Karimova Madinabonu Ma’rufjon qizi
Download 49.34 Kb.
|
Karimova Madinabonu Ma’rufjon qizi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karimova Madinabonu Ma’rufjon qizi Ilmiy rahbar: _______________________________ Farg’ona 2021 MUNDARIJA I Kirish
- Kirish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI Himoyaga ruxsat etiladi “Tasviriy san’at” kafedrasi mudiri ________ __________________ _______________________________ «_____»__________ 2021 yil «Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi o’qitish metodikasi» Fanidan
Mavzu: «Tasviriy san’at o’qitish metodikasi fani va uning maqsad va vazifalari» Bajardi:
bakalavr yo’nalishi 3-bosqich 18.25 guruh talabasi Kirish'>Karimova Madinabonu Ma’rufjon qizi Ilmiy rahbar: _______________________________ Farg’ona 2021 MUNDARIJA I Kirish II. Asosiy qism Tasviriy san’at ўқитиш методикаси фани ва унинг ривожланиш тарихи Tasviriy san’at ўқитиш методикаси фанининг мақсад ва вазифалари fanini o’rganishning axamiyati. чизмачилик дарсларини ташкил қилиш ва ўқитиш методлари o’qitishning samaradorligini oshirishda pedagogik texnologiyalarning ahamiyati Xulosa va tavsiyalar Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati Kirish Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizning xalq maorifi sohasida ta’limning yangi tizimini ishlab chiqish va uni ishga tushirish borasida qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu sohadagi ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish yo‘lida hukumatimiz “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida” kabi qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi-ki, ular mamlakatimizda mukammal, zamonaviy, xalqaro ta’lim standartlariga javob bera oladigan ta’lim tizimini bunyod etib, unda yangi pedagogik texnologiya sistemasidan foydalanish imkoniyatlarini va shart-sharoitlarini yaratib bermoqda. Shunga ko‘ra, maktab o‘quv fanlari asosiy e’tiborni o‘zlarining o‘qitish texnologiyalarni qayta ko‘rib chiqish va uni yangi ta’lim tizimiga olib kirishiga qaratilmoqda. Yana maktab o‘quv fanlari o‘z sohasi bo‘yicha yangi Davlat ta’lim standarti asosidagi o‘quv dasturini, darsligini va o‘quv metodik qo‘llanmalarini ham yaratmoqdalar-ki, bular vositasida bugungi maktab o‘quv fanlari yangi pedagogik tizim va texnologiya asosida o‘qitishga jadal kirib borilmoqda. Bular asosida maktab tasviriy san’at va chizmachilikni o‘qitish texnologiyasi va uni yangi pedagogik texnologiya asosida o‘qitish borasida maxsus kuzatuvlar tajribalar va tajribakor metodist chizmachilik va tasviriy san’at o‘qituvchilarining ish tajribalari o‘rganilib, ulardan tegishli ilmiy xulosalar chiqarildi. Ilm-fan har qanday davlatning buguni va kelajagini ko‘p jihatdan hal qiladigan bebaho boylikdir. Bugungi kunda tadqiqotlar natijalarini ilmiy jihatdan tahlil qilmasdan va o‘zlashtirmasdan rivojlanishi mumkin bo‘lgan iqtisodiyotning biror bir tarmog‘i, jamiyat hayotining biror sohasi yo‘q. Dunyoning aksariyat mamlakatlari moliyaviy-iqtisodiy inqirozni kechirayotgan bir paytda O‘zbekistonda ishlab chiqarishni ilg‘or texnologiyalari asosida modernizatsiya qilish, ilmiy–texnika salohiyatidan samarali foydalanish, iqtisodiyotimizni rivojlantirishda innovatsiya yo‘liga o‘tish muhim strategik ahamiyat kasb etmoqda. Bugun O‘zbekiston Fanlar akdemiyasi oldida ko‘plab strategik vazifalar turibdi. Mamlakatimiz ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yuqori texnologiyalar, shu jumladan, bio va nanotexnologiyalarni ishlab chiqish, mahaliy xom ashyodan mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha energiya tejovchi, ekologik manbalardan foydalanish, suv resurslaridan oqilona foydalanish konsepsiyasini ishlab chiqish, ekologik ahvolni yaxshilash, fundamental ilmiy tadqiqotlarni oldindan belgilash va uzoq muddatga rejalashtirish, fan, ta’lim hamda ishlab chiqarishning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash shular jumlasidandir. Bu borada uzoq, o‘rta va qisqa muddatga asoslangan ilmiy tadqiqotlar rejalashtirilmoqda, rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu vazifalarning hal etilishi, o‘z navbatida, yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlashni kuchaytirishni taqozo etadi. Zero, bozor iqtisodiyoti sharoitida ularning chuqur bilim, iqtidor va mahoratiga talab yanada ortib bormoqda. Bu, ayniqsa, texnik va muhandislik yo‘nalishdagi mutaxassislarga taaluqlidir. Jahon tajribasi ilmiy faoliyatda 25-40 yoshdagi tadqiqotchilar katta yutuqlarga erishayotganidan dalolat beradi. Shu sababli, mamlakatimizda ilm-fanga iqtidorli yoshlarni jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ular uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan va qo‘llab-quvvatlab, amaliy yordamlar berilmoqda. Download 49.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling