Kambag‘allik chegarasi nima?


Download 159.5 Kb.
bet1/2
Sana17.05.2020
Hajmi159.5 Kb.
#107007
  1   2
Bog'liq
Kambag


Kambag‘allik chegarasi nima?

Kambag’allik nima? U bugun yo kecha paydo bo’lib qoldimi? BMT kambag‘allik chegarasini asosiy tovar va xizmatlar (oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar-joy haqini to‘lash, suv bilan ta'minlash, elektr energiyasi, maktab ta'limi, tibbiy xizmat) uchun zarur bo‘lgan daromadlar sifatida belgilaydi. Kambag‘allik darajasi nisbiy tushuncha sanaladi va muayyan mamlakatdagi umumiy farovonlik darajasiga bog‘liq. Kambag‘allik mutlaq va nisbiy kabi turlarga bo‘linadi. Mutlaq kambag‘allikda kun kechiruvchi odamlar biologik tirik qolishni ta'minlaydigan minimal ehtiyojlarnigina qondirishlari mumkin.

Hukumat mahalliy organlari aholining kam ta'minlangan qatlamlarini aniqlash, ijtimoiy himoya sohasidagi vazifalarni aniqlash maqsadida kambag‘allik chegarasini belgilaydi. Bunda turli mezonlardan foydalaniladi, boy mamlakatlarda qashshoqlik chegarasi, kambag‘al mamlakatlarga qaraganda yuqoriroq.

Jahon banki metodikasi

1990 yilda Jahon banki ekspertlari kambag‘al davlatlarda qo‘llanadigan standartlardan foydalanib, dunyodagi kambag‘al aholi sonini o‘lchashni taklif qilishgandi. 15ta davlatdagi kambag‘allikning milliy darajasini o‘rganib, xarid qobiliyati asosida valuta kurslarini qo‘llagan holda (xarid qobiliyati; butun dunyodagi ana shu narxlar asosida hisoblanadi) qayta hisoblashdi. Tovar va xizmatlar to‘plami narxini barcha mamlakatlarda to‘g‘ri taqqoslash uchun ana shunday qilingan.

Natijada ekspertlar o‘rganilayotgan qashshoq mamlakatlarning oltitasida kambag‘allik darajasi kuniga bir kishi uchun 1 dollarga yaqin ko‘rsatkichni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich ilk xalqaro qashshoqlik chegarasi sifatida qabul qilinadi.

Dunyo mamlakatlaridagi hayot qiymatidagi tafovutlar ortib borgani sababli Jahon banki global kambag‘allik ko‘rsatkichini vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqish zaruriyatiga duch keldi. 2005 yilda bank dunyoning eng qashshoq mamlakatlarida qabul qilingan  kambag‘allik darajasi asosida ana shu ko‘rsatkichni qayta hisobladi. Natijada global qashshoqlik chegarasi 1,25 dollargacha ko‘tarildi. 2015 yilda chegara qayta ko‘rib chiqildi va 1,9 dollargacha ortdi.

Bundan tashqari, Jahon bankida o‘rtadan past, o‘rta va yuqori– 3,2 dollar, 5,5 dollar va 21,7 dollar daromadlarga ega mamlakatlar uchun kambag‘allikning yuqori darajalari qabul qilingan. Bank mutaxassislari bu ko‘rsatkichlar pul mezonlariga asoslangani va ular ta'lim olish, sog‘liqni saqlash xizmatlari va suv hamda elektr energiyasi bilan ta'minlanganlik kabi jihatlarni hisobga olmasligini ta'kidlashadi.

Jahon banki ma'ruzalari

1990 yildan boshshab har yili Jahon bankining «Kambag‘allik va yalpi farovonlik» ma'ruzalari e'lon qilinadi. So‘nggi ma'ruza 2018 yilning oktabr oyida chiqarilgan. Undagi asosiy ko‘rsatkich qashshoqlikning xalqaro chegarasi bir kishi uchun kuniga 1,9 dollar miqdorida ekanidir. Biroq qashshoqlik bo‘yicha yangi ta'rif va o‘lchamlar kiritilmoqda. Jumladan, ijtimoiy kambag‘allik. Bu ko‘rsatkich mutlaq va nisbiy kambag‘allik konsepsiyasini birlashtiradi.

Bundan tashqari, kambag‘allik daromadlar darajasi bo‘yicha kommunal xizmatlar (suv, elektr energiyasi), sog‘liqni saqlash yoki ta'lim olish imkoniyatini aks ettirmagani uchun ko‘p o‘lchamli kambag‘allik ko‘rsatkichi kiritildi. Ana shu tushunchaga mos ravishda global darajadagi kambag‘allar ulushi monetar kambag‘allik bilan taqqoslaganda taxminan 50 foizga yuqoriroq.

Jahon banki ma'lumotlariga ko‘ra, 736 million kishi (aholining 10 foizi) o‘ta qashshoqlik sharoitida (kuniga 1,9 dollardan kam kirimga ega), dunyo aholisining deyarli yarmi – 3,4 mlrd kishi – kuniga 5,5 dollardan kam tushumga ega. Qashshoqlik darajasi eng yuqori qit'a Afrika, sayyoradagi eng qashshoq mamlakatlar – Kongo demokratik respublikasi (o‘ta qashshoqlik darajasi – 77,1 foiz) va Madagaskar (77,6 foiz).



O‘zbekistonga tegishli ko‘rsatkichlar

O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Jahon banki va BMT Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda dastur ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Uni amalga oshirish uchun 700 million dollar mablag‘ yo‘naltiriladi.

27 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondagi kambag‘allik darajasiga oid statistika keltirildi.

«Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 12-15 foiz yoki 4-5 million aholimiz kambag‘al. Bu ularning bir kunlik daromadi 10-13 ming so‘mdan oshmayapti, degani. Yoki bir oilada mashina ham, chorva ham bo‘lishi mumkin, lekin bir kishi og‘ir kasal bo‘lsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni davolatishga ketadi. Xo‘sh bunday oilani o‘ziga to‘q deyish mumkinmi? Prezident sifatida meni odamlarimizning ovqatlanishi, davolanishi, bolalarini o‘qitishi, kiyintirishi kabi hayotiy ehtiyojlari nima bo‘layapti, degan savol har kuni qiynaydi», – degandi Shavkat Mirziyoyev.



Qashshoqlik – bu hayot uchun muhim bo'lgan, eng zarur minimal ehtiyojlarni qondira olmaydigan, ishga layoqatli bo'lib, o'z naslini davom ettirishi mumkin bo'lmagan shaxs yoki ijtimoiy guruhni iqtisodiy holatining o'ziga xos xususiyatidir.

Qashshoqlik nisbatan bir tushuncha bo'lib, ma`lum bir jamiyatdagi umumiy hayot standartlariga bog'liq. Ma`lum bo'lgan qashshoqlik me`yorlarining asosini, pul ta`minoti ko'rsatkichlarini umumlashtiruvchi, masalan, eng minimal darajada imkoniyati bo'ladigan oilaviy daromad yoki iste`mol xarajatlarining minimal miqdori kabi ko'rinishda bo'ladi.

Xuddi marksistlarniki kabi, g'arb liberal nazariyasida ham, qashshoqlik, shaxs yoki uning oilasi asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirish uchun vositalar bo'lmagandagi xolatni anglatadi.

Turli mamlakatlarda va turli xil tarixiy davrlarda, bu ehtiyojlar turli yo'llar bilan baholanadi.



Mutlaq qashshoqlik, aholining turli guruhlari daromadlarining ma`lum bir minimal qiymatga etib bormaganligi bilan izohlanadi, endi u rasmiy ravishda eng kam ish haqi hisoblanadi.

Nisbatan qashshoqlik, yoki sovet terminologiyasida, ishchilarning nisbiy qashshoqligi – bu shaxsning yoki oilaning daromadi ma`lum bir mamlakatning o'rtacha daromadidan yoki xarajatlaridan pastroq bo'lishi tushuniladi. Ya`ni, odamlar ocharchilikda qolmaydilar, ammo «o'rtacha pastda» yashaydilar, o'zlarini ko'p narsadan mahrumday his qiladilar.

Qashshoqlik darajasi– bu aholi jon boshiga to'g'ri keladigan, xayot kechirish uchun daromadi past bo'lgan, odamlar sonining butun aholiga nisbatidir.

Kashshoqlikning tubi– bu kabag'al oilalarning  xayot kechirish uchun eng kam daromaddan ham pastga tushib ketish darajasidir.

Faqirlikning chegarasi– kambag'allik chegarasining 50% dan, ya`ni iste`mol minimumidan oshmaydigan jonboshi daromadi.

Qashshoqlikni o'lchash

Qashshoqlikni o'lchash oson emas. Uchta asosiy yondashuv mavjud. Ulardan biri asosiy oziq-ovqat, asosiy ehtiyoj va kiyim-kechak iste`molini aholi tomonidan baholashdir.

Bu, eng qo'pol va iste`molning turli darajalarini inobatga olmaydigan yondashuvdir.

Masalan, agar 10 mln. aholisi bo'lgan Osiyo mamlakatlaridan biri 10 mln. tonna guruch ishlab chiqaradi yoki olib kiradigan bo'lsa, demak, bitta fuqaro uchun kuniga 2,7 kg guruch to'g'ri keladi. Bu oz emas bo'lib, ocharchilik xaqida mulohaza yuritish shart bo'lmaydi.

Xuddi shu kabi, ehtimol Rossiyada ham, agar butun iste`mol qilinadigan – kartoshka, non va makaronlarni hisobga olinsa ko'rinadi. Bu, albatta, o'tgan asrlardagi ko'rsatkichlarga o'xshaydi, biroq  mahsulot va tovarlarning real iste`mol qilinishini hisobga olinsa, iste`mol savatchasi va iste`mol (yashash uchun) minimumi deb ataladigan tushuncha kelib chiqadi.

Ikkinchi yondashuv – aholini ro'yxatga olish ma`lumotlari asosida davlat statistika idorasi, masalan «Rosstat» (sobiq Davlat statistika qo'mitasi) tomonidan belgilanadigan va aholi o'rtasida daromadlar va xarajatlar bo'yicha rasmiy statistik ma`lumotdir. 2003 yilda 44,5 mingdan ortiq oilalarning so'nggi yirik tadqiqotlari o'tkazildi (NOBUS «Aholi farovonligi va uning ijtimoiy dasturlarda ishtiroki» mavzusidagi Milliy so'rov natijalari asosida).

Bu kabi statistik so'rovnomalar, «mini-ro'yxatga olish»lar jamoatchilik fikrini o'rganish emas, ular faqat masalaning amaliy tomoni bilan bog'liq, ya`ni, siz qancha daromad olasiz, qancha sarf qilasiz va hokazo.

Nihoyat, uchinchi yondashuv – bu daromad va xarajatlarning jismoniy ko'rsatkichlarini emas, balki moddiy boyliklari, moddiy muammolari va turmush tarzi ko'rsatkichlarini baholovchi ommaviy so'rovlardir.

Xalqaro darajali baholash

Ko'p hollarda qashshoqlik tahlil qilinganda, qashshoqlik tarqalishining xalqaro mezonlarini, xususan, BMTning tavsiyalarini qo'llaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi 1990 yildan buyon, xalqaro taqqoslashlar uchun Jahon bankining mezonlari – xarid qobiliyati paritetining miqdori, AQSh dollari miqdorida qo'llaniladi.

Shunday qilib, aholi jon boshiga kuniga 1 dollardan kamroq iste`mol sarfi qashshoqlikni anglatadi. Karib dengizi uchun kuniga 2 dollar kambag'allik chegarasi qabul qilinadi, Sharqiy Evropa va MDH uchun – 4 AQSh dollari. Ba`zan bir kuniga 1;   2,15 va 4,3 dollar darajasi qo'llaniladi.

Jahon iqtisodiyotiga o'tish davrida bo'lgan mamlakatlarda qashshoqlik darajasini qiyoslash uchun, kambag'allik chegarasi AQShda bir kishi uchun kuniga 2,15 AQSh dollarini tashkil etadi. Ya`ni, chegarasi, oilaviy daromad oyiga har bir oila a`zosi uchun kamida 65 AQSh dollarini tashkil etadi.

Ukrainadan tashqari, MDHning aksariyat mamlakatlarida, minimal iste`mol qiymatlarining narxini hisoblash orqali, qashshoqlik chegarasini qurishda asos qilib olinadi. Belarusiyada kambag'allik chegarasi yashash uchun eng kam miqdordagi byudjet hisoblanadi.

Iste`mol savati–  respublikada yuzaga kelgan muayyan shart-sharoit va xususiyatlarga tayangan holda, ma`lum bir vaqt mobaynida, insonning ma`lum funksional ehtiyojlariga javob beradigan, ilmiy jihatdan asoslangan tovar va xizmatlar majmuidir. Iste`mol savatini yaratishda uning vakillik tamoyilidan foydalaniladi; unda mavjud bo'lgan imtiyozlar va xizmatlar insonning normal hayoti uchun zarur bo'lgan barcha iste`mol majmualarini ifodalaydi.

Iste`mol savatchasi quyidagi mahsulot va xizmatlarni o'z ichiga oladi:

-Oziqlantirish;

– Kiyim, choyshab, poyabzal;

– Dori-darmonlar, sanitariya-gigiena vositalari;

– Mebelь, madaniy – maishiy va xo'jalikda foydalaniladigan buyumlar;

– Uy-joy va kommunal xizmatlar;

– Madaniy-ma`rifiy tadbirlar va dam olish;

– Maishiy xizmatlar, transport, aloqa;

– Bolalarni maktabgacha ta`lim muassasalari uchun xarajatlar;

– To'lovlar va majburiy badallar.

Iste`mol savatlarini baholash uchun tovarlar va xizmatlarning o'rtacha narxi har qanday savdo tovarlarini: chakana, individual, qishloq xo'jaligi mahsulotlari bozorida savdoni hisobga olgan holda qo'llaniladi. Savdo-sotiqda biror tovar bo'lmagan taqdirda, uning narxi muqobil savdo turlari bilan harid qilinishi mumkin bo'lgan narxlarni hisobga oladi.



Minimal iste`mol byudjeti, iste`mol bahosidagi o'sishni hisobga olgan holda, zarur bo'lganda qayta ko'rib chiqiladi, lekin har chorakda kamida bir marta, har chorakning so'nggi oyidagi o'rtacha narxlar qo'llaniladi.

Iqtisodiy imkoniyatlari quyi bo'lgan davlat, ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda foydalaniladigan bunday eng muhim me`yorga mos keladi.



Iste`mol minimumi – bu aholining hayoti va sog'lig'ini ta`minlash uchun zarur bo'lgan eng past darajadagi moddiy mahsulot va xizmatlar to'plami.

Minimal iste`mol byudjeti-  bu, iste`mol minimumi qiymatining xajmi, shuningdek majburiy to'lovlar va badallarning qiymati hisoblanadi.

Minimal iste`mol byudjetlarini hisoblashda ijtimoiy me`yorlarning o'ziga xosligini hisobga olgan holda, minimal iste`mol byudjetini aniqlashning asosiy konseptual va metodologik yondashuvlari asos qilib olinadi. Iste`mol minimumi, minimal iste`mol byudjetiga nisbatan ko'proq o'rtacha ilmiy jihatdan isbotlangan, o'rtacha me`yorlarga emas, uning eng past (fiziologik) darajasiga yo'naltirilgan bo'lib, tovarlar va xizmatlar majmui miqdorini bir qismini kamaytirish va har bir guruhdagi mahsulot-vakillarning sonini aks ettiradi.

Qashshoqlik darajasi – aholi (uy xo'jaliklari) umumiy kambag'allik chegarasidan past bo'lgan xarajatlar (daromad) darajasi, umumiy aholi (uy xo'jaliklari)ga nisbatidir.

Jamoatchilik fikrini o'rganish so'rovnomalari natijalariga ko'ra, xalqning xukumatdan noroziligi – uni qashshoqlikni eng asosiy muammosi sababchisi, doimiy tashvish va xavotir keltiruvchi deb hisoblaydi. Turli so'rovnomalarda uni – yashash uchun kerakli vositalarning etishmasligi, kam daromadlar, oilaning kambag'allik holati, kabag'allik va qashshoqlikda yashovchi insonlar soni ko'pligi deb atashadi.

Bozor islohatlari bilan shug'ullanuvchi nazaryotchilar kapitalizmga o'tishning dastlabki yillarida aholi o'rtasida qashshoqlik darajasi o'sishini oldindan ogohlantirishadi, lekin keyinchalik qashshoqlikni keltirib chiqaradigan «chirigan» rejalashtirilgan buyruqbozlik iqtisodiyoti bilan taqqoslaganda, nisbatan shiddat bilan o'sadigan samarali bozor iqtisodiyotini oldindan bashorat qilishgan. Biroq, bularni  hech qaysi biri sodir bo'lmadi. Qashshoqlik eng asosiy muammo sifatida post-sovet jamiyatlarida saqlanib qolmoqda.

2017 yil uchun iste`mol savati: tarkibi



Nomi

O'lchov birligi

Iste`mol xajmi (yiliga o'rtacha bir kishi uchun )

Mehnatga layoqatli aholi

Nafaqaxo'rlar

bolalar

Non mahsulotlari (non va makaron mahsulotlarini un, don, no'xat, mosh, grechka, loviya, va x.k.)

kg

126,5

98,2

76,6

Kartoshka

kg

100,4

80,0

88,1

Sabzavot va poliz ekinlari

kg

114,6

98,0

112,5

Mevalar

kg

60,0

45,0

118,1

Shakar va konditer mahsulotlari shakar hisobidan

kg

23,8

21,2

21,8

Qo'shma mahsulotlari

kg

58,6

54,0

44,0

Baliq mahsulotlari

kg

18,5

16,0

18,6

Sut va sut mahsulotlari sut hisobidan

kg

290,0

257,8

360,7

Tuxum

dona

210,0

200,0

201,0

O'simlik yog'i, margarin va boshqa yog'-moy mahsulotlari

kg

11,0

10,0

5,0

Boshqa xildagi oziq-ovqat mahsulotlari (tuz, choy, ziravorlar)

kg

4,9

4,2

3,6

 

2.Nooziq- ovqat mahsulotlari

Nomi

O'lchov birligi

Iste`mol xajmi (yiliga o'rtacha bir kishi uchun )

Mehnatga layoqatli aholi

Nafaqaxo'rlar

bolalar

Ustki qalin kiyim guruhidagi (Verxnyaya palьtovaya gruppa)

Dona/ Bir yil

3/7,6

3/8,7

3/2,6

Ustki kostyum- kiyim guruhi (Verxnyaya kostyumno­ platьevaya gruppa)

Dona/ Bir yil

8/4,2

8/5,0

11/2,0

Ich kiyim

Dona/ Bir yil

9/2,4

10/2,9

11/1,8

Paypoq va shunga o'xshash buyumlar (Chulochno­nosochnыe izdeliya)

Dona/ Bir yil

7/1,4

4/1,9

6/1,3

Bosh kiyim hamda galanteriya tovarlari va buyumlari

Dona/ Bir yil

5/5,0

4/5,6

4/2,8

Oyoq kiyim

Dona/ Bir yil

6/3,2

6/3,5

7/1,8

Maktab-o'quv qurollari

Dona/ Bir yil

3/1,0

3/1,0

27/1,0

Choyshabli buyumlar

Dona/ Bir yil

14/7,0

14/7,0

14/7,0

Madaniy-mayishiy va xo'jalik uchun mo'ljallangan tovarlar

Dona/ Bir yil

19/10,5

19/10,5

19/10,5

Birinchi navbatda zarur bo'ladigan sanitariya va dori-darmon buyumlarari

Bir oyda nooziq-ovqatlariga ketadigan xarajatlarxajmidan foiz xisobida

10

15

12

 

3.Xizmatlar

Nomi

O'lchov birligi

Iste`mol xajmi (yiliga o'rtacha bir kishi uchun )

Mehnatga layoqatli aholi

Nafaqaxo'rlar

bolalar

Uy-joy

Umumiy maydoni m2

18

18

18

Markaziy isitish tizimi

Bir yilda Gkal

6,7

6,7

6,7

Sovuq va issiq suv ta`minoti hamda oqava suv

Sutkasi litr

285

285

285

Gazta`minoti

Bir oyida kub. m

10

10

10

Elektroenergiya

Bir oyda kVt.s

50

50

50

Transport xizmatlari

Bir yillik qatnov

619

150

396

Madaniy xizmatlar

Bir oyda ko'rsatiladigan xizmatlarning umumiy xarajatlar foiz xisobidagi xajmi

5

5

5

Boshqa turdagi xizmatlar

Bir oyda ko'rsatiladigan xizmatlarning umumiy xarajatlar foiz xisobidagi xajmi

15

15

15

 

 

Foydalinilgan adabiyotlar:



1.Baranovskiy M.O. «Metodicheskie podxodы k osenke urovnya jizni naseleniya Ukrainы»

2. Voronkova O.V. «Podxodы k opredeleniyu i izmereniyu bednosti»

3. Golubenko I.E. «Kriterii urovnya bednosti»

4. Ratgayzer V.M. «Stoimostь jizni i ee izmerenie»

5. Rjanisыna L.S. «Voprosы teorii i praktiki sokraщeniya bednosti v Rossii»

Prezidentimiz Murojaatnomada birinchi bor rasman kambag‘allik to‘g‘risida gapirib, mamlakatimizda kambag‘allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha vazifa qo‘ydi.

Davlat rahbarining mamlakatimizda kambag‘al odamlar qatlami borligini ochiq-oydin gapirishi, avvalo jasoratdir. Chunki Prezident bu bilan bir vaqtning o‘zida muammoni bartaraf etish bo‘yicha katta mas’uliyatni zimmasiga oldi. Ikkinchi tomondan, bu mamlakatimizda erkin gapirish, kamchiliklarimizni yashirmasdan ro‘y-rost ayta olish davri kelganligini ham anglatadi. Axir yaqin paytlargacha kamchiliklarimizni aytishdan tortinib keldik.

Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy jihatdan baquvvat mamlakatlarda ham aholining kambag‘al qatlami bo‘lishi, ya’ni jamiyatda moddiy jihatdan tabaqalanish kuzatilishi mumkin. Iqtisodiy o‘sish sur’ati yaxshi bo‘lib, aholisining kambag‘allik darajasi o‘zgarmaydigan mamlakatlar ham bor. Bu odatda aholisi tez ko‘payib, iqtisodiy o‘sishi faqat ayrim sohalarda bo‘layotgan davlatlarda kuzatiladi. Boy mamlakatlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirib, masalani ma’lum darajada yechishi mumkin. Biroq bu masalaning to‘liq yechimi emas.

Asosiysi, mehnatga yaroqli aholi o‘rtasida yaxshi daromad olish, yaxshi yashashga intilish uchun harakatni shakllantirish kerak. Buning uchun esa davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi lozim. Avvalambor, mukammal qonunchilik bazasi yaratilishi, jamiyatda barcha uchun teng bo‘lgan, o‘z imkoniyatlari, iste’dodini to‘liq namoyon qilishga ko‘mak beradigan tizim bo‘lishi shart.

Endi har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat darajasida haqiqiy sharoit, ahvol tahlil qilinadi. Buning uchun avvalo, kambag‘allikka oid real ahvol o‘rganiladi, keyin tuman va shaharning salohiyati, tabiiy resurslari, yer va infratuzilma imkoniyatlari xaritasi tuziladi. Bu kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha bajarish lozim bo‘lgan barcha ishlar rejasini belgilab olish uchun juda muhim.

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, kichik biznes, tadbirkorlikni rivojlantirish kambag‘allikni kamaytirishda eng muhim omil. Aholini tadbirkorlikka o‘rgatish, kasbiy malakasini oshirish orqali kambag‘allikni kamaytirish eng asosiy masala sifatida belgilandi. Bu borada tadbirkorlik yaxshi rivojlangan va aholi zich joylashgan hududlar atrofida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan va bo‘sh turgan yer maydonlarida kichik sanoat zonalari tashkil etish taklifi g‘oyat katta ahamiyatga ega. Bu zonalarda zarur infratuzilma yaratish uchun byudjetdan katta mablag‘lar ajratilishi belgilandi. Demak, ishlarni bajarish uchun moliyaviy ta’minot masalasi ham hal qilingan.

Xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida ishsizlik darajasi Samarqand viloyatida ham yuqori ekanligi qayd etildi. Foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni kambag‘al aholiga ajratib berish, zarur joylarda artezian va quduqlar qazish bo‘yicha topshiriq berildi. Viloyatimizda adir, lalmi yerlarimizning ko‘pligi bois bu imkoniyatdan samarali foydalanish yaxshi natija berishi aniq.

Bu borada avvalo, tomorqa yerlarimizdan unumli foydalanishimiz kerak. Ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining bozorlarimizda keskin tushib ketishi ularni yetishtirayotgan dehqonlarimiz mehnatini samarasiz qilib qo‘yadi. Mehnat yaxshi foyda keltirishi uchun mahsulotlarni chetga eksport qilish masalasini ham yengillashtirish kerak. Albatta, bunda o‘zimizning oziq-ovqat xavfsizligimizni ta’minlash lozim.

Kambag‘allikni kamaytirishda dunyo bo‘yicha Xitoy tajribasi namunali. Iqtisodiy islohotlar boshlangan o‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab hozirgacha Xitoy 800 milliondan ziyod aholini kambag‘allikdan chiqardi. 2020 yil kambag‘allikni butunlay tugatish yili deb e’lon qilingan. Bugungi kunda aholini, ayniqsa, qishloq joylarida band qiladigan asosiy yumush – bu mayda ishlab chiqarish korxonalaridagi mehnat, oilaviy biznes. Deyarli barcha mahsulotlar onlayn savdo bilan iste’molchilarga yetkaziladi. Bizda yaqinda joriy etilgan Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi hamda hukumatda alohida kotibiyat tuzilmasi Xitoyda ham mavjud. XXRning davlat Kengashida kambag‘allik bilan kurashish qo‘mitasi faoliyat yuritadi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, yaxshi hayot o‘z-o‘zidan yaratilmaydi, buning uchun mehnat qilish kerak. Yaxshi, to‘q, farovon hayotni bizga hech kim yaratib bermaydi, uni o‘z mehnatimiz bilan yaratamiz.


Download 159.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling