V bob. G‘oliblarni taqdirlash.
5.1. Tanlovning tuman (shahar) bosqichi g‘oliblariga O‘zbekiston yoshlar
ittifoqining mahalliy Kengashlari, Xalq ta’limi bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi tuman
(shahar) bo‘limlari tomonidan diplom va esdalik sovg‘a (badiiy kitoblar jamlanmasi)lari
topshiriladi.
5.2. Tanlovning hududiy bosqichi g‘oliblariga O‘zbekiston yoshlar ittifoqining
hududiy Kengashlari, Xalq ta’limi boshqarmalari va Yoshlar ishlari agentligi hududiy
boshqarmalari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshiriladi.
5.4. Tanlovning respublika bosqichida ishtirokchilar quyidagi tartibda taqdirlanadi:
Har bir yosh toifasidan kelib chiqib yo‘nalishlar kesimida “Yil sardori” deb e’lon
qilinadi.
5.5. Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari diplom, statuetka va badiiy kitoblar
jamlanmasi bilan taqdirlanadi. Shuningdek g‘oliblar “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak
nishoniga tavsiya etilishi mumkin.
VI bob. Yakuniy qoidalar.
6.1. Tanlovning Respublika bosqichi sardorlar forumi tarzida tashkil etiladi. Mazkur
forum doirasida har bir hududdan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahridan) yil davomida namunali faoliyat yuritib kelgan 10 nafardan jami 140
nafar sardorlar Kengashi a’zolari ishtirok etadi.