Karamni o’g’itlash miqdori va muddati
Download 17.3 Kb.
|
Karam maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval Bir tonna ertaki karam xosili olish uchun qancha ozuqa kerak.
- Bir tonna kechki karam xosili olish uchun qancha ozuqa kerak.
Karamni o’g’itlash miqdori va muddati O’zbekistonda karam yetishtirish texnologiyasi xozirgi kunda jadal rivojlanib bormoqda. Karam boshqa sabzavot ekinlaridan farqli o’laroq tuproqdan ozuqa moddalarni butun o’suv davrida o’zlashtirib boradi. Shu bois yuqori sifatli xosil yetishtirish uchun tuproq tarkibida yetarli miqdorda asosiy ozuqa elementlari, yani azot, fosfor, kaliy, bo’lishi kerak. Karamning ozuqa moddalarga bo’lgan talabi eng avvalo xosil miqdori va uning strukturasiga bog’liq. Rejadagi xosilni olish uchun o’g’itlar miqdorini aniqlash muxim axamiyat kasb etadi. Karam boshi umumiy massaning 65-70 foizgacha bo’lishi kerak. Bunga qanday erishish mumkun? Karamning ozuqa moddalarga bo’lgan talabini to’liq qondirish uchun o’simlik o’zlashtiradigan elementlar tuproqda yetarli bo’lishi lozim. Yerlarga faqat organic o’g’it, jumladan go’ng berish bilan bunga erishib bo’lmaydi. Chunki tuproqda go’ngning parchalanishi, o’simlik uchun zarur bo’lgan ozuqa elementlarining ajralib chiqish jarayoni nihol rivojiga nisbatan sekin boradi, bu esa mineral o’g’itlar qo’llashni taqozo etadi. O’zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy- tadqiqot institutidagi tajribalar bilan karam yetishtirishda o’g’itlashning o’rtacha miqdori ilmiy asoslanadi. 1-jadval Bir tonna ertaki karam xosili olish uchun qancha ozuqa kerak.
Bir tonna kechki karam xosili olish uchun qancha ozuqa kerak.
Boshqacha aytganda , ertagi karamdan 30 ta xosil olish uchun gektariga 20 ta yarim chirigan go’ng, 171 kg azot, 120 kg fosfor, 66 kg kaliy sof xolda yoki 500 kg ammiak selitrasi, 260 kg ammofos va 75 kg kaliy xlorid o’g’iti berish kerak bo’ladi. Tajribalardan ayon bo’ldiki, azot o’g’itlardan sulfat ammoniyni qo’llash xosilini oshirish bilan birga uning sifatini xam yaxshilaydi. Xuddi shunga o’xshash natijalar kaliy o’g’itini qo’llashda xam sodir bo’ldi. Karam xosili to’plash, maxsulot sifatining oshishida kaliy xloridga nisbatan sulfat kaliy o’g’iti yaxshi natijalarini berdi. O’g’itlarni quyidagi muddatlarda berish yaxshi samara berdi. 20 t yarim chirigan go’ng, 60-70% yillik fosfor, 50% kaliy o’g’iti yerni asosiy ishlov berish davrida beriladi. Azot o’g’itining 50% qolgan 30% fosfor bilan karam ko’chatlari to’liq o’zini tutib olgandan so’ng qator oralariga kultivator o’g’itlagich bilan ko’chatlardan 10-12 sm qochirib, 8-10 sm chuqurlikda beriladi. Ikkinchi oziqlantirishni qolgan 50% azot xamda kaliy bilan birgalikda karam boshi o’rash davrida o’tkazish kerak. Shu davrda karam ozuqa elementlaridan azot va kaliyga extiyoji ancha ortadi. Kechki karam xam shu tarzda oziqlantiriladi. O’g’itlarni belgilangan miqdorda va nisbatda berish karamdan mo’l va sifatli xosil olishni taminlaydi. Download 17.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling