Karerlarda ishlatiladigan transport mashinalari turlari. Umumiy tushunchalar


Download 44.63 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi44.63 Kb.
#1532899
Bog'liq
1. Umumiy tushunchalar Transport mashinalarini sinflanish




Karerlarda ishlatiladigan transport mashinalari turlari.
1. Umumiy tushunchalar
2. Transport mashinalarini sinflanish.


Karyer transportining asosiy ko‘rinishlari va texnologik tavsiflari

Karyerlarda kon massasi va xo‘jalik-texnik yuklami tashish uchun turli transport vositalaridan foydalaniladi. Temiryo‘l, avtomobil va konveyer ulaming asosiy lari hisoblanadi. Muayyan sharoitlar uchun maqbul transport vositasini tanlab olishga qator omillar ta’sir etadi, ulardan asosiylari: qazib olinadigan jinslaming fizik-texnik va kimyoviy xossalari; foydali qazilmaning yotish sharoitlari; kon hududining iqlimi; yuk aylanmasi miqdori va tashish masofasi; yuklash uskunalarining rusumi va parametrlari; karyeming ishlash muddati va boshqalar. Turli kaiyer transporti vositalaridan foydalanish samaradorligi ulaming texnik va texnologik parametrlari hamda konning kontexnik yotish sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Yillik yuk aylanmasi katta (25 min. t va undan ham ko‘p) va tashish masofasi uzoq (4 km va undan ham ko‘p) bo‘lgatt karyerlarda temiryo‘l transportidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Temiryo‘l transporti boshqa karyer transporti ko‘rinishlariga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: energiya sarfining kamligi, har qanday tashish masofasida ham istalgan hajmdagi yuk aylanmasini tashish imkoniyatiga ega ekanligi, avtomatik boshqarish tizimidan foydalanish mumkinligi, har qanday iqlim va kon-texnik sharoitlardagi konlarda ishonchli ishlashi, avtomobil va konveyer transportiga nisbatan It. km yuk tashishga sarflanadigan xarajatlarni 4 - 6 barobar kam bo‘lishi va h.k. Biroq, boshqa transport vositalariga nisbatan temiryo‘l transporti katta burilish radiusi ( 1 0 0 - 2 0 0 m), qazish fronti uzun bo‘lishi (kamida 600 m) va temiryo‘l ko‘tarilish balandligini 40 - 60% dan oshmasligini talab etadi. Bu esa, o‘z navbatida, karyer oichamlarini (uzunligi va kengligi) katta bo‘lishi va kon-kapital ishlar hajmining ko‘p boiishiga olib keladi. Avtomobil transporti, asosan, yuk aylanmasi kichikroq boigan (15-20 min. tonna/yil) karyerlarda qoilaniladi. Tashish masofasi esa 4 - 5 km dan oshmasligi kerak. Yuk ko‘tarish qobiliyati yuqori boigan (75 - 180 tonna va undan ham ortiq) avtoag‘dargichlardan foydalanish tufayli yuk aylanmasi 50 - 60 mln.tonna/yil boigan karyerlarda ham avtotransportdan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Avtotransport temiryoi transportiga nisbatan qator afzalliklarga ega: avtomobil y o ii trassasining ko‘tarilish balandligi temiryoiga nisbatan ancha katta (80 - 1 0 0 %o) va trassa konstruksiyasi sodda; avtotransport har qanday o‘zgarishlarga tez moslana oladi va manyovrchan boiadi; kon-kapital ishlarini olib borish intensivligini ta’minlaydi. Tashish masofasining o‘sishi natijasida avtotransport samaradorligi keskin kamayishi, avtotransport qoilanishining iqlimiy sharoitga bogiiqligi, yuk ko‘tarish qobiliyati katta boigan avtoag'dargichlar narxining balandligi va ularni eksplutatsiya qilishda joriy xarajatlaming yuqori boiishi avtotransportning asosiy kamchiliklari hisoblanadi. Karyerda yumshoq va yaxshi maydalangan (boiaklaming maksimal o‘lchami 400 mm gacha boigan) kon massasini tashishda tasmali konveyrlardan keng foydalaniladi. Chunki konveyr transportining boshqa transport vositalariga nisbatan yuk tashish qiyaligi katta (18-25° gacha) boiishi, shuningdek, tashish jarayonlari uzluksizligi, ulami to ia mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkoniyati mavjudligi konveyr transporti samaradorligi yuqori hamda qoilanish doirasi keng boiishini ta’minlaydi. Konveyr transporti yuk aylanmasi 2 mln.tonna/yil va tashish masofasi 4 - 6 km dan 1 0 - 1 5 km gacha boigan karyerlarda qoilanganda yuqori samaradorlikka erishiladi. Hozirgi vaqtda qattiq (qoyasimon) kon jinslarini ham (boiaklar oichami 1 0 0 0 mm gacha boigan) tashishga moijallangan maxsus konveyerlar ishlab chiqarilmoqda. Bu esa konveyer transporti samaradorligi yanada yuqori boiishi va qoilash doirasining kengayishiga imkon yaratadi.

Karyer transport mashinalari foydali qazilmalarni tashishda va ochilgan tizmalarni, ya’ni karerlardagi asosiy yuklarni tashishga mo’ljallangan. Eng ko’p keng qo’llanadigan temir yo’l, avtomobil va konveyer transporti va shuningdek ularning aralash qo’llanishidir. Gidravlik transport, arqonli ilgakli transport, skipli ko’taruvchi qurilma, kabelli kranlar qo’llaniladi. Transport uskunalariga kiradi, shuningdek, yuklash, qayta yuklash, yukni bo’shatishning mexaniklashtirishda ishlatiladigan jihozlar ham kiradi (oziqlantiruvchilar, me’rlovchilar, to’xtatuvchi va. boshqalar).


Tog’ ishlariga yordam ko’rsatuvchi yuklar, ya’ni jihozlar, qo’shimcha qismlar, yoqilg’i-moylovchi materiallar, portlovchi moddalar va boshqalar avtomobil yoki temir yo’l transporti orqali tashiladi.
Temir yo’l transportlari rejalashtirish va hajm jihatidan katta o’lchamdagi tog’ tizmasi yiliga tashish 20 dan 150 mln t. Ishlanma chuqurligi 250 m, tashish masofasi 5-15 km karerlarda mo’ljallangan. Avtomobil transporti quyidagi karerlarda keng qo’llaniladi – past va o’rta ishlab chiqarish kuchiga ega karerlardan (yiliga yuk aylanmasi 15-20 mln t tog’ tizmasi bo’lgan) 1,3 – 3 km masofodali karerdan to katta karerlargacha ( 70-100 mln t) 5 km masofagacha bo’lgan tashishlarda (ayrim vaqtlarda undanda ko’proq). Konveyer transporlari keyingi paytda yumshoq tog’ tizmalaridan ( yilida yuk almashinishi 50-60 mln t va ko’proq) tortib to toshli tizmalarda (20-30 mln t yuk almashinish) tashish masofasi 4-6 km (ayrim paytlarda 20 km) li karerlarda samarali qo’llanmoqda.
Kon transporti shaxta, rudnik va karyerlarning sanoat transporti sifatida foydali qazilmani qazib olish texnologik jarayonining eng asosiy zvenolaridan biridir. Transport qurilmalari kon korxonalarida foydali qazilmalarni zaboy (qazish joyi)dan yer osti yoki ochiq kon lahimlari bo’ylab va undan keyin kon tepasidan boyitish fabrikasi yoki temir yo’l vagonlariga yuklash punktigacha, tog’ jinslarini esa ag’darmagacha tashish uchun hizmat qiladi. Shu bilan birgalikda kon transporti to’lg’azma va yordamchi materiallar hamda jihozlarni kon ustidan shaxtaga tashishni ta’minlaydi. Undan tashqari, kon transporti odamlarni gorizontal va qiya lahimlar bo’ylab ish joyigacha va smena tugagandan so’ng stvol atrofi qo’rasigacha tashishga hizmat qilib, konchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilaydi va ish vaqtining unumsiz sarfini qisqartiradi.
Yuklar tashiladigan lahimlarning uzunligi, odatda, bir necha kilometrni tashkil qiladi, ayrim hollarda esa bir necha o’n kilometr bilan o’lchanadi. Shaxtada bir vaqtning o’zida bitta emas, odatda bir nechta qazish va tayyorlov zaboylari ishlaganligi tufayli, yer osti transporti yo’llarni ko’p shoxobchalarga bo’linib ketishi bilan tavsiflanadi. Ularni murakkablik darajasi konning kon - geologik sharoiti va uni qazish tartibiga bog’liq. Yo’llar ko’pincha o’zoro ketma-ket olmashiladigan gorizontal, qiya, ba’zilarida esa vertikal uchastkalardan tashkil topishligi transport sxemasini yanada murakkablashiga olib keladi.



1.1-rasm. Shaxtada uchta qatlam qazib olinishida transport lahimlari sxemasi:


1 - yarus shtreki; 2 va 3 – panel bremsbergi va ukloni; 4 va 5 – uchastka bremsbergi va ukloni; 6 - asosiy shtrek; 7 - kvershlag; 8 - stvol atrofi lahimlari; 9 - vertikal stvol.
Misol tariqasida 1-rasmda shaxtada ko’mirning bir yo’la uchta qiya qatlami qazib olinishidagi transport kon lahimlarining sxemasi keltirilgan. Lahimlarning nomi rasm osti yozuvlarida berilgan. Rasmda strelkalar bilan yuk oqimining yo’nalishi ko’rsatilgan. Tashilayotgan yuklar – ko’mir, ma’dan, kaliy tuzi va boshqa foydali qazilmalar – mayda (ba’zilarda - hatto chang) va yirik bo’laklardan tashkil topgan bo’lib, oddiy material hisoblanadi. Ba’zi hollarda bitta kon korxonasining o’zida foydali qazilmaning 2 - 3 va undan ko’p turli yiriklikdagi navlari bir-biriga aralashtirilmasdan alohida tashiladi. Yer osti kon transportining sanoatning boshqa sohalaridagi transportdan farqlanadigan maxsus hususiyati shundan iboratki, kon lahimlarining kesim yuzasi kichik bo’lganligi uchun, transportni ishlatish tor sharoitda amalga oshiriladi. Kon transportining yana bir hususiyati, ayniqsa, zaboyda va unga bevosita yaqin joylashgan lahimda - uning jihozlarini jilishi, transport qurilmalarining surilishi va zaboyning jilishiga qarab ularni uzaytirilishi yoki qisqartirilishi. Bularning hammasi kon transport mashinalari va qurilmalarining konstruktsiyasiga maxsus talabalar qo’yadi va ularni ishlatishni ancha murakkablashtiradi.
Misol tariqasida 1–rasmda lava bilan konveyerli lahimni tutashgan joyida transport qurilmalarining ishlash sxemalari keltirilgan.

1-rasm. Lava bilan konveyerli lahimni tutashgan joyida transport qurilmalarining ishlash sxemalari
Birinchi sxemada (1- rasm) teleskop ko’rinishidagi konveyer va uning orqasiga qo’shimcha qo’yilgan yuktushirgich - yukortkich (peregrujatelь) dan iborat teleskopik majmua qo’llanilgan, bunda A-tasmaning ortiqchasini qirqib tashlamasdan konveyer liniyasi qisqarishining kattaligi. Bu sxemada konveyer uzunligi kamaygan holda tasmaning uzunligi kamaymayalgi.
Ikkinchi sxemada (1.b - rasm) oddiy tasmali konveyer va unga ko’mir yuklovchi surilma yuktushirgich – yukortkich qo’llanilgan.
Bu sxemada lava surilishi natijasida uzunligi o’zgarmaydi, yuktushirgich – yukortkich esa surilib konveyer tasmasining ustiga chiqib boradi. Bunda V – konveyerni qisqartirmasdan turib konveyer liniyasi qisqarishining kattaligi.
Kon korxonasi me’yorida ishlashi uchun kon transporti aniq, beto’xtov ishlashi va foydali qazilmani zaboydan o’z vaqtida to’liq olib chiqilishini va zaboydagi ishlar to’xtamasligini ta’minlashi, kon ishlarini jadallashtirish metodlarini, korxonaning rivojlanishi va o’sishini ta’minlashi zarur. Undan tashqari, kon transportiga uni ishlatish narhi va mehnat hajmi mumkin qadar kam bo’lishi hamda havfsizligi yuqori darajada bo’lishi kabi umumiy talablar qo’yiladi.
Kon korxonalarida transportning narhi foydali qazilmani umumiy tannarhining ko’pgina qismini tashkil qiladi. Shuning uchun transportni ishlatish bo’yicha xarajatlarni turli yo’llar bilan kamaytirish korxonaning umumiy harajatlarini va uning mahsuloti tannarhini sezilarli darajada kamayishiga olib kelishi mumkin.
Kon transporti, odatda, anchagina parallel va ketma-ket bo’g’inlardan tashkil topgan bo’lib, shu bilan birgalikda jihozlarining turlari ham har hil bo’ladi.
Shuning uchun kon transportini mexanizatsiyalash faqat har bir bo’g’inini alohida mexanizatsiyalashdan iborat bo’lib qolmay, balki texnik va tashkiliy jihatdan bog’langan va bir tekisda ishlaydigan majmua tizimini barpo etishdan iboratdir. Bu shu jihatdan ham zarur-ki, ba’zi vaqtlarda transportning alohida bo’g’inlari o’rtasida to’laqonli tashkiliy bog’lanish bo’lmaganligi tufayli, ular foydali qazilmani qazib chiqarishni cheklab qo’yishi, biri ikkinchisining ishi to’xtab qolishiga majbur qilishi va bo’g’inlar oralig’ida anchigina ishchilarni qo’shimcha jalb qilishga olib kelishi mumkin.
Kon transportini to’g’ri va samarali ishlashi hamda takomillashib borishi:
- transport vositalari turlari va majmuasini konning kon-texnik sharoitlariga qarab va qazish tartibiga mos ravishda belgilash;
- transport qurilmalarining asosiy parametrlarini hisoblash belgilangan me’yorlarga, unumdorlik va quvvatning zarur zapaslariga rioya qilish;
- mashina va mexanizmlarning sifatini oshirish;
- mashinalarning reja - ogohlantiruv ta’mirini o’z vaqtida tashkil qilish va ularni kuzatib turish;
- kon transportini boshqarishni to’g’ri yo’lga qo’yish va havfsizlik talablariga rioya qilish yo’llari orqali ta’minlanadi.
Transport mashinalar tasnifi. Kon korxonalarida qo’llaniladigan barcha transport mashinalari xarakatlanish usuli bo’yicha ikki guruhga bo’linadi (3 - rasm). Birinchi guruhga uzluksiz ishlaydigan transport vositalari kiradi. Bunday qurilmalarda ish xarakati uzliksiz bo’lib, odatda, uzoq vaqt davomida o’zgarmay qoladi. Ikkinchi guruhga uzlukli (tsiklik) ishlaydigan transport vositalari kiradi. Ularda yuk tashish ma’lum xarakat tsikli bo’yicha davriy ravishda amalga oshiriladi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda ularni ishga tushurgandan keyin ish xarakati avtomatik ravishda bajariladi. Uzlukli ishlaydigan qurilmalarda esa, odatda, xarakatni boshqarish talab qilinadi.
Konveyer va skreper transporti, odatda, «eltish», temir yo’l transporti - «tashigich», karyerdan yuqoriga klet, platforma yoki skipda chiqarish transporti - «ko’tarish» deb ataladi.
Uzluksiz ishlaydigan transport qurilmalariga quyidagilar kiradi:
- barcha ko’rinishdagi konveyerlar (kurakli, tasmali, plastinali, kovshli va x.k.);
- uzluksiz simarqonli tashigich (vagonchalarda temir iz bo’ylab);
- osma sim - arqon yo’llari qurilmalari;
- pnevmatik va gidravlik transport qurilmalari;
- gravitatsion transport, ya’ni yukni yo’naltiruvchi (nov, quvir va h.k) lar bo’ylab og’irlik kuchi hisobiga tashish qurilmalari.
Uzlukli ishlaydigan transport qurilmalariga quyidagilar kiradi:
- lokomotiv transporti;
- avtomobil transporti;
- temir iz bo’ylab o’ziyurar tashigichlar va o’ziyurar vagonchalar;
- skreper qurilmalari;
- temir iz bo’ylab uchli sim – arqon tashigichla
Karyerlarda turli transport vositalari kombinatsiyasi

Ishlab chiqarish quvvati katta boigan karyerlarda kon massasi tashishning iqtisodiy samaradorligi faqat turli transport vositalari kombinatsiyasidan foydalanish natijasida ta’minlanishi mumkin. Chunki transport kombinatsiyasini tashkil qilgan har bir transport vositasi o‘zi uchun qulay bo‘lgan sharoitlarda ishlaydi. Transport kombinatsiyasini tashkil qilgan transport vositalari zanjiri har bir transport vositasining o‘ziga xos texnologiyasini hisobga olgan holda uchta bo‘g‘inga ajratiladi:


- kon massasini ishchi gorizontlar va tutashtirish bermalari bo‘yicha transportlash;
- kon massasini qiya lahimlar orqali yer yuzigacha transportlash;
- kon massasini yer ustida transportlash.
Birinchi bo‘g‘inga mansub transport bevosita qazish kavjoylariga xizmat ko‘rsatadi, shu sababli ushbu bo‘g‘in transport vositalari yuqori unumdorlik, manyovrbob, ishonchli ishlashi kabi xususiyatlarga ega boMishi kerak.
Ikkinchi bo'g‘in transporti kon massasini qisqa qiya yo‘l uchastkalari orqali tashishni ta'minlaydi.
Uchinchi bo‘g‘in transporti esa kon massasini uzoq masofalarga nisbatan gorizontal yo‘llar orqali tashishni ta’minlaydi.
Konlarni ochiq usulda qazib olish amaliyotida temiryo‘l va avtomobil transporti kombinatsiyasidan keng foydalaniladi. Kon massasi dastlab avtotransport bilan kavjoydan qayta yuklash punktiga tashib keltiriladi, so‘ngra temiryo‘l transportiga yuklanib, ag‘darma yoki boyitish fabrikasiga yetkazib beriladi
Qayta yuklash punktlari karyer ichida yoki karyer chegarasiga yaqin yer yuzida joylashtirilishi mumkin. Avtomobil - temir yo‘l transporti kombinatsiyasidan katta yuk aylanmasiga ega va chuqurligi 150 - 2 0 0 m dan ko‘p bo‘lgan karyerlarda foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Avtomobil va konveyerli ko‘targichlar kombinatsiyasidan foydalanilganda у ink bo‘lakli kon massasini qayta yuklash punktlarida dastlab maydalab, so'ngra konveyerga yuklanadi. Maydalab - qayta yuklash punktlari karyerning konsentratsion (yig‘uvchi) gorizontlariga joylashtiriladi va bir necha gorizontga xizmat ko‘rsatadi. Chuqurlik bo‘yicha har 70 -100 metrda maydalab qayta yuklash punktlari pastki gorizontlarga ko‘chirib turiladi.Avtotransport va skipli ko‘targichlar kombinatsiyasida qayta yuklash punkti bo‘shatish (to‘kish), qabul qilish qurilmalari va bunker dozatordan tashkil topadi. Yuk ko‘tarish qobiliyati 100 tonnagacha bo‘lgan skiplar 35 - 45° qiyalikka ega maxsus yo‘naltirgichlar bo‘ylab 8 -1 2 m/sek. tezlikda harakatlanadi. Karyer unumdorligi katta boisa, bir necha skipli ko‘targichlardan foydalanish lozim bo’ladi.


Foydalangan adabiyotlar



  1. Kon mashinalari. A.M. Isaxodjayev

  2. Ochiq kon ishlari texnologiyasi va kompleks mexanizatsiyalash. N. H.Sagatov, L. T. Aripova Y. E. Petrosov, M. N. Djabborov

  3. www.ziyonet.uz ta’lim portali

Download 44.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling