Kamqonlik. Reja: Kamqonlik haqida tushuncha
O`zbеkistоn Respublikasi Hukumatining aholi orasida kamqonlikni oldini olish borasidagi g`amxo`rligi
Download 16.73 Kb.
|
KAMQONLIK
O`zbеkistоn Respublikasi Hukumatining aholi orasida kamqonlikni oldini olish borasidagi g`amxo`rligi.
- O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-avgustdagi Qarori bilan “Unni fortifikatsiyalash, ya`ni “Un mahsulotini temir, rux, foliy kislota, vitaminlar bilan boyitish bo`yicha Milliy dasturi tasdiqlangan; - Davlatimiz rahbarining qarori bilan tasdiqlangan “Unni fortifikatsiyalash” Milliy dasturni amalga oshirishda Sog`liqni saqlash vazirligi, “O`zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, BMT ning Bolalar fondi “Yunisef” va Jahon banki moliyaviy hamkorlik qilmoqdalar; - Jahonning 191 ta mamlakatlaridan 48 tasida un mahsulotlari fortifikatsiya qilinmoqda. Shulardan biri O`zbekistondir. Bu bilan g`ururlansak arziydi. Kamqonlik. Qon tarkibidagi eritrotsitlar soni va ular tarkibidagi gemoglobin moddasining kamayishi bilan kechadigan surunkali kasallik. Sababi. O`tkir (birdaniga) va surunkali qon yo`qotish, surunkali davom etadigan kasalliklar (sil,piyelonefrit,me`da-ichak kasalliklari, ichak, jigar, o`pkadagi gijjalar va hokazo), uzoq vaqt davomida ovqatlanishning sifatsizligi, ya`ni ovqat tarkibida sifatli oqsil va temir moddasining yetishmasligi. Yuzaga keltirgan sabablariga ko`ra kamqonlikning quyidagi turlari bo`ladi: 1.Ovqat tarkibida oqsil va temir moddasi yetishmasligi tufayli yuzaga keladigan kamqonlik; 2.Qon yo`qotish tufayli yuzaga keladigan kamqonlik; 3.Gemolitik kamqonlik- eritrotsitlarning parchalanishi tufayli yuzaga keladi. 4.Gipoplastik kamqonlik- suyakning ko`mik qismida eritrotsitlarning ishlab chiqarilishi kamayishi tufayli yuzaga keladi. Belgilari. Kamqonlikning har bir turini o`ziga xos belgilari bo`ladi. Shu bilan birgalikda kamqonlikning umumiy belgilari quyidagilardan iborat: bemor terisi rangini oqarishi, lablari, og`iz va qovoqlari ichki shilliq pardasining oqarishi. Tirnoqlar osti oqarib, ular yupqalashib, sinuvchan bo`lib qolishi, soch to`kilishi. Umumiy quvvatsizlik, tez charchash, bosh aylanishi, ko`z oldi xiralashuvi, xotiraning pasayishi, ish qobiliyatining pasayishi kabilar.Yosh bolalarda o`sish va rivojlanishning susayishi. Barmoqdan qon olib analiz qilinganda eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdori kamaygani aniqlanadi. Normada 1mm kub qonda eritrotsitlar soni 4-5 mln dona bo`ladi. Gemoglobin miqdori 110-140 birlik yoki 12,0-16,0 gr % bo`ladi. Tibbiy yordam. 1.Bemor poliklinikaning gematolog shifokori nazoratida uyida davolanadi. Kasallik og`ir kechganida shifoxonaning gematologiya bo`limida davolanadi. 2. Davolash tadbirlari: taomlarda go`sht, baliq, tuxum, sut va sut mahsulotlari yetarli bo`lishi; - olma, xurmo,nok,behi,o`rik,yong`oq, qora mayizi, sabzi, oshqovoq kabilarni ko`proq iste`mol qilish; - dorilardan: gemostimulin, ferrotseron, ferropleks (bittasi) navbat bilan 1 tab. 2 marta 10-20 kun. Shuningdek, ferrumlek-2 ml, B12 -100-200 g muskul orasiga № 10, og`ir kechganida qon quyiladi. O`zbеkistоn Hukumatining aholi orasida, birinchi navbatda ayollar va bolalarda kamqonlikni oldini olish borasidagi g`amxo`rligi. - O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-avgustdagi Qarori bilan “Unni fortifikatsiyalash, ya`ni “Un mahsulotini temir, rux, foliy kislota, vitaminlar bilan boyitish bo`yicha Milliy dastur loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari” Milliy dasturi tasdiqlangan; - Davlatimiz rahbarining qarori bilan tasdiqlangan “Unni fortifikatsiyalash” Milliy dasturni amalga oshirishda Sog`liqni saqlash vazirligi, “O`zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, BMT ning Bolalar fondi “Yunisef” va Jahon banki moliyaviy hamkorlik qilmoqdalar; - Jahonning 191 ta mamlakatlaridan 48 tasida un mahsulotlari fortifikatsiya qilinmoqda. Shulardan biri O`zbekistondir. Bu bilan millatimiz mag`rurlansa arziydi. Gemorragik diatezlar. Qon ivishining buzilishi, qon tomir devori o`tkazuvchanligining oshishi tufayli vaqt-vaqti bilan burundan, ichaklardan qon oqishi, shilliq pardalar, teri va bo`g`imlarda qon quyilishining yuzaga kelishi bilan kechadigan kasalliklar gemorragik diatezlar deb nomlangan. Gemorragik diatezlarning turlari. Gemorragik diatezlar 3 turda bo`ladi: 1. Trombotsitopenik purpura (Verlgof kasalligi); 2. Gemorragik vaskulit ( Shenleyn- Genox kasalligi); 3. Gemofiliya. Trombotsitopenik purpura (Verlgof kasalligi). Sababi. Taloq faoliyatining buzilishi, infeksiya, zaharlanish va boshqa ta`sirotlar natijasida suyak ko`migida trombotsitlar ishlab chiqarilishining kamayishi tufayli yuzaga keladi. Belgilari. Bemorda vaqt-vaqti bilan burundan qon oqishi, milk va og`iz shilliq pardasida qon quyilishidan qizil dog`larning paydo bo`lishi, terida mosh, no`xat, loviya va undan katta hajmda qon quyilish nuqtalari (ko`karishlar) ning hosil bo`lishi. O`smir qiz va ayollarda hayz ko`rishning normaga nisbatan ko`p kun davom etishi va ko`p qon yo`qotish. Salgina urilish, lat yeyish tufayli teri va boshqa to`qimalarda qon quyilishning paydo bo`lishi. Bular natijasida bemor quvvatsizlanadi, ish qobiliyati pasayadi, kamqonlik yuzaga keladi.Bemorga tashxis qo`yish uchun yuqoridagi belgilar qatorida qon tarkibida trombotsitlar sonining kamayishi asos bo`ladi (normada barmoqdan olib analiz qilingan 1 mm3 qon tarkibida trombotsitlarning soni normada 180-320 ming dona bo`ladi. Trombotsitopenik purpura (Verlgof kasalligi) da trombotsitlarning soni 180 ming donadan kam bo`ladi. Tibbiy yordam. 1. Bemor gematolog- shifokor nazoratida muntazam davolanadi. 2. Dorilar: - Prednizolon kattalarga 10 mg kuniga 3 mahal (soat 7da, 11da va 16 da), har 5 kunda keyingi dozasi qisqartiriladi, ya`ni oxirgi kunda faqat ertalab soat 7 dagi dozasi beriladi. Bolalarga bir kilogramm tana vazniga 1 sutkada 1 mg. Sutkalik doza uchga bo`linib, yuqoridagi tartibda beriladi. - Eleuterekokk ekstrakti-20-tomchi 2 mahal ovqatdan oldin.Bolalarni har yoshiga 1 tomchi, 2 mahal; 3. Kamqonlik belgilari yuzaga kelganda kamqonlik mavzusida ko`rsatilgan dorilar qo`llanadi. 4. Burundan, ichakdan qon ketishida “Qon ketishida yordam” mavzularida ko`rsatilgan tadbirlar qo`llanadi. Jumladan, vikasol 2 ml kuniga 1 mahal muskul orasiga 3-5 kun (bolalarga 0,3-0,5 ml), aminokapron kislota 1 flakoni natriy xloridning 0,9 % -100 ml da eritilib, vena tomiriga tomchi usulida. Gemorragik vaskulit (Shenleyn-Genox kasalligi). Vaqt-vaqti bilan teri, bo`g`im, qorin pardasi va ichaklar devorida qon quyilishi nuqtalarining yuzaga kelishi va shu joylarda kuchli og`riq bo`lishi bilan kechadi. Sababi. Angina, qizamiq, qizilcha, sil, gripp kasalliklarining asorati, zaharli moddalarning ta`siri tufayli qon tomir devorining o`tkazuvchanligi oshishidan yuzaga keladi. Bunda organizmning allergiyaga moyilligi muhim rol o`ynaydi. Belgilari. To`satdan terida, og`iz, ichak shilliq pardasida, qorinning ichkarisida ichaklarni o`rab turadigan peritonial pardada qon quyilish nuqtalari hosil bo`ladi.Qon quyilish bo`g`imlarda bo`lsa ular shishadi,og`riydi,ichak devorlari,qorin pardasida qon quyilish hosil bo`lsa,qorinda kuchli og`riq bo`ladi. Tibbiy yordam. 1. Bemor to`shakka yotqiziladi. 2.Qon tomiri devori o`tkazuvchanligini kamaytiruvchi dorilar: askorutin 1 tab. 2 mahal, askorbin kislota 0,3-2 mahal yoki 5 %-2 ml muskul orasiga, yoki glyukoza 20%-20 ml + askorbin kislota 2 ml birgalikda vena tomiriga. 3. Allergiyaga qarshi: prednizolon – trombotsitopenik purpura mavzusida ko`rsatilgan dozada. Demidrol yoki suprastin - 1 tab. 2 mahal. Gemofiliya. Vaqt-vaqti bilan burundan, ichaklardan qon ketishi, arzimagan jarohatdan ko`p qon ketishi bilan kechadigan irsiy kasallikdir. Sababi. Avloddan-avlodga genlar orqali beriladi. gemofiliya erkaklarda namoyon bo`ladi. Ayollarda esa kasallik belgilari paydo bo`lmaydi. Ular kasallangan genlarni o`zining bo`lg`usi avlodiga tuxum hujayralari orqali o`tkazadi. Belgilari. Bemorda vaqt-vaqti bilan burundan, ichaklardan qon ketish yuzaga keladi. Kichkina jarohatdan ko`p qon ketadi,chunki bu kasallikda qonning ivish xususiyati pasaygani uchun, qon ketishini to`xtatish juda qiyin. Bunday odamlarga jarrohlik, tish oldirish, shikastlanish o`ta xavfli hisoblanadi. Tibbiy yordam. 1.Qon ketgan paytda trombotsitopenik purpura va gemorragik vaskulit kasalliklarida ko`rsatilgan dorilar qo`llanadi. 2.Qon ketishni uy sharoitida to`xtatishni iloji bo`lmaganda bemor shifoxonaning gemotologiya bo`limiga yuboriladi. 3.Bunday bemorlar butun hayoti davomida shikastlanish, jarohatlanish, jarrohlik va tish oldirish tadbirlaridan o`zlarini ehtiyot qilishlari kerak.Bemor doim gemotolog shifokor nazoratida bo`lishi lozim. Download 16.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling