Kapital bank


Download 1.53 Mb.
bet9/10
Sana13.01.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1090299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xulosa va takliflar
Milliy iqtisodiyotning yanada rivojlanishi banklarning va bank tizimining rolini kuchaytirishni taqazo etmoqda. Bank - bu mamlakatdagi pul mablag`larini boshqarish uchun yaratilgan moliya institutidir.
O`zbekiston Respublikasi bank tizimining bosh maqsadijahon talabiga mos keluvchi, rivojlangan milliy kredit tizimiga ega bo`lish, xo`jaliklar va aholining bo`sh turgan mablag`larini jalb qilish, uni samarali taqsimlash asosida aholining talablarini qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga erishishdan iborat. Bu maqsadga erishishni ta'minlash uchun davlatimiz tomonidan mamlakatimiz bank sektorining rivojlanishini ta'minlovchi zaruriy makroiqtisodiy sharoitlarni hamda bank tizimi barqarorligini ta'minlash, shuningdek, bank nazorati tizimini va banklar faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish, banklarning depozit, kredit va investitsiya faoliyatining yanada rivojlantirishga erishish va banklar o`rtasida raqobat bo`lishini ta'minlashga asos yaratishdan, nobank tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish, moliya-kredit sektorining huquqiy bazasini yaxshilash, ularning moddiy-texnik jihatdan samarali ta'minlanganligiga erishish kabi choralarni amalga oshirish ko`zda tutadi.
Hozirgi kunda Respublikamiz banklarida zamonaviy texnologiyalar bo`lmish, elektron to`lovlar, mamlakatlar o`rtasida elektron pul o`tkazmalari kabi «Bank-mijoz» tizimi keng qo`llanilib kelinmoqda. Shu bilan birga xozirgi kunda jahonning bir qator rivojlangan mamlakatlarida «Internet-banking» tizimi qo‘llanilib yaxshi samaraga erishishmoqda. «Internet-banking» bu – mijoz o‘z bank hisob varaqlarini internet orqali boshqarish hizmatidir. Ushbu tizimni respublikamiz banklariga joriy etilishi ham davr talabidir.
Bu tizimdan foydalanish uchun mijoz, qaysi bank unga hizmat ko‘rsatsa, o‘sha bankning veb-saytidagi «Internet-banking» tizimidan ro‘yxatga o‘tadi va hech qanday to‘lovlarsiz tizimdan foydalanishi mumkin.
Kapital bank ham o‘z interaktiv xizmatlari doirasini kengaytirib, hozirda 1000 dan ortiq mijozlarga Internet-banking xizmatini ko‘rsatmoqda va bu tizimdan foydalanuvchi mijozlar soni ortib bormoqda. SHuningdek, bank mijozlarining elektron pochta manzillariga mijozlarning hisobraqamlaridagi qoldiq va ularning aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam berib borish xizmati ham keng yo‘lga qo‘yildi. Hozirga kelib kun sayin rivojlanib borayotgan mobil aloqa tizimlari orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatish borasida ham faol ish olib borilmoqda.
Banktizimida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish bugungi kunda ushbu sohadagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Axborot texnologiyalari bank operatsiyalari bajarilishini osonlashtiradi, yirik birlashmalar va korxonalar uchun hisob –kitoblar va to`lovlar o`tishini tezlashtirishga yordam beradi.
Bank o‘zining moliya bozori va bank sektoridagi raqobatbardoshlik imkoniyatlarini quyidagi omillar orqali baholaydi:
a)kuchli tomonlar va imkoniyatlar:
1)uzoq tarixga ega bo‘lgan bank tajribasining mavjudligi;
2)mamlakat iqtisodiyotining agrar sohasini rivojlantirishda hukumatning “moliyaviy agenti” vazifasini bajarishi;
3)mamlakatning barcha hududlarini geografik jihatdan qamrab olgan filiallar va minibanklarning mavjudligi;
4)“O‘zdonmahsulot” va “O‘zpaxtasanoat” kabi korporativ mijozlarga bank xizmatlarining ko‘rsatilishi;
5)tashabbuskor va yuqori tajribaga ega bo‘lgan kadrlarning mavjudligi;
6)xalqaro moliya institutlari bilan doimiy aloqalarning o‘rnatilganligi;
7)salohiyatli ta’sischilarning mavjudligi va ularning qo‘llab-quvvatlashi;
8)barqaror o‘sib borayotgan kapital bazaning mavjudligi;
9)diversifikatsiyalangan keng qamrovli mijozlar bazasining mavjudligi;
10)mavjud axborot texnologiyalaridan samarali foydalana olish qobiliyati;
11)bank strategiyasi nafaqat o‘zining tijorat faoliyatini yuritishga, shuningdek mamlakat iqtisodiyotining agrar sektorini barqaror rivojlantirishga hamda respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga qaratilgan.
b)salbiy tomonlar:
1)filiallar va minibanklardan to‘laqonli foydalana olmaslik;
2)bankning yuridik shaxslarning muddatli depozitlariga hamda banklararo depozitlarga qaramligi;
3)kredit portfelining asosiy qismi qishloq xo‘jalik sohasi kreditlarida jamlanganligi;
4)kredit portfelidagi muammoli kreditlar salmog‘i;
5)filiallar daromadliligining pastligi;
6)filiallarda marketingni yaxshi rivojlanmaganligi;
7)zamonaviy bank xizmatlarining tezkorlik bilan joriy qilinmasligi;
8)mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati va sur’atinig pastligi;
9)banknnig asosiy vazifalaridan biri qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishni moliyalash bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli tabiiy ofatlar natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga zarar etkazilishi bo‘yicha tavakkalchilikning mavjudligi.
Ko’plab rivojlangan mamlakatlarda tajribasi hozirgi dinamik rivojlanayotgan dunyoda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini iqtisodiy rivojlanishining lokomotivi ekanligini, mamlakatga investisiyalar jalb etilishiga, yangi ish o’rinlari tashkil etilishiga, ilg’or texnologiyalar ishlab chiqarishga va boshqaruvga tatbiq etilishiga, axborot ayirboshlashda, chekimlar qisqartirilishiga bozor qatnashchilari o’rtasida bitishuvlar sodir etilishiga ko’maklashishini ko’rsatadi.
Xulosa sifatida, hozirgi kunda korxona boshqaruvini axborot bilan ta'minlash manbalari va axborot tizimi zamon talabiga javob berilishi lozimdir.
Agarda korxona axborot bilan ta'minlash manbalari eskirgan bo’lsa, unda korxona boshqaruvini axborot bilan ta’minlash mushkul bo’ladi. Bu muammoni hal qilish korxonaning rahbariga yuklatilgan. Rahbar o’z imkoniyatlariga qarab korxonaga yangi zamon talabiga mos kompyutor va texnikalarni o’z vaqtida sotib olishi, ishchilar o’rtasida kerakli anjuman va treninglar olib borishi kerakdir.


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling