Kambag‘allik chegarasi nima?
Download 159.5 Kb.
|
Kambag
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu – YaXShI NIYaT, ILM-MA’RIFAT, HAMJIHATLIK va HISSIYoTLARGA BERILMASLIK tuyg‘usidan tarkib topgan.
- “Siz yerliklar aqlli mavjudotlar jamiyatiga qo‘shilishingizga hali ancha bor ekan”, deb o‘zga sayyoraga qaytib uchib ketishgan ekan”.
- “Jamiyatda boylarga qaraganda pul haqida eng ko‘p o‘ylovchi sinf bu – kambag‘allardir. Zero, ularda puldan boshqa o‘ylaydigan narsaning o‘zi yo‘q. Kambag‘allikning muammosi ham aynan shundadir”
- Qashshoqlik – bu insonning kuniga 1,90 AQSh dollari yoki undan ham kamroq mablag‘ hisobiga kun kechirishini anglatadi.
- O‘zbekistonda shu paytgacha yashash minimumi haqida so‘z yuritilmagan.
- 1) eng kam ish haqi va pensiyalar; 2) bazaviy ijtimoiy to‘lovlar
- O‘zbekiston 2019 yilda global ochlik indeksida 10,7 ball to‘plab, dunyo mamlakatlari o‘rtasida 49-o‘rinni egalladi.
- 1. To‘yib ovqatlanmaslik
- 3. Bolalar o‘sishidagi kechikishlar
- 1. Qashshoq mamlakatda tug‘ilish va istiqomat qilish.
- 2. Qishloq hududlarida tug‘ilish va istiqomat qilish.
- 3. Erta yoshda farzand ko‘rish va ko‘p bolali oilalar.
- 4. Kambag‘al oilada dunyoga kelish va yaxshi ta’lim olmaslik.
- 5. Uzoq muddat davomida past haq to‘lanuvchi ishda ishlab kelish.
- “Avval aqlli edim – dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘ldim. Endi esa donoman – o‘zimni o‘zim o‘zgartiryapman”. Guliston davlat universiteti
Baxtiyor XO‘JAYoROV, xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati, Samarqand davlat universiteti professori. Har qanday kasallikning yarim davosi bu – albatta, yaxshi niyatdir. Chunki yaxshi niyat, yaxshi kayfiyat insonni xotirjam qiladi, uning xayolini har xil noo‘rin fikrlardan, vahimalardan forig‘ etadi. Shu jihatdan olganda, koronavirus infeksiyasining vaksinasi bor. Bu – YaXShI NIYaT, ILM-MA’RIFAT, HAMJIHATLIK va HISSIYoTLARGA BERILMASLIK tuyg‘usidan tarkib topgan. Bunday vaksina xalqimizning qonida bor. Zero, xalqimiz azal-azaldan faqat yaxshi niyat qilib yashab keladi. Aynan mana shu yaxshi niyat xalqimizni tarixning murakkab sinovlaridan eson-omon olib chiqqan va bundan keyin ham albatta shunday bo‘ladi. Bugungi kunda butun dunyoda koronavirus tufayli go‘yoki dunyo to‘xtab qolayotgandek tuyulayotgan bir paytda so‘zimizni bir latifadan boshlasak. “Yerga o‘zga sayyoraliklar tashrif buyurishibdi. O‘zga sayyoraliklar yerliklarga murojaat qilib, “Biz bir necha ming yorug‘lik yiliga teng bo‘lgan masofani bosib keldik. Tashrifimizdan ko‘zlangan asosiy maqsad, sizlarni butun koinot aqlli mavjudotlar jamiyatiga qo‘shmoqchimiz. Lekin bundan avval sizlarga bir nechta savollar bilan murojaat qilmoqchimiz”, deb, keyin savol berishibdi:
Haqiqatdan ham, hamma muammolarning yechimi puldamikan? Yo‘q, albatta. Balki bu gap kimgadir yoqar, kimgadir yoqmas, lekin barcha muammolarimizning ildizi bu – biz yerliklarning aqlsizligimizdadir. Ingliz yozuvchisi va shoiri Oskar Uayld “Jamiyatda boylarga qaraganda pul haqida eng ko‘p o‘ylovchi sinf bu – kambag‘allardir. Zero, ularda puldan boshqa o‘ylaydigan narsaning o‘zi yo‘q. Kambag‘allikning muammosi ham aynan shundadir”, deb aytganida naqadar haq edi. Bugungi kunda jahon iqtisodiyoti turli moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqirozlarning kuchayishi, mamlakatlar o‘rtasida turli savdo urushlarining avj olishi natijasida dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning cheklanishi kabi jarayonlar bilan tavsiflanadi. Buning natijasida esa, dunyoning ko‘pgina milliy iqtisodiyotlarida YaIM o‘sishining sekinlashuvi, real daromadlarning pasayishi, ijtimoiy tabaqalanishning chuqurlashuvi va qashshoqlikning ortishi kuzatilmoqda. Muxtasar qilib aytganda, kambag‘allik – muayyan maqbul turmush darajasini ta’min eta olmaslikdir. Bir so‘z bilan aytganda, bu – ma’lum bir shaxs yoki oilaning zaruriy ehtiyojlari darajasining ularni qondirish imkoniyatlaridan oshib ketishidir. Hayot sifati va sharoitlariga e’tibor berish shaxsning (yoki oilaning) ijtimoiy mavqeyi va uning turmush darajasi o‘rtasidagi tafovutni aniqlash imkonini beradi. Bugungi kunda kambag‘allikning favqulodda ko‘rinishi bo‘lgan qashshoqlik dunyodagi eng katta va aytish mumkinki, og‘riqli muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Qashshoqlik – bu insonning kuniga 1,90 AQSh dollari yoki undan ham kamroq mablag‘ hisobiga kun kechirishini anglatadi. Shu bilan bir qatorda, qashshoqlik bu – insonning kambag‘allik chegarasidan ham past darajada daromadga ega bo‘lishini va insonning hayotda shunchaki, hech narsasiz yashab yurganini aks ettiradi. Kambag‘allik chegarasi kuniga 1,90 dollar etib belgilangan bo‘lsa-da, har bir mamlakat o‘zining rivojlanish darajasi va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, kambag‘allik chegarasini belgilaydi. Masalan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida agar insonning daromadlari o‘zi istiqomat qilayotgan mamlakatdagi o‘rtacha ish haqining 60%idan kamroq qismini tashkil etsa, u kambag‘al insonlar sirasiga kiritiladi. Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida kambag‘allik chegarasi deyilganda, yashash minimumidan past darajadagi daromad chegarasi tushuniladi.
Yashash minimumi – inson salomatligini saqlash va uning hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarning eng kam to‘plamlarini, shuningdek, majburiy to‘lovlar va yig‘imlarni o‘z ichiga olgan iste’mol savatchasining qiymat bahosini ifoda etadi.Boshqacha qilib aytganda, yashash minimumi insonning eng zaruriy ehtiyojlarini qondira olmaydigan yoki kambag‘allik qashshoqlik bilan almashinuvchi chegarani aks ettiradi. Sodda qilib aytganda, iste’mol savatchasi – muayyan vaqt davomida inson hayoti va uning salomatligini saqlash uchun zarur mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarning eng kam to‘plamidir. Hamma ovqatlanishi, kiyinishi, kommunal va boshqa xizmatlar haqini to‘lashi, zarur dori-darmonlarni xarid qilishi lozim va hokazo. Bularning bari mahsulotlar savatchasini butlash uchun asos hisoblanadi. Uning ma’lumotlaridan, o‘z navbatida, tirikchilik uchun zarur eng kam miqdorni (iste’mol savatchasining qiymat bahosini) belgilash uchun foydalaniladi. Iste’mol savatchasi quyidagilarning miqdorlarini belgilash uchun hisob-kitobga asos bo‘lmog‘i lozim: 1) eng kam ish haqi va pensiyalar; 2) bazaviy ijtimoiy to‘lovlar: ishsizlik, bolani parvarishlash, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqalari, stipendiyalar va boshqalar. Iste’mol savatchasiga kiruvchi tovarlar va xizmatlar to‘plami har bir mamlakatda turlicha. Uning tarkibi davlat darajasida belgilanadi va ko‘plab omillar – tabiiy iqlim sharoitlari, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish xususiyatlari, tovarlar va xizmatlarning haqiqatda iste’mol qilinishi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Yashash minimumi juda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Undan eng kam ish haqi, pensiya va nafaqalarni belgilash, davlat va mahalliy byudjetlarni hisob-kitob qilish hamda ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda keng foydalaniladi.
Global ochlik indeksi(GHI) har yili Concern Worldwide va Welthungerhilfe xalqaro nodavlat tashkilotlari tomonidan e’lon qilinadi. Baholashlar turli manbalardan olingan ma’lumotlarga tayangan holda, uch bosqichli jarayonda amalga oshiriladi. Global ochlik indeksini hisoblashda har bir mamlakat uchun to‘rtta ko‘rsatkichdan foydalaniladi:
Tadqiqotlar davomida global ko‘lamda so‘nggi o‘n yillikda kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichga tayanilgan holda, 100 ballik shkala bo‘yicha to‘rtala ko‘rsatkichning har biri baholanadi. Agar mamlakat 0 va 10 ball oralig‘ida ball to‘plagan bo‘lsa, bu mamlakatda “ochlikning past darajasi” kuzatiladi. To‘plangan ballar 10 va 19,9 ball atrofida bo‘lsa bu “o‘rtacha ochlik”, 20 balldan 34,9 ballgacha bo‘lsa – “ochlikning yuqori”, 35 balldan 49,9 ballgacha bo‘lsa “ochlikning kritik” darajasini ko‘rsatadi. To‘plangan ballar 50 va undan yuqori bo‘lsa, bu mamlakatda ochlik darajasi “halokatli” ko‘lamda ekanligidan dalolat beradi. Shunda O‘zbekistondagi holat (10,7 ball) “o‘rtacha ochlik”darajasini bildiradi. Qo‘shni Qozog‘iston 20-, Qirg‘iziston 35- va Turkmaniston 54- o‘rinda qayd etilgan. Mamlakatimizda bunday aholining ulushi 2018 yilda juda katta raqamni – 62,1 %ni tashkil etdi. Kambag‘allikni statistik o‘rganish borasida zamonaviy uslubiyotning mavjud emasligi, mazkur muammoni to‘laligicha his qilish va bu borada tegishli chora-tadbirlar ko‘rish imkonini bermaydi. Kambag‘allik ko‘rsatkichi vaziyatni to‘liq yoritib bera olmaydi. U jamiyat a’zolarining daromadga egalik qilish nuqtai nazaridan tabaqalanish darajasini aks ettirmaydi. Mazkur holatda, Jini koeffitsiyentidan keng foydalanish tavsiya etiladi. Jini koeffitsiyenti 1912 yilda italyan statisti Korrado Jini tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u ko‘pincha “aholi daromadlari konsentratsiyasi indeksi” yoki “adolatlilik indeksi” deb yuritiladi va turli aholi qatlamlari o‘rtasida daromadlarning notekis taqsimlanishini ko‘rsatadi.Koeffitsiyent 0 (yoki 0%) bilan 1 (yoki 100%) oralig‘ida tebranib turadi, bunda 0 mutlaq tenglikni, 1 esa mutlaq tengsizlikni ifoda etadi. Mutlaq tenglik chizig‘i hayotda uchramaydi: ba’zi odamlar boyroq, boshqalari esa kambag‘al bo‘ladi. Shuning uchun ham ularning daromadlari jamiyatda egallagan mavqelariga mutanosib emas. 2018 yilda eng yuqori darajada ta’minlangan 10% aholining daromadlari barcha daromadlarning 23,7%ini tashkil etgan bo‘lsa, kam ta’minlangan 10% aholining daromadlari jami daromadlarning atigi 3,9%izini tashkil etgan. Daromadlar tabaqalanishining detsil koyeeffitsiyenti 6,1 ni tashkil etganligini ko‘rishimiz mumkin. Mamlakatimiz iqtisodiyotida xufiyona iqtisodiyot ko‘lamlarining kattaligi (Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich 51%ga yetadi) ma’lumotlarni o‘ta aniqlikda hisoblash imkonini bermaydi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 22-25 moddalarida: “Har bir inson jamiyat a’zosi sifatida milliy kuch-harakatlar hamda xalqaro hamkorlik vositasida va har bir davlatning tuzilishi, shuningdek, resurslariga muvofiq ijtimoiy ta’minotga va o‘zining qadr-qimmatini saqlash, shaxsining erkin rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi huquqini amalga oshirishga, o‘zining hamda oilasining salomatligi va farovonligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan turmush darajasiga ega bo‘lish, jumladan kiyim-kechak, oziq-ovqat, tibbiy xizmat va zarur ijtimoiy xizmatga ega bo‘lishga hamda ishsizlik, kasallik, nogironlik, bevalik, qarilik yoki unga bog‘liq bo‘lmagan sharoitlarga ko‘ra tirikchilik uchun mablag‘ bo‘lmay qolgan boshqa hollarda ta’minlanish huquqiga ega”, deyilgan. Shundan kelib chiqqan holda, kambag‘allikka qarshi kurashish har qanday huquqiy-demokratik davlatning muhim vazifalaridan biridir, deyishga to‘la asosimiz bor. Ammo shuni qayd etish lozimki, kambag‘allikni kamaytirish uchun turli manbalardan katta miqdordagi moliyaviy mablag‘larni ajratishning o‘zi kamlik qiladi. Kambag‘allik favqulodda ko‘p qirrali bo‘lgani holda, uni keltirib chiqaruvchi sabablar ham turlichadir. Kambag‘allikni shunchaki ajratilayotgan nafaqalarni ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, tadbirkorlik sub’yektlariga berilayotgan kredit mablag‘larining miqdorini ko‘paytirish orqali kamaytirib bo‘lmasligini o‘tgan yillar tajribasi yaqqol ko‘rsatib turibdi. Xususan, mamlakatimizda so‘nggi 2,5 yil ichida tadbirkorlik sub’yektlariga ajratilgan kredit mablag‘lari so‘nggi 30 yil ichida ajratilgan mablag‘lardan anchagina ko‘p bo‘lsa-da, bu o‘zining yetarlicha ijobiy ta’sirini bermadi. Kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha Yevropa tarmog‘i (EAPN) insonning kambag‘allik holatiga tushib qolish xavfini kuchaytiruvchi bir qator omillarni ajratib ko‘rsatadi. Xususan, bunday omillar sirasiga quyidagilar kiritilgan: ishsizlik, savodxonlik darajasining pastligi, nogironlik, inson salomatligining yomonligi, u yoki bu kam sonli etnik guruhga mansublik, uzoq yoki qashshoq hududlarda istiqomat qilish va shu kabilar. Bizning fikrimizcha, bu o‘rinda eng katta e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihat – insonlarning iqtisodiy tafakkur darajasidir. Insonlarda o‘z hayotlarini yaxshiroq qilish va rivojlantirish istagi bo‘lishi kerak. Ular o‘zlarini himoyalangan his qilishlari va mol-mulklarining yo‘q qilinishi, hukumatga yaqin amaldorlar yoki ishbilarmonlar tomonidan olib qo‘yilishidan qo‘rqmasliklari kerak. Ular o‘z ovozlari faqat saylov kampaniyasi boshlanganida emas, balki har doim hokimiyat tomonidan eshitilishini ta’minlaydigan muassasalarga ega bo‘lishi lozim. Insonlarga munosib ish joyi bilan ta’minlanish, uy-joyga ega bo‘lish, tibbiy va boshqa shu kabi ijtimoiy xizmatlardan bemalol foydalana olish imkoniyatlari taqdim etilishi zarur. Kambag‘allikka qarshi kurashishda dunyo mamlakatlari tajribasini o‘rganish va ulardan amaliyotda keng foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Xususan, O‘zbekistonda kambag‘allikka qarshi kurashish dasturlarini ishlab chiqishda Xitoy tajribasidan foydalanish ijobiy samara beradi. Xitoy bugungi kunda kambag‘allikni tugatish borasida juda katta ishlarni amalga oshirdi. Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda bugungi kunga kelib 850 million kishi qashshoqlik chegarasidan chiqarildi. Xitoyda kambag‘allik darajasi 1981 yilda 88%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 0,7%ni tashkil etdi.Bu ko‘rsatkich rivojlangan mamlakatlardagi kambag‘allik darajasi bilan to‘la mos tushadi. Jumladan, kambag‘allik darajasi AQShda 1%, Shvetsiyada 0,61%, Germaniyada 0,19%, Italiyada (1,5%ni tashkil etadi. Xitoyda kambag‘allikka qarshi kurashish chora-tadbirlari quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi: 1. Ko‘rsatilayotgan ijtimoiy himoya chora-tadbirlarining aniq manzilga yo‘naltirilganligi; 2. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mahalliy bozorlarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasida ilmiy-tadqiqot ishlarining har jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi; 3. Kambag‘allikka qarshi kurashishda har bir hududning o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqib yondashish; 4. Xitoyda amalga oshiriluvchi ijtimoiy siyosat aholi turli qatlamlarining manfaatlarini qamrab olishga qaratilgan. Xususan, keksa yoshdagi aholi uchun tegishli ijtimoiy xizmatlarning sifatini oshirish maqsad qilib olingan bo‘lsa, mehnatga layoqatli va ayniqsa yoshlarning mehnat salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish Xitoyda kambag‘allikka qarshi kurashish siyosatining asosini tashkil etadi. Bunda asosiy e’tibor yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatishga qaratiladi, ya’ni, “Insonlarga qarmoq berib, ularga baliq tutishni o‘rgatish kerak”, degan Konfutsiy ta’limotiga qat’iy amal qilinadi; 5. Qishloq hududlarida kambag‘allikni kamaytirish maqsadida qishloq hududlariga sanoat ishlab chiqarishini olib kirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish; 6. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish maqsadida maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish amaliyotidan keng foydalanish; 7. Ijtimoiy dasturlarga yo‘naltirilgan har qanday mablag‘ning sarflanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish. Jahon bankining qashshoqlikni kamaytirish bo‘yicha har ikki yilda e’lon qilinuvchi hisobotiga ko‘ra, dunyo aholisining deyarli 46%i (3,4 milliard kishi)kuniga 5,5 dollardan kamroq mablag‘ga kun kechiradi. 1,9 milliarddan ortiq kishi esa (dunyo aholisining 26,2%i) kuniga 3,2 dollardan kamroq mablag‘ hisobiga kun kechiradi. Kuniga 1,90 dollarga kun kechiruvchi eng qashshoq aholining ulushi dunyo bo‘yicha 10%gacha qisqargan bo‘lsa-da, hanuz dunyoda kambag‘allikni kamaytirish muammosi o‘z ahamiyatini yo‘qotganicha yo‘q. Oxfam xalqaro tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha yig‘ilayotgan soliq tushumlarining har bir dollariga to‘g‘ri keluvchi boylar to‘laydigan soliq atigi 4 sentni tashkil etar ekan. Agar dunyo bo‘yicha eng boy insonlarning atigi 1%i to‘lanayotgan soliqlar miqdorini atigi 0,5%ga oshirsalar, dunyo mamlakatlari bo‘yicha bugungi kunda oddiy maktab ta’limidan bebahra qolayotgan 262 million bola uchun maktabga qatnash imkoniyati yaratilar ekan. Kambag‘allik to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz, kambag‘allik va qashshoqlikni tavsiflashda “kambag‘allik tuzog‘i” deb ataluvchi mexanizm mavjud ekanligini aytib o‘tishimiz lozim. Bir qator “kambag‘allik tuzoqlari” mavjudki, inson ulardan istalgan birining domiga tushib qolishi hech gap emas.Quyida ulardan ba’zi birlarini keltirib o‘tamiz: 1. Qashshoq mamlakatda tug‘ilish va istiqomat qilish. Iqtisodiy rivojlanishning past darajasi o‘z navbatida ta’lim sifatining yomonlashishini, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatining talab darajasida bo‘lmasligini keltirib chiqaradi. Bunday vaziyat ish haqi darajasining pastligi va ishsizlikning yuqori ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Bunday holatda tuzoqdan chiqib ketishning yagona yo‘li bu – mehnat muhojirligi hisoblanadi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi soniga nisbatan 9,3%ni tashkil etadi. Bugungi kunda mamlakatimizda ishsiz va ishga joylashish umidida bo‘lganlar soni 1,3 million kishini tashkil etadi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, yoshlar o‘rtasida ishsizlik darajasining yuqori. Jumladan, 20-30 yoshgacha bo‘lganlar orasidagi ishsizlik 15,1%, 15-25 yosh oralig‘ida bo‘lganlar o‘rtasidagi ishsizlik 16,8%ni tashkil qilgani holda, ayollarning 12,7%i ish o‘rniga ega emas. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatimiz fuqarolarining 4,5 million nafaridan oshiqrog‘i xorijda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi. Mehnat muhojirlari mamlakatimizga har yili 5 milliard dollardan ko‘proq pul mablag‘lari jo‘natishadi, bu esa mamlakat YaIMining 10%dan ortig‘i demakdir. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, agar mehnat muhojirlari tomonidan pul o‘tkazmalari keskin qisqarsa, mamlakatimizda kambag‘allik darajasi ikki barobarga ortib ketadi.
Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiyot oliy maktabi aholi daromadlari va turmush darajasi tahlil Markazining tadqiqotlariga ko‘ra, kambag‘allar toifasiga kiruvchi insonlarning xulq-atvori ma’lum yillar oralig‘ida quyidagicha tartibda o‘zgarar ekan: bunday insonlar kambag‘allikning dastlabki yilida o‘z jamg‘armalari, qarindosh-urug‘ va tanish-bilishlardan qarz olish hisobiga hozirgi paytdagi iste’mol va turmush sifati darajasini saqlab qolishga intiladi, barcha kuch va imkoniyatlarini ishga solib yangi yoki qo‘shimcha ish topishga harakat qiladi. Bundan keyingi bosqich ikki yil davom etadi. Kambag‘al insonlar mazkur bosqichda iste’mol tarkibini o‘zgartira boshlaydi. Arzon tovarlarni ko‘proq sotib ola boshlaydi, qimmat xorijiy sayyohlik safarlarini ichki, arzon sayyohlik yo‘nalishlariga almashtiradi. Ammo oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli avvalgi darajada qoladi. Kambag‘allikka tushgan insonlar uch yildan so‘ng ham munosib ish joyini topa olmasa, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymagan bo‘lsa, endi boshqa va hatto jinoiy daromad topish yo‘llarini izlay boshlaydi. Ular o‘z iste’mollarini keskin pasaytiradi. Kambag‘allikning yettinchi yiliga kelib, inson o‘z holatiga ko‘nikadi va uni unumdor mehnat sohasiga qaytarish endi juda qiyin kechadi. U ishga chiqish yoki vaqtinchalik daromad keltiruvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan ko‘ra, nafaqaga kun kechirishni, qarindoshlarning yordamiga ko‘z tikishni afzal biladi. Kambag‘allik haqida so‘z yuritganda, u bitta inson uchun tegishli bo‘lgan muammo emasligini anglab yetishimiz lozim. Kambag‘allik jamiyat va iqtisodiyotda bir qator salbiy jarayonlarni yuzaga keltiradi. Kambag‘allik bir qator ob’yektiv va sub’yektiv sabablar tufayli tug‘ilishning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Kambag‘allar yetarlicha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmaganliklari bois, malaka va kasbiy ko‘nikmalari past xodimlar safini to‘ldiradilar. Jamiyat uchun zarur bo‘lgan kasb egalari, xususan o‘qituvchi va shifokorlar yuqori daromadga ega bo‘lish maqsadida o‘z ish joylarini tashlab boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ladilar. Kambag‘allik jinoyatchilikning o‘sishiga olib keladi, chunki tirikchilik qilish uchun insonlar daromad topishning noqonuniy yo‘llaridan ham foydalanishga majbur bo‘ladilar. Kambag‘allik jamiyatda daromadlarning keskin tabaqalanishiga va ijtimoiy ziddiyatlarning chuqur ildiz otishiga sabab bo‘ladi. Amerikalik iqtisodchi Jeffri Saks o‘zining “Kambag‘allikning intihosi” deb nomlanuvchi kitobida jamiyatning kambag‘allik changalidan qutulishiga imkon beruvchi kapitalning 6 ta turini ajratib ko‘rsatgan: inson kapitali, ishbilarmonlik kapitali, infratuzilma, tabiiy kapital, ijtimoiy o‘rnatilgan kapital va bilimlar kapitali. Saksning fikricha, davlat eng avvalo o‘zining barcha kuch va imkoniyatlarini inson kapitaliga investitsiyalar (sog‘liq, ta’lim, oziq-ovqat), infratuzilma (yo‘llar, kommunal xizmat ko‘rsatish, ichimlik suvi, atrof-muhit muhofazasi va sanitariya), tabiiy kapital (bio xilma-xillik va ekotizimlarni saqlab qolish), ijtimoiy o‘rnatilgan kapital (samarali davlat boshqaruvi, sudlov tizimi, huquqni muhofaza qilish idoralari) va bilimlar kapitali (jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi turli soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini qo‘llab- quvvatlash)ni kiritish tarzida yo‘naltirishi lozim. Kambag‘allikni qisqartirish uchun davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘lar miqdorini ko‘paytirishimiz, tadbirkorlarga turli imtiyoz va yengilliklar taqdim qilgan holda, ularni keng ko‘lamli xayriya ishlariga jalb qilishimiz mumkin. Ammo bunday tadbirlarni amalga oshirish bilangina jamiyatda kambag‘allik muammosini bartaraf qilishning deyarli imkoni yo‘q. Bunday tadbirlar aholining yashab qolishiga, shunchaki kun kechirishiga zamin yaratsa-da, kambag‘allik changalidan qutulib chiqishga imkon bermaydi. Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlamoqchimizki, mamlakatimizda kambag‘allikka qarshi kurashishning eng to‘g‘ri yo‘li bu – fuqarolarning iqtisodiy tafakkurini o‘zgartirishdir. Fuqarolarning iqtisodiy tafakkuri va iqtisodiy tarbiyasi o‘zgarmas ekan, kambag‘allik tuzog‘idan chiqishimiz juda mushkul. Zero, Jaloliddin Rumiy aytganlaridek: “Avval aqlli edim – dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘ldim. Endi esa donoman – o‘zimni o‘zim o‘zgartiryapman”. Guliston davlat universiteti katta o‘qituvchisi Akmal ABDUVOHIDOV Sosyologiyada ta'riflar, turlari va ijtimoiy-iqtisodiy sabablari va oqibatlari Qashshoqlik - bu asosiy yashash sharoitlari uchun zarur bo'lgan resurslarning etishmasligi yoki yashash joyi uchun kutilgan turmush darajasining ma'lum bir darajasiga erishish uchun zarur bo'lgan ijtimoiy holatdir. Kambag'allikni belgilovchi daromad darajasi bir joydan farq qiladi, shuning uchun ijtimoiy olimlar, u eng yaxshi oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpanaga kirishning etishmasligi kabi mavjud sharoitlar bilan aniqlanadi deb hisoblaydi. Odamlar qashshoqlikda odatda doimiy ochlik yoki ochlik, ta'lim va sog'liqni saqlashning etishmasligi yoki yo'qligi bilan yashaydi va odatda oddiy jamiyatdan ajralib turadi. Kambag'allik - moddiy resurslar va boyliklarni global miqyosda va mamlakatlarda tengsiz taqsimlash natijasidir . Sosyologlar buni daromad va boylikni tengsiz va tengsiz taqsimlash , G'arb jamiyatlarini de-sanallaştırma va global kapitalizmning ekspluatatsiya ta'siri bo'lgan jamiyatlarning ijtimoiy holati deb hisoblaydi. Kambag'allik teng imkoniyat ijtimoiy holat emas. Butun dunyoda va AQShda ayollar, bolalar va rangli odamlar oq kishilarga qaraganda qashshoqlik bilan yashaydi. Ushbu tavsif qashshoqlik haqida umumiy tushunchani taqdim qilsa-da, sotsialistlar uning bir nechta turlarini tan oladilar. Qashshoqlikning turlari aniqlangan Mutlaq qashshoqlik , aksariyat odamlar qashshoqlik haqida o'ylashganda, ayniqsa, ular global miqyosda bu haqda o'ylashganda o'ylashlari mumkin. Bu hayotning eng asosiy mezonlarini qondirish uchun zarur bo'lgan resurslar va vositalarning etishmasligi sifatida tavsiflanadi. Oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpana olishning etishmasligi bilan tavsiflanadi. Bu turdagi qashshoqlikning o'ziga xos xususiyati joydan joyga bir xil. Nisbatan qashshoqlik joydan farqli ravishda aniqlanadi, chunki u hayotning ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlariga bog'liq. Jamiyatda yoki yashash joyida normal yashash deb hisoblangan kam ta'minlangan turmush darajasiga erishish uchun zarur bo'lgan mablag'lar va mablag'lar etishmasa, nisbatan qashshoqlik mavjud. Dunyoning ko'p joylarida, masalan, yopiq sanitariya-tikuv sanoati obodlik belgisi sifatida qaraladi, ammo sanoat jamiyatlarida u tan olinadi va uning oilada yo'qligi qashshoqlik belgisi sifatida qabul qilinadi. Daromad qashshoqligi - AQShdagi federal hukumat tomonidan o'lchagan qashshoqlikning turi va AQSh aholisining ro'yxatga olinishi. Uy xo'jaliklari a'zolari uchun asosiy turmush darajasiga erishish uchun zarur deb hisoblangan milliy uy-ro'zg'or daromadini qoniqtirmaydi. Global miqyosda qashshoqlikni aniqlash uchun foydalaniladigan raqam kuniga $ 2 dan kamroqda yashaydi. AQShda daromad qashshoqligi oila miqdori va oiladagi bolalar soniga qarab belgilanadi, shuning uchun qashshoqlikni hamma uchun belgilaydigan qattiq daromad darajasi yo'q. AQSh aholisi ro'yxatiga ko'ra, yolg'iz yashayotgan bir kishining kambag'allik chegarasi yiliga 12331 dollar edi. Ikkala katta kattalar uchun 15871 dollarni tashkil etgan, ikkita kattalar uchun esa 16 337 dollar. Tsiklual qashshoqlik - qashshoqlik keng tarqalgan, ammo uning davomiyligi cheklangan sharoitdir. Bunday qashshoqlik, odatda, urush, iqtisodiy falokat yoki turg'unlik , oziq-ovqat va boshqa resurslarni taqsimlashni buzadigan tabiat hodisalari yoki falokatlar kabi jamiyatni buzadigan muayyan hodisalarga bog'liq. Misol uchun, AQShdagi qashshoqlik darajasi 2008 yilda boshlangan Buyuk inqiroz davrida ko'tarilib, 2010 yildan beri pasayib ketdi. Bu iqtisodiy inqiroz davomiyligi (taxminan uch yil) davomida aniqlangan qashshoqlikning yanada jadallashuviga sabab bo'lgan holatdir. Kollektiv qashshoqlik - bu keng tarqalgan asosiy resurslarning etishmasligi, chunki u butun jamiyatni yoki jamiyat ichidagi kichik guruhni yuqtiradi. Ushbu qashshoqlikning shakli avlodlar davomida uzaygan davrlarda davom etmoqda. Avvalgi kolonizatsiyalangan joylarda, tez-tez urush maydonlari va Osiyo, Yaqin Sharq, Afrikaning ko'p qismlari va Markaziy va Janubiy Amerikaning ayrim qismlari, jumladan, global tijoratda ishtirok etishi yoki chiqarib yuborilgan joylari keng tarqalgan. . Jamg'arilgan kam ta'minlanganlik, yuqorida tavsiflangan jamoaviy qashshoqlikning jamiyatda o'ziga xos kichik guruhlar tomonidan zarar ko'rgan yoki sanoatdan mahrum bo'lgan, muayyan ish joylarida ishlamaydigan va yangi va sog'lom oziq-ovqatga ega bo'lmagan ba'zi jamoalar yoki hududlarda joylashtirilgan hollarda yuzaga keladi. Misol uchun, AQShda metropolitan hududlardagi qashshoqlik o'sha mintaqalarning asosiy shaharlarida, ko'pincha shaharlardagi ayrim mahallalarda ham joylashgan. Ish qashshoqligi , inson yoki oila resurslarining kamligi va atrofida bo'lganlar odatda yaxshi yashashiga qaramasdan, asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo'lgan resurslarni ta'minlashga qodir bo'lmaganda yuzaga keladi. Ish qashshoqlik to'satdan ishdan bo'shatilishi, ishlamasligi yoki jarohati yoki kasalligi tufayli ishlab chiqarilishi mumkin. Birinchi qarashda shaxsiy holat kabi ko'rinishi mumkin bo'lsa-da, bu aslida ijtimoiy, chunki jamiyatlarda iqtisodiy xavfsizlik tarmoqlarini ta'minlaydigan jamiyatlarda yuzaga kelishi mumkin emas. Aktiv qashshoqlik ko'proq daromadli qashshoqlik va boshqa shakllarda keng tarqalgan. Agar zarurat tug'ilsa uch oy davomida omon qolish uchun bir kishi yoki uyda etarlicha mol-mulkka ega bo'lmasa (mol-mulk, investitsiya yoki pul mablag'lari shaklida) mavjud bo'lmasa. Darhaqiqat, bugungi kunda AQShda yashovchi ko'p odamlar faol qashshoqlikda yashaydilar. Ular ish bilan band bo'lganda, ular qashshoq bo'lmasligi mumkin, lekin agar to'lovlari to'xtab qolsa darhol ularni qashshoqlikka tashlashlari mumkin. Nicki Lisa Cole, doktorant tomonidan yangilangan. Download 159.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling