Kapalak bilan asalari
Download 23.23 Kb.
|
1-sinf alifbe P harfi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lug’at ishi
- Yangi mavzuni mustahkamlash.
- Darsni yakunlash.
Darslik bilan ishlash.
Darslikdagi bo’g’inlarni, so’zlarni, matnni o’qishni mashq qilish. Video: “Kapalak bilan asalari” multifilmi “Kapalak bilan asalari” matni ustida ishlash. Matnning tarbiyaviy tomonini matn tagida berilgan maqol yordamida yoritish. Har bir bildirilayotgan fikrimizni to’g’riligini avval o’ylab, so’ngra gapirishimiz lozim. Gapirayotgan gapimiz orqali odobimiz va madaniyatimiz belgilanadi. Lug’at ishi: Poyga – kim o’zdi musobaqasi. Bir-biridan o’tib, o’zib ketish uchun musobaqalashish. Posbon – qorovul, qo’riqchi. Bir kimsa yoki narsaning xavfsizligini, daxlsizligini qo’riqlash uchun chegarada turgan kishi. Yangi mavzuni mustahkamlash. “Harfni top” didaktik o’yini o’tkazish.( pilla, piyoz, paxta, pingvin rasmlari chiqadi. Rasmlar yonida o’tilgan N, A, B, P harflari yozilgan, rasmlar tagida esa bir donadan katak berilgan bo’ladi. Rasmlar bosilsa, ovoz bilan ifoda etiladi. O’qituvchi savol beradi: Rasmda ifodalangan so’zlarning bosh harfini toping. Rasmlar yonida tasvirlangan harflarning bosh harfini rasmlar tagida berilgan katakka to’g’ri joylashtiring. Bola harfni katakka to’g’ri joylashtirsa, qarsak, va barakalla, noto’g’ri joylashtirsa, o’ylab ko’r degan ovoz chiqadi.) Darslik bilan ishlash. Darslikdagi bo’g’inlar jadvali, so’zlar, “Kapalak bilan asalari” matni topshiriqlar asosida qayta o’qitiladi. Darsni yakunlash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Download 23.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling