yordan ortib ketishiga sabab bo‘ladi, demak, moliyaviy resurslarni samarali shakllanishi, taqsimlanishi va ulardan foydalanishi moliyaviy barqarorlik mohiyatini ifodalaydi.
Iqtisodiy adabiyotlarning ko‘pchiligida moliyaviy mustahkamlikka (barqarorlikka) va balans likvidligiga bir xil ta’rif berishadi va aniqlanayotgan ko‘rsatkichni moliyaviy mustahkamlik yoki balans likvidligi, ya’ni korxonalarning olingan qarzlarni qaytarib berish qobiliyatiga egalik deb tushuniladi. Moliyaviy mustahkamlik va balans likvidligi –
bu o‘z mazmuniga ega bo‘lgan ikki xil moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘lib, korxonalar moliyaviy faoliyatini har xil nuqtayi nazardan ifodalaydi . Bu haqda respublikamizning eng yirik iqtisodchi olimlaridan biri hurmatli ustozimiz E.Akromovning «Korxonalarning moliyaviy holatini tahlili» deb nomlangan o‘quv qo‘llanmasida shunday deyiladi:
Moliyaviy mustahkamlik ko‘rsatkichi kompleks sifatidagi
ko‘rsatkich bo‘lib, u:
• Korxonalarning murakkab bozor munosabatlari davrida ishlab chiqarishni saqlanib qolish imkoniyatini;
• Korxona mablag‘laridan erkin ravishda foydalanish imkoniyati borligini;
• Ishlab chiqarishni to‘xtatmasdan, mahsulot sotish imkoniyati borligini;
• Korxonalar faoliyatining umumiy mustahkamliligini;
• Korxonalar faoliyatiga to‘g‘ri boshqaruchilik qilinayotganligini;
• Korxonalarda mavjud moliyaviy resurslarni bozor munosabatlarining talablariga javob berishligini;
• Korxonalarning zaxira va xarajatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplovchi manbalar borligi darajasini ko‘rsatadi.
Moliyaviy mustahkamlik korxonalar moliyaviy resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish bilan aniqlanadi. Korxonaning moliyaviy barqarorligiga korxonalarning butun xo‘jalik ishlab chiqarish faoliyatining hamma yo‘nalishlari ta’sir ko‘rsatadi. Unga ham ichki, ham tashqi omillar, shart-sharoitlar ta’sir etadi.
Ichki omillar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
• korxonada ishlab chiqarishning barqarorligi;
• ishlab chiqarishni tashkil qilish;
• ishlab chiqarishni boshqarish;
• korxona ustav jamg‘armasining hajmi;
• korxona xarajatlari va daromadlarining nisbati;
• o‘zlik mablag‘larining manbalari va korxona majburiyatlarining nisbati;
• korxona aylanma mablag‘lari tarkibi.
Korxonalar o‘z faoliyati davomida boshqa xo‘jalik subyektlari bilan iqtisodiy aloqalarda bo‘lar ekan, korxonalar moliyaviy barqarorligiga
tashqi omillar ham ta’sir etadi.. bunday omillar tarkibiga quyidagilar-
ni kiritish mumkin:
• korxonaning tovarlar bozoridagi holati;
• korxonaning eksport va import aloqalari;
• korxonaning boshqa korxonalar bilan ishga doir aloqalarda aktivligi;
• bank organlari, debitor va kreditor korxonalar bilan aloqalar;
• respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat, soliq, narx-navo va moliya, bank siyosati, texnika, texnologiya siyosati.
Moliyaviy mustahkamlikka korxona ichidagi va undan tashqaridagi vaziyat, omillar, shart-sharoitlar ta’sir ko‘rsatadi, bundan ko‘rinadiki, moliyaviy mustahkamlikning darajasi korxonalarning hozirgi va kelgusidagi faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib talabalar oldiga shunday muammoli savolni qo‘yish mumkin. Korxonaning moliyaviy mustahkamlik (barqarorlik)
ko‘rsatkichlarining darajasiga binoan, korxonadagi qanday muam-
molarni yechish mumkin bo‘ladi? Bu savolga talabalarning munosabat qanday? Moliyaviy mustahkamlik bir qancha omillar, shart-sharoitlar ta’sirining yakuni bo‘lib, u o‘z navbatida, korxona faoliyatining ko‘p tomonlariga ta’sirini ko‘rsatadi. Moliyaviy mustahkamlik tahlilini boshlamasdan oldin yana bir muammoni hal qilish lozim. Bu moliyaviy mustahkamlik atamasining mazmuni haqidagi muammodir. Ushbu muammoli savolni yechish maqsadida quyida iqtisodchi olimlarning fikrlari bilan tanishish lozim. Moliyaviy mustahkamlikning mazmuni shundan iboratki, moliyaviy mustahkamlikni o‘lchash, baholash uchun foydalaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini chegaralab olish lozim. Bunga ko‘ra, V.G.Artemenko, M.V.Bellendirlarning fikricha moliyaviy mustahkamlik korxona moliyaviy resurslarini shakllanish, taqsimlanish va foydalanish samaradorligini ifodalaydi.ga xizmat ko'rsatish va mahsulot ishlab chiqarish va uzoq vaqt davomida to'lov qobiliyatining prognozi. Kredit qobiliyatidan farqli o'laroq, (tashqi moliyaviy barqarorlik - uning qarzlari vab majburiyatlarini qondirish barqarorligi) va aktivlarni moliyalashtirish manbalari kiradi. ”Kamalak Shabnam Teks” MChJning xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarish xarajatlarining o’rni va shundan kelib chikib ularni buxgalteriya xisobini tashkil etilishini takomillashtirib borish masalalari bu boradagi aloxida axamiyatni talab etadigan jixatlardir. Chunki, ushbu xarajatlarni moliyaviy natijaga bevosita ta’siri mavjudki, raqobatga asoslangan bozor iktisodiyoti sharoitida imkoniyat darajasida kamaytirish yullarini topish, uni amaliyotda qullash korxonalarning iktisodiy rivojlanishini ta’minlash omillaridan biri hisoblanadi.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyot tarkibini tubdan o’zgartirish va mulkiy munosabatlarni erkinlashtirish asosida mamlakat iqtisodiyotini barqaror sur’atlarda rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish jarayoni esa, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va yangilash ustuvor vazifalardan biri sifatida tanlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz buxgalteriya hisobi sobiq ma’muriy-buyruqbozlik tizimi davrida shakllanganligi va davlatning mulkiy hukmronligi tufayli uning saqlanib qolayotgan ayrim elementlarini metodologik jihatdan qayta ko’rib chiqish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Bozor sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan aktivlarni iqtisodiy naf keltiruvchi resurs sifatida e’tirof etish, zarur bo’lgan holda, ular tomonidan aktivlarni sotib olishda yoki shakllantirishda iqtisodiy nafni o’rganish va uning ob’ektivligini baholash asosiy maqsad sifatida qo’yilmagan. Buning oqibatida aktivlardan foydalanish samaradorligi pasayib ketishi kuzatilmoqda.
Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish sharoitida xususiy korxonalarni kengaytirish va samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega.
«To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Hujjatda belgilanishicha, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi: bir oy muddatda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha eksport shartnomalarini global karantin cheklovlari sharoitida ularning bajarilishi istiqbollari nuqtai nazaridan batafsil o‘rganadi va istiqbolsiz eksport shartnomalari o‘rniga, birinchi navbatda, karantin chora-tadbirlari yumshatilayotgan davlatlardagi hamkorlar bilan yangi shartnomalar tuzishga har tomonlama yordam ko‘rsatadi; ikki oy muddatda eksportga yo‘naltirilgan tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlariga ixtisoslashgan jahon brendlari vakillari bilan ushbu mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni tashkil etish va tayyor mahsulotlarni, shu jumladan respublikaning amaldagi korxonalari quvvatlarida tikish bo‘yicha yirik buyurtmalarni shakllantirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazadi;
“O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda xalqaro tashkilotlar ko‘magida AQSh va Yevropada tan olingan zamonaviy xalqaro sertifikatlarni har yili tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha tarmoq korxonalariga joriy etishni ta'minlaydi;
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Koreya, Hindiston va boshqa davlatlardan tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi yetakchi ekspertlarni mazkur sohani isloh qilish bo‘yicha maslahatchi sifatida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan jalb qiladi. 
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda:
yirik to‘qimachilik sanoati korxonalari faoliyatini ularning moliyaviy barqarorligi nuqtai nazaridan stress-testdan o‘tkazadi;
stress-test natijalariga ko‘ra to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining unumdorligi, moliyaviy samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha takliflarni hamda mahalliy to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati raqobatbardoshligini ta'minlashni hisobga olgan holda tarmoqni rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan holda ikki oy muddatda yirik hududiy to‘qimachilik-tikuvchilik klasterlarini rivojlantirish va infratuzilma majmuasini (sertifikatlash, standartlashtirish, logistika va boshqalar) yaratishni hisobga olgan holda ularda tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari chiqarish bo‘yicha eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni joylashtirish yuzasidan takliflar kiritadi.
Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022- yilning yanvar-iyun oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 30,5 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 99,1 % tashkil etgan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi 1574,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek,2021- yilning yanvar-iyun oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 31,4 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 110,3 % ni tashkil etgan.



Download 121 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling