Kamqonlik. Gemostaz. Qon guruhlari. Rezus faktor. Qon quyish asoslari


Download 2.18 Mb.
bet2/2
Sana14.10.2023
Hajmi2.18 Mb.
#1703052
1   2
Bog'liq
KAMQONLIK. GEMOSTAZ. QON GURUHLARI. REZUS FAKTOR. QON QUYISH ASOSLARI

RH TIZIMI (REZUS-TIZIM)
Qon rezusi — qizil qon hujayralari (eritrotsitlar) yuzasida joylashgan antigen (oqsil). U 1940-yilda Karl Landshteyner va A. Veyner tomonidan kashf etilgan.
Yevropaliklarning 85 foizi (hindu va osiyoliklarning 99 foizi) rezusga ega, shuning uchun ular rezus-musbatdir (Rh+). Rezusi bo’lmagan qolgan 15% (afrikaliklarning 7 foizi) kishilar rezus-manfiy (Rh—) hisoblanadi.
Qon rezusi immunizatsiyalangan ona va homila eritrotsitlarining rezus-konflikti oqibatida yangi tug’ilgan chaqaloqda gemolitik sariqlik (sariq kasallik) shakllanishida muhim rol o’ynaydi.
Qon rezusi murakkab tizim bo’lib, u son, harf va belgilar bilan nomlanadigan 40 dan ortiq antigenni o’z ichiga oladi.
Eng ko’p D (85%), C (70%), E (30%), e (80%) tur rezus-antigenlar uchraydi — ular shuningdek eng sezilarli antigenlikka ega.
Rezus tizimi odatda bir xil agglyutininlarga ega emas, ammo ular rezus-manfiy qonli kishiga rezus-musbat qon quyilganda hosil bo’lishi mumkin.
KELL
Kell guruh tizimi ikki antigenlardan iborat bo’lib, 3 ta qon guruhini tashkil qiladi (K-K, K-k, k-k).
Kell tizimining antigenlari faollik bo’yicha rezus tizimidan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
Homiladorlik, qon quyish jarayonida sensibilizatsiyaga olib kelishi mumkin; yangi tug’ilgan chaqaloqning gemolitik kasalligiga va gemotransfuzion asoratlarga sabab bo’ladi.
MNSS
MNSs guruhi tizimi murakkab tizimdir; u 9 ta qon guruhidan iborat. Ushbu tizimning antigeni faol, izoimmun antitanalarning shakllanishiga, ya’ni qon quyishda mos kelmaslikka olib kelishi mumkin.
Ushbu tizimining antigenlariga qarshi shakllangan antitanalar oqibatida chaqaloqlarning gemolitik kasalligi holatlari qayd qilingan.
Foydalanilgan adabiyotlar
Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish. F.G`. Nazirov. Toshkent-2003.
Odam anatomiyasi. E.Qodirov. Toshkent-2003.
Anatomiya. A.S.Gusev. Moskva-1970.
Hamshiralik ishi asoslari. Q.Inomov. Toshkent-2007.
Xirurgiya. A.J.Hamrayev. Toshkent-2002.
Xirurgiya va reanimatsiya asoslari. A.J. Hamrayev. Toshkent-2002.
Bolalar kasalliklari. A.N.Buraya. Toshkent-1988.
Download 2.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling