Karimov nodirbek
Download 180 Kb.
|
ASALARI BILAN PASHSHA
- Bu sahifa navigatsiya:
- DARS ISHLANMASI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINamangan shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli 14-umumta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi KARIMOV NODIRBEKning O’qish fanidan bir soatlik DARS ISHLANMASINamangan–2007 MAVZU: ASALARI BILAN PASHSHAMAQSAD:
Asalari va pashshaning tabiatdagi o’rnini ajrata olishlariga erishish B) nazariy maqsad: Asalarining mehnatini inson hayotidagi rolini his etiish DARS TURI: Yangi bilim beruvchi DARS USULI: Suhbat, savol-javob DARS JIHOZI: Asalari va pashsha rasmlari darslik DARSNING BORISHI: O’qituvchi sinfga kirib salomlashadi Qalbi qordek beg’ubor Ilmga chanqoqlarim 39-o’g’il qizim Assalomu alaykum Izoh o’quvchi soniga qarab raqam o’zgarishi mumkin Darsimizga xush kelibsiz Aziz ustoz muallim Qo’limiz ko’ksimizda Deymiz, assalomu-alaykum O’qituvchi darsni tashkil etadi she’riy tarzda so’raydi Bugun kimdir navbatchi. Darsga hamma tayyormi? Navbatchi javob beradi; Bugun mendir navbatchi Darsga hamma tayyordir Gullarga suv quyilgan Hona shinam ozoda O’qituvchi: Hozir darsimiz nima O’quvchi: Darsimiz o’qishdir ustoz Kerak doim o’qimoq Nimaki qilsak tilak Bariga o’qish kerak O’qituvchi savolda davom etadi O’qish bizga ne kerak O’qimasak bo’lmasmi? 1-o’quvchi: Ilmlarning boshi o’qish Kerak doim o’qimoq 2-o’quvchi: Hikoyalar, ertak o’qib Bahodirlar bo’lamiz 3-o’quvchi: Yodlaymiz ko’plab she’rlar Tinglaymiz rivoyatlar O’qituvchi o’quvchilar fikrini o’tilgan mavzuga qaratadi. Oylar o’tib izma-iz Yetib keldi mart oyi Aytingchi donolarim Bayram bormi bu oyda 1-o’quvchi: 8-mart bu kun Onajonlar bayrami Yo’llariga poyandoz Dasta gullar boylami. 2-o’quvchi: Navro’z keldi yoz bo’ldi Turna keldi g’oz keldi Yam-yashil chorboqlardan Bulbulday ovoz keldi O’qituvchi: Bahor chog’i o’lkamizda Qanday bo’lar o’zgarish 1-o’quvchi: Bahor chog’i o’lkamizda Turfa gullar ochilar Tol bargak taqib qizlar Quvnoq qo’shiqlar kuylar. 2-o’quvchi: Yer bo’ladi yashil maysa Daraxtlar tugar maysa Sumalak qaynar qozonda Darak berib bahordan. O’qituvchi: Meni shirin donolarim Aytingchi menga qani Bahorda qaysi qushlar O’lkamizga uchib kelar? O’quvchi: Bahordan berib darak Uchib kelar qaldirg’och Ayvonda ochar bola Bahor qo’shig’in kuylab. O’qituvchi bahor haqidagi hikmatli so’zlardan so’raydi. O’quvchilar bilan dam olish daqiqasi o’tkaziladi. Shunday o’yin tanlash kerakki,sinfda yengil psixologik holat vujudga kelsin. O’tgan mavzu mustahkamlanadi.Buning uchun tezkor savollar beriladi. 1. Mart oyi necha kun? 2. Mart oyida bayram bormi? 3. 21-mart qanday kun? 4. Bu yil qaysi muchal kirdi? 5. Havoni aynishini qaysi qush biladi? 6. Bahor fasli necha oy bo’ladi? 7. Bahorda qanday tansiq taomlar tayyorlanadi? 8. Erta bahorda ochiladigan gulning nomi nima? 9. Erta bahorda pishadigan sabzavot nomi.? 10.Bahorda birinchi qaysi daraxt gullaydi? Yangi mavzu asosida ishlash. Yangi mavzu “Asalari va pashsha.” O’qituvchi o’quvchilardan asalari va pashsha haqidagi fikrlarini so’raydi. 1-o’quvchi; Men ariman viz-viz Guldan gulga uchaman Bol to’plashdan tolmayman Bekorchidan qochgayman. 2-o’quvchi; Men ariman, ariman Insonga shifokorman, Tatib ko’ring bolimdan Sira kasal bo’lmaysan. O’qituvchi; Pashsha haqida nima bilasiz: 1-o’quvchi: Men pashshaman,pashshaman Sal dangasa yalqovman. Tekin tamoq issiq havo Meni jonu-dilimdir. 2-o’quvchi: Tekin ovqat bo’lsa bas Taqqillaydi tamogim Hohlamayman mehnatni Qishdan juda qo’rqaman. 3-o’quvchi: Qish kelsa och qolaman Rahmsizdir barchasi Kuchdan qolib oxiri Toshdek qotib qolaman. O’qituvchi pashshaning inson hayotida turli kasalliklarga chalinishiga sabab bo’lishini,shuning uchun doimo ularga qarshi kurashish lozimligini aytadi va Asalari va pashsha matnini o’qiydi.O’quvchilar kitobdan kuzatib turushadi. Ichda o’qish mashqi o’tkaziladi.O’quvchilar mavzuni bir marta ichlarida o’qib chiqishadi. Tushinilmagan so’zlar asosida lugat ishi o’tkaziladi. Shundan keyin o’quvchilar birma-bir o’qitib o’qish tezliklari kuzatiladi. Yangi mavzuni mustahkamlash.O’quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi. Bugungu darsda nimalarni bilib oldingiz? Inson tabibi nima ekan? Bol nima? Nima uchun inson pashshani yomon ko’radi? O’quvchilar javoblari umumlashtiriladi.Faol o’quvchilar baholanadi. Uyga vazifa;mavzuni o’qib kelish. Dars yakunlanadi. Download 180 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling