Kar bolalar maxsus maktab Internati aniq va tabiiy fanlar
Download 38.5 Kb.
|
gulnora opa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uslub birlashma rahbari G.Egamova
Kar bolalar maxsus maktab Internati aniq va tabiiy fanlar Uslub birlashmasi 2022-2023- O’quv yilining 2-choragi davo- mida o’tkazilgan ochiq darslar HISOBOTI
Insonlarning hayotda borligi va yashash tarzi jarayoni eng avvalo tabiiylikni va aniqlikni talab etadi.Bizning tabiiy va aniq fanlar uslub birlashmasida 10 nafar oily ma’lumotli pedagog hodimlar faoliyat olib bormoqda 2022-2023- o’quv yilining 1-choragi sentabr va oktabr oylari uchun Soat ochiq darslar rejalashtiriigan bo’lib o’z vaqtida sifatli o’tib berildi. 2-chorak noyabr va dekabr oylari uchun 42 soat ochiq darslar rejalashtirilgan bo’lib shulardan Mingboyev.Umidning 22-dekabrdagi 9-a sinfda Issiqlik dvigatellarining ishlash prinsipi mavzusi kasalligi sababli o’tilmay qoldi.Qolgan 41 soat ochiq darslaro’z vaqtida monitoring guruhi nazorati ostida o’tib borildi.Tabiiy fanlarda darslar amaliy va nazariy darslar asosida o’tib boriladi.O’quvchilar kitobda olgan bilimlariga amaliy darslarda ko’nikma hosil qilib bormoqda.Ochiq darslardan tashqari ayrim o’qituvchilar darslariga uslub birlashma sifatida kirib kuzatib bordim 14- dekabr kuni Mingboyeva SHahnozaning 6-a sinfdagi Quyosh sistemasi mavzusini kuzatdim katta ekrandagi quyosh va uning qanday tuzilganligini yaqqol ko’rish,tushuncha hosil qilish mumkin.Begimqulova.Azizaning 15-dekabr 7-b sinfdagi Yer qobig’I mavzusidagi amaliy darsini kuzatdim bunda tuxumdan yer tuxumning po’stlaridan yerning qobig’I sifatida foydalanib dars tashkil qilindi.Bundan tashqari Bo’tayev.Abrorning 4-a sinfdagi O’zbekistonning geografik joylashuvi mavzusini kuzatganimda o’quvchilar bizga chegaradosh davlatlar qayerda joylashganini xarita orqali ko’rsatib nomma-nom aytib berishdi.O’zbekistonning hududi ranglarini tariflab bo’yab berishdi.Dars juda yaxshi tashkil qilingan. Dekabr oyida rejalashtirilgan ochiq darslarning ayrimlarini kuzatish natijasida quyidagilarga ega bo’ldim. 19-dekabr 4-a sinfda tabiatshunoslik fanidan Bo’tayev Abrorning ,,Bog’,, mavzusidagi ochiq darsini monitoring guruhi a’zolari bilan birgalikda kuzatib bordim.Dars qiziqarli tashkillashtirildi.O’quvchilarga tarqatma savollar berildi savollar bilan birgalikda rasmlar ham tasvirlangan ularni o’z ranglarini topib bo’yash ham kerak bo’ldi.Bu mavzu turli fanlarga bog’lab olib borildi. 7-b sinfda 19- dekabr kuni Egamberdiyeva.Baxrinisoning ,,Qisqa ko’paytirish formulalari,,mavzusidagi ochiq darsi kuzatildi.Darsga tayyorgarlik yaxshi tashkillashtirilgan,o’quvchilar faol qatnashishdi.Karra jadvalini yod olganlaridek qisqa ko’paytirish formulalarini ham yod olish bundan keying misol va masalalarni yechishda qo’l keladi. 17-dekabr Kolonov Qahramonning informatika fanidan 10-a sinf o’quvchilariga o’tkazilgan MS Access 2010 da ma’lumotlar omborini hosil qilish va tahrirlashda formalardan foydalanish mavzusidagi ochiq darsi bo’lib o’tdi.Berilgan topshiriqlarni o’quvchilar kompyuter orqali bajarib borishdi. O’qituvchi o’zi katta ekranda ko’rsatib bergan malumotlarni o’quvchilar kompyuter omborlariga joylab bordilar,dars o’quvchilarga qiziqarli tarzda yetkazib berildi Hazratqulova Nigoraning 27-dekabr kuniga 8-sinfda rejalashtirilgan ,,Ovqat hazm qilishning boshqarilishini nazorat qilish,,mavzusidagi ochiq darsi 23- dekabr kuni o’tib berildi. Darsda mavzuga mos ko’rgazmali qurollardan foydalanildi.Ovqat hazm qilish jarayoni ekranda o’quvchilarga ko’rsatib berildi.Inson ichki organizmining ketma-ketlik jarayonini o’quvchilar ko’rib tushuncha hosil qilishdi.Keyin o’quvchilar guruhlarga bo’linib’ovqat hazmida qaysi organlar ishtirok etishini nomlarini yozishdi,1- guruh g’olib deb topildi va rag’batlantirildi. Bo’riboyev.SH, Egamberdiyeva B, Bobobekov.B lar darslarida ko’proq ko’rgazmalar va A.K.T.lardan foydalanishlari kerakligi aniqlab olindi. Bizning aniq va tabiiy fanlar uslub birlashmasi dekabr oyidagi yig’ilish qarorlariga 3-chorak mobaynida ochiq darslar sifatini oshirish va har oyda tadbir o’tkazib berishni rejalashtirib oldik. Uslub birlashma rahbari G.Egamova. VILOYAT KAR BOLALAR MAXSUS MAKTAB INTERNATI ANIQ VA TABIIY FANLAR USLUB BIRLASHMASI YIG’ILISH BAYONNOMALARI. ANIQ VA TABIIY FANLAR USLUB BIRLASHMASI OCHIQ DARSLAR PAPKASI. Download 38.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling