Kapital bank


Download 1.53 Mb.
bet2/10
Sana13.01.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1090299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 -rasm. Kapital bank web saytining bosh sahifasi.




ATB "Kapital bank”ning Mirzo Ulug’bek tuman filiali boshqarmasi quyidagi bo‘limlar mavjud:



  1. Buxgalteriya bo‘limi – barcha bo‘limlarda bo‘lgan bank operatsiyalarini rasmiylashtiradi va buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshiradi. Bank ish kuni yakunlangan so‘ng kunlik xujjatlar yig‘ilib o‘sha kun uchun mas’ul xodim tomonidan tikiladi va barcha buxgalteriya o‘tkazmalari to‘g‘ri va ular bo‘yicha tegishli xujjatlar takdim etilgan taqdirda bosh buxgalter va ichki nazorat xodimi tomonidan imzolanadi.

  2. Kredit bo‘limi – Yuridik va jismoniy shaxslarga qisqa va uzoq muddat larda kredit berish va ularning doimiy nazoratini olib borish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari har bir berilayotgan kreditdan oldin KAMI ma’lumotlariga asoslaniladi va agar kredit beriladigan bo‘lsa mijoz haqidagi ma’lumotlar KAMI reestriga kiritiladi. SHuningdek kreditlarning foizlari, ularning qaytarilishi va qaytmay qolgan vaqtlarda ular bo‘yicha zahiralar yaratish tartiblari ham amalga oshiriladi.

  3. Plastik kartochkalar bo‘limi – bevosita plastik kartochkalar bilan ishlash, mijozlarning hisoblariga ro‘yxatga asosan kelgan pul mablag‘larini tushirib berish va shu bilan bir qatorda tumanda faoliyat olib boradigan yakka tartibdagi tadbirkorlik (YATT) subektlarining plastik kartochkalarini inkassatsiya qilib berish xizmatlarini ko‘rsatadi.

  4. Valyuta operasiyalari bo‘limi – ushbu bo‘limda asosan xorijiy valoyutadagi pul o‘tkazmalari qabul qilinadi va xorijiy valyuta ayirboshlanadi.

  5. Inkassatsiya xizmati bo‘limi – mavjud mijozlarga xizmat ko‘rsatadi, ya’ni inkassatsiya qoplarini yig‘ib chiqadi va uni kechki kassaga kirim qiladi.

  6. Kassa xizmati bo‘limi – naqd pul shaklidagi mablag‘larni kirim-chiqimini yuritish va har xil qimmatliklarni saqlash bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari kassa o‘zining maxsus xonalariga, xodimlarining maxsus kiyimlariga ega.

  7. Arxivlash bo‘limi – bu bo‘limda bankning kunlik tikilgan xujjatlari saqlanadi, 5 yilgacha bo‘lgan muddatda. Agar bosh bank tomonidanfilialda ichki audit tekshiruvi o‘tkazish lozim topilsa, arxivlash bo‘limidagi ma’lumotlar asosida ish olib boriladi.

Bank boshqaruvi tizimi Aksiyadorlar umumiy yig‘ilish, Bank kengashi, Bank boshqaruvi va ularga bo‘ysinuvchi qo‘mitalardan tashkil topadi.
ATB “Kapital”ning Kengashi 9 kishidan iborat bo‘lib, Kengaksh raisi O‘zbekiston respublikasi bosh vazxiri, uning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari, va uning quyidagi a’zolaridan tashkil topadi:

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari, Kengash a’zosi

"O‘zpaxtasanoat" Uyushmasi Boshqaruvi raisi, Kengash a’zosi

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktorining o‘rinbosari, Kengash a’zosi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi o‘rinbosari, Kengash a’zosi

"O‘zagromashservis" uyushmasi Boshqaruvi raisi, Kengash a’zosi

"O‘zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi Boshqaruvi raisi, Kengash a’zosi

"O‘zagrosug‘urta" davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi Boshqaruvi raisi v.v.b, Kengash a’zosi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisob-kitobi jamg‘armasi direktori, Kengash a’zosi




Bank Boshqaruvi esa 6ta kishidan tashkil topib Boshqaruv raisi, uning o‘rinbosarlari va a’zolardan iborat:

Boshqaruv raisi

Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari

Boshqaruv raisi o‘rinbosari

Boshqaruv raisi o‘rinbosari

Iqtisodiy tahlil departamenti boshlig‘i

Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti boshlig‘i

2 -rasm. Kapital bank ATB tashkiliy tuzilmasi.



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling