Kapital bozorlari va ularning firmalar real investitsiyalariga ta’siri
Asosiy tijorat operatsiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin
Download 83.46 Kb.
|
bexruz st 50 kapital11
Asosiy tijorat operatsiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
tovar almashinuvi va moddiy shakl bo‘yicha (tijorat eksport va importi); patent, litsenziya, “nau-xau” savdo shaklidagi fan-texnika bilimlarini almashtirish bo‘yicha; texnik xizmatlarni almashtirish bo‘yicha; ijaraviy; xalqaro turizm bo‘yicha; axborot doirasida maslahat xizmatini taklif etish va boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha, kinofilm va teledasturlarni almashtirish bo‘yicha. Korxona tijorat operatsiyalarining ta’minlovchi operatsiyalariga quyidagilar kiradi:
yuklarni tashish; transport-ekspeditorlik; yuklarni sug‘urtalash; tashish paytida yuklarni saqlash; hisobotlar yuritish. Ta’kidlash kerakki, ishlab chiqarish va fan-texnika hamkorlik doirasini korxona tijorat operatsiyalari tijorat ishining maxsus doirasi sifatida ajratib ko‘rsatish lozim. Bu hamkorlik aniq tashkiliy boshqaruv faoliyati natijasi sifatida ishtirok etadi, uning maqsadi: ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash; obyektlaming qo‘shma qurilishini tashkil qilish va ulardan foydalanish; ilmiy tadqiqotlar doirasidagi kooperatsiyalar (birgalikdagi faoliyat) haqida bitimlarni imzolash hisoblanadi. Boshqaruvning tashkiliy-texnik jihatini o‘rganish bu operatsiyalarning obyektlari va subyektlari nuqtai nazardan tijorat operatsiyalarining turli ko‘rinishlarini, jumladan, shakllar, uslublar, iqtisodiy dastagi va ularni sotish vositalarini qamrab oladi. Korxona tijorat faoliyatida savdo munosabatlarining iqtisodiy mexanizmlaridan samarali foydalanish quyidagilarni talab etadi: mahalliy korxonalar, uyushmalar, tashqi savdo tashkilotlarining xorijiy kontragentlar (hamkorlar) bilan tijorat operatsiyalarini o‘tkazish tajribalaridan unumli foydalanish; asosiy va ta’minlovchi operatsiyalarning mustahkam aloqasini o‘rnatish; milliy va xorij firmalari bilan ishlab chiqarish, savdo-iqtisodiy va fan- texnika hamkorligi natijasida vujudga keluvchi afzalliklardan samarali foydalanish; savdoning turli tovar va xizmatlari shakl va uslublarini unumli qodlash. Asosiy korxona tijorat ishini o‘zlashtirish faqatgina nazariy bilimlarni egallashnigina emas, shuningdek, tayyorlov doirasida amaliy jihatdan yangiliklarni topish, savdo bitimlarini imzolash va bajarish, savdo vositachilik va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishni ham nazarda tutadi. Korxona tijorat faoliyatini o‘rganish quyidagi masalalar:
milliy va xorij firmalari savdosining yangi uslub va shakllari; tijorat operatsiyalari o‘tkazish texnikasi: savdo-sotiq shartnomalarini tayyorlash va imzolash, ularning mazmuni va bajarilishi; savdo-vositachilarning vazifalari, ularning jahon bozoridagi operatsiyalarni bajarishdagi roli, savdo vositachilari bilan tuzilgan shartnomalarning mazmuni; milliy va xalqaro tovar birjalari, auksionlar, savdo, yarmarka va ko‘rgazmalar operatsiyalari texnikasi va ularni tashkil qilish; fan-texnika bilimlari savdosi va boshqa xalqaro xizmatlarni tashkil qilish, patent, litsenziya, texnik xizmat ko‘rsatish (injiniring), ijara operatsiyalari, xalqaro turizm bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazish texnikasi va ularni tashkil qilish; milliy va xorij firmalari xalqaro ishlab chiqarish aloqalarini tashkil qilish, milliy va xorij firmalari ishlab chiqarishni kooperatsiyalash (birgalikda tashkil qilish) va oxirgi (qo‘shma) mahsulotni ishlab chiqarishning xususiyatlari; davlat monopolistik boshqaruvining asosiy shakllari va vositalari hamda firmalarning milliy bozordagi va tashqi iqtisodiy faoliyati rivojlanishiga ularning ta’siri; xalqaro aloqalar rivojlanishiga ko‘maklashish yo‘l va usullarini bosqichma- bosqich ko‘rib chiqishni talab etadi. Download 83.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling