IV bob. Tanlov shartlari va baholash mezoni.
4.1. Tanlovda har bir yo‘nalishdan kelib chiqib ishtirokchi o‘zining erishgan
yutuqlari, ishtirok etgan tanlov va festival diplom va faxriy yorliqlarini ilova qiladi.
4.2. Tanlov ishtirokchilari 50 ballik tizimda hakamlar hay’ati tomonidan
baholanadi.
4.3. Tanlov shartlari va baholash mezonlari.
1-shart. Men – sardorman! Ushbu shartda ishtirokchi o‘zi tahsil olayotgan ta’lim
muassasasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, boshlang‘ich tashkilot va o‘zining o‘tkan o‘quv
yilidagi sardorlik faoliyatini badiiy chiqish orqali tanishtiradi. Chiqishda video va
ko‘rgazmali vositalardan foydalanishga ruxsat etiladi. Shart uchun 5 daqiqagacha vaqt
beriladi.
Ishtirokchilarning 1-shartni bajarish mahorati, imidji, notiqlik maxorati, sahnada
o‘zini tutish madaniyati kabi va chiqishning mazmuniga qarab jami 10 ballgacha baho
qo‘yiladi. Bunda, shartni a’lo darajada bajargan ishtirokchiga 10 ball, yaxshi bajargan
ishtirokchiga 7 ball, qoniqarli bajargan ishtirokchiga 4 ball beriladi.
Ishtirokchilarning shartni bajarish mahoratidan kelib chiqqan holda hay’at a’zolari
tomonidan oraliq ballar (1, 2, 3, 5, 6, 8, 9,10) belgilanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |