Moliyalashtirishning oʻz manbalari bahosini aniqlash
Xususiy kapitalni tashkil etuvchi
oddiy va imtiyozli aksiyalar,
taqsimlanmagan
foyda
va
unga
tenglashtirilgan
vositalar korxonalarni
moliyalashtirishning oʻz manbalari hisoblanadi.
Nazariy jihatdan xususiy kapital bahosi korxona mulkdorlari
tomonidan talab
qilinadigan daromadlilikka teng deb olinadi va dividend toʻlanish darajasidan kelib
chiqqan holda aniqlanishi mumkin. Lekin amaliyotda
xususiy kapital elementlari
bahosini aniqlash yetarli darajada murakkab masalalardan biri hisoblanadi.
Muammoli
tomoni shundaki, xususiy kapital elementlarining
umumiy iqtisodiy
mohiyati bir-biridan farqli xususiyatlarga ega. Buni quyidagi ikki jihat bilan izohlash
mumkin