Kapital tarkibi va bahosi
Moliyalashtirishning qarz manbalari bahosini aniqlash
Download 416.23 Kb. Pdf ko'rish
|
8-MAVZU
Moliyalashtirishning qarz manbalari bahosini aniqlash
Korxona kapitalini shakllantirishning uzoq muddatli qarz manbalari an‘anaviy turlari sifatida bank kreditlari, obligatsiyalar, lizing va boshqalarni keltirish mumkin. Aksariyat qarz manbalarining manbasi haqiqatda jalb qilingan summa va uning qoplanishi boʻyicha toʻlovlar oqimi asosida aniqlanishi haqida yuqorida ham ta‘kidlandi. Buning uchun bizga ma‘lum boʻlgan pul oqimlari boʻyicha daromadlilikning ichki me‘yori (IRR)ni hisoblash formulasidan foydalanamiz. Bu yerda, CF 1 – pul oqimi (qoidaga koʻra annuitet); R – qarz mablagʻining toʻliq qiymati (mazkur toʻlovlar oqimlari boʻyicha daromadlilikning ichki me‘yori, IRR); N – toʻlovlar umumiy soni; D 0 – t = 0 davrda jalb qilingan qarz mablagʻi miqdori; TC – qarz mablagʻini olish bilan bogʻliq jami xarajatlar miqdori. Umumiy holatda har qanday qarz mablagʻining muhim xususiyatlaridan biri sifatida qarz mablagʻlari boʻyicha toʻlanadagigan foiz toʻlovlarining foyda soligʻi boʻyicha soliqqa tortiladigan bazadan chegirilishi yoki mahsulot tannarxiga kiritilishini keltirish mumkin. Shuning uchun 1-formuladan olingan R miqdor mazkur natijani aks ettirish maqsadida (1 – T) koʻpaytuvchiga toʻgʻrilanadi. Shunday qilib, qarz kapitalining yakuniy bahosi toʻlanadigan foyda soligʻi ta‘sirini hisobga olgan holda quyidagicha aniqlanadi: k D = R x (1 – T) bu yerda, k D – qarz kapitali bahosi; T – foyda soligʻi stavkasi. Misol koʻrib chiqamiz. Korxona nominal qiymati 1000 birlikka teng, qoplash muddati 10 yil, yillik kupon stavkasi 10% va bir yilda bir marta toʻlanadigan obligatsiya muomalaga chiqardi. Emissiya hajmi – 100 000 dona. Obligatsiyalar nominalga nisbatan 93,2% kurs boʻyicha joylashtirilgan. Har bir obligatsiyani muomalaga chiqarish boʻyicha xarajatlar 50 birlikni tashkil etgan. Foyda soligʻi stavkasi 20%. Qarz mablagʻi qiymatini aniqlang. Masala ma‘lumotlarini 1-formulaga qoʻyib chiqamiz Mazkur tenglikni echish 0,1210 ga teng boʻlgan miqdorni beradi (tekshirib koʻrish kerak). Shunda foyda soligʻini hisobga olgan holda obligatsion qarz qiymati 2-formulaga asosan k D = 0,1210 x (1 – 0,2) = 0,0968 = 9,68%. 1-formuladan va keltirilgan misoldan koʻrinib turibdiki, soliqni hisobga olmasdan obligatsiyaning oldingi bahosi amaliy jihatdan uning haqiqiy bahosiga va istisno ravishda aniqlanadigan pul oqimiga bogʻliqlik kasb etmaydi. Oʻz navbatida, 2-formulaga muvofiq obligatsiyaning haqiqiy bahosi amaliyotda uni jalb qilishga ketgan xarajatlarni ham hisobga olgan holda nominaldan (kapital egasi talab qiladigan nominaldan ham) past narxda boʻlib koʻrinadi. Qarz kapitali qiymatini pasaytirishning koʻrib chiqilayotgan ta‘sir natijasi ―soliq orqali himoya‖ deb yuritiladi. Lekin agarda firma zarar bilan ishlayotgan boʻlsa, qarz kapitali bahosi moliyaviy xarajatlarga mustasno ravishda real imkoniyatlar yoʻqligi sababli oʻzgarmaydi. Qarz mablagʻlari jalb qilish orqali moliyalashtirishda kapital bahosini aniqlashda 1-formulaga universal yondashuv sifatida qaraladi. Shuning uchun lizing, veksel, kreditlar boʻyicha ham kapital qiymatini baholashda 1-foomuladan foydalanish mumkin. Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning murakkab instrumentlari hisoblangan konversiyalanadigan yoki chaqirib olinadigan obligatsiyalar va boshqalar boʻyicha kapital qiymatini baholash birmuncha murakkab jarayon hisoblanadi. Kredit bahosi haqida soʻz yuritganda qarz oluvchi tomonidan kredit jalb qilish va undan foydalanish uchun toʻlanadigan barcha xarajatlarni nazarda tutish lozim. Boshqacha aytganda, kredit bahosi tarkibiy jihatdan kredit shartnomasida belgilangan kredit foiz stavkasi va bank tomonidan belgilangan qoʻshimcha toʻlovlar, biznesni rejalashtirish boʻyicha boshqa xarajatlardan tashkil topadi. Bank tomonidan joriy etilgan kredit boʻyicha toʻlovlarga kredit buyurtmasini koʻrib chiqish va kreditni rasmiylashtirish uchun haq, kredit berganlik uchun vositachilik haqi, kredit hisobvaragʻini yuritish va uni boshqarish uchun toʻlov, kredit boʻyicha oʻtkaziladigan toʻlovlar boʻyicha komission haq, mijoz majburiyatlari oʻz vaqtida toʻliq bajarilmagan holatlarda toʻlanadigan penya kabilarni kiritish mumkin. Kredit bahosiga ta‘sir qiluvchi tashqi omillar sifatida mamlakatdagi (hududdagi) ijtimoiy-siyosiy holat, Markaziy bankning pul-kredit siyosati, qayta moliyalash stavkasining oʻzgarishi, banklararo raqobat muhiti, kreditga boʻlgan talab darajasi (iqtisodiyotda kreditning tutgan oʻrni), inflyatsiya darajasi, budjet- soliq siyosati (soliq yuki darajasi) va boshqalarni keltirish mumkin. Ichki omillar sifatida esa tijorat banklarining kredit siyosati, foiz siyosati, jalb qilingan moliyaviy resurslarning miqdori va qiymati, qarz oluvchining moliyaviy holati va kredit tarixi, kredit ta‘minoti, risklilik darajasi, kredit muddati va toʻlash shartlari, kredit berilayotgan valyuta, kredit miqdori va boshqa shu kabilarni keltirish mumkin. 8 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling