Kapalak bilan asalari
Download 23.23 Kb.
|
1-sinf alifbe P harfi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dam olish daqiqasi
Darslik bilan ishlash.
Darslikdagi bo’g’inlar, so’zlar va “Do’stlar” matni “Zanjir” metodi orqali o’qitish. Harf kassasi va bo’g’inlar bilan ishlash. Unli va undosh harflar asosida bo’g’inlar hosil qildiriladi va o’qitiladi. Kesma bo’g’inlar bilan ustunchadagi so’zlar hosil qilinadi va o’qitiladi. Dam olish daqiqasi. Boqqa kirsam olmalar Qip-qizarib pishibdi. Silkitibdi shamollar Yerga to’p-to’p tushibdi. Hoy olma olma Meni ovora qilma. Biroz egil bo’y cho’zay. Olmalaringdan uzay. 3.Yangi mavzu ustida ishlash. O’quvchilarni p tovushi bilan tanishtirish P tovushining talaffuzi mashq qildiriladi. Suhbat yordamida p tovushining hususiyatlari aniqlashtiriladi. P toviushining talaffuzida lablar qanday holatda bo’lyapti? Pastki lab bilan yuqori lab bir-biriga tekkanda nima hosil bo’lyapti? To’siq bor joyda nima hosil bo’ladi? P tovushi nimadan hosil bo’lar ekan? To’siqqa uchragan tovush qanday aytiladi Shovqin va ovozdan hosil bo’lgan, to’siqqa uchragan, qisqa aytilgan tovush unli bo’ladimi yoki undosh bo’ladimi? P tovushi qatnashgan so’zlar zanjirini tuzdirish. Bo’g’in va so’zlarning o’qilishini o’rgatish. Bo’g’in va so’zlardan analitik sintetik tovush metodida p tovushini ajratib, so’zdagi o’rnini aniqlatish. P undosh tovushini ifodalovchi Pp harflarini tanishtirish. Bosma bosh P harfi va kichik p harflarini qiyoslang. Ularni farqli tomonlarini izohlang. P qanday tovush? P harfini o’qing. P harfi qanday tovushni ifodalashini talaffuz orqali tushuntiring. Harf kassasi asosida suhbat: Harf kassasidan p harflarini olib ko’rsating. P harfi va o’rganilgan unlilar bilan bo’g’in tuzing va o’qing. Kesma bo’g’inlar bilan tuzilgan so’zlarni bo’g’inlarga bo’ling va o’qishni mashq qiling. Har bir so’zdagi p harfining o’rnini aniqlang.( kapalak, supa so’zlarida p harfi so’z o’rtasida, pul, pilla so’zlarida p harfi so’z va bo’g’in boshida, ip, ko’p so’zlarida so’z oxirida kelgan.) O’quvchilar fikri umumlashtiriladi. Download 23.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling