Karimova Maxfuza "Fizikaviy kimyoning texnologiyada qullanishi"


 FIZIKAVIY KIMYONING VUJUDGA KELISHI


Download 32 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana25.10.2023
Hajmi32 Kb.
#1721331
1   2   3   4
Bog'liq
Fizikaviy kimyoning texnologiyada qo’llanishi

2. FIZIKAVIY KIMYONING VUJUDGA KELISHI
Fizikaviy kimyo fani – atom, molekula, kimyoviy hodisalar, o’zgarishlar va
tuzilishlarni fizika usullarida o’rganib, fizika qonun – qoidalari asosida
yechib beradigan fan sifatida 18 asrning o’rtalarida vujudga kelgan.
Bunga birinchi bo’lib Rossiya olimi M.V. Lomonosov asos solgan va u
fizikaviy kimyo atamasini qo’llagan. 1751 yildan boshlab M. V. Lomonosov


talabalarga fizikaviy kimyodan ma‘ruzalar o’qiydi va 1754 yili birinchi
qo’llanma «Haqiqiy fizikaviy kimyoga kirish» va «Fizikaviy kimyodan
tajribalar» nomli eksperement ishlar uchun dastur yozadi. U fizikaviy
kimyoga quyidagicha ta‘rif beradi: «Fizikaviy kimyo – kimyoviy
operatsiyalar natijasida murakkab moddalarda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni
fizika qonun – qoidalari va tajribalari asosida tushuntirib beruvchi fan» dir
degan. M.V. Lomonosov, kimyoda fizikaviy uslublarni qo’llab o’zining
«modda massasi va energiyasining saqlanish qonuni» ni kashf etdi. M.V.
Lomonosov, eritma – erigan modda molekulalari bilan erituvchi modda
molekulalarining o’zaro ta‘siri mahsulotidir – deydi.
Eritma muzlash temperaturasining pasayishi kontsentratsiyagа
bog’liqligini ko’rsatadi. M.V. Lomonosov birinchi bo’lib molekula
to’g’risida tushuncha yaratib, molekula bilan atom o’rtasidagi tafovutlarni
aniqlab berdi. U yuqoridagi qayd etilgan kashfiyotlari bilan birinchi fizikaviy
kimyogar bo’lib tanildi.
3. FIZIKAVIY KIMYONING RIVOJLANISHI
1836 yili Rossiya olimi G.I. Gess kimyoviy reaktsiyalar vaqtida umumiy
issiqlik effekti doimiy qiymatga ega bo’lib, u orqali reaktsiyalar issiqlik
effektlarining yig’indisiga teng bo’lishi qonunini kashf etdi. Bu qonun
fizikaviy kimyoda termokimyoning asosiy qonunlaridan biri hisoblanadi.
Rossiya olimlaridan N.N. Beketovning 1865 yildan boshlab fizikaviy
kimyodan ma‘ruzalar o’qishi, Bulerovning «Kimyoviy tuzilish nazariyasi» ni
yaratishi, 1869 yili D.I. Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy qonunini
va keyinroq gidratlar nazariyasini yaratishi fizikaviy kimyoning taraqqiyotiga
keng yo’l ochib berdi. D.I. Mendeleev birinchi bo’lib qishloq xo’jaligini
rivojlantirish uchun kimyodan keng foydalanish kerakligini vazifa qilib
qo’ydi, shu bilan agrokimyo faniga asos soldi.
Fizikaviy kimyoni rivojlantirishda I.A. Kablukovning ishlari ham
ahamiyatlidir. U D.M. Mendelevning eritmalar gidrat nazariyasidan
foydalanib, elektrolitlarning suvdagi eritmalarida ionlarning gidratlanish


hodisasi va elektrolitik dissotsiatsiya jarayonlarida kimyoviy o’zaro ta‘sir
ko’rsatish hodisalarini ochib berdi. U birinchi bo’lib, Moskva qishloq xo’jalik
institutida fizikaviy kimyo kafedrasini tashkil qildi va talabalarga ma‘ruzalar
o’qiydi.
Fizikaviy kimyoning rivojlanishida chet ellik olimlarning ham hissalari
katta. Masalan, Ya. Vant – Goff, V. Ostvald eritmalarga oid bir qancha
qonunlar kashf etdilar. S. Arrenius elekrolit dissotsilanish nazariyasini yaratdi,
P. Kyuri, M. Skladovskaya – Kyuriylar radioaktivlik hodisalarini kashf
qildilar, V. Nernst termodinamikaning uchinchi qonunini yaratishga
muvaffaq bo’ldi va hokazo.
O’zbekistonda fizikaviy kimyoni rivojlantirishda o’zbek olimlaridan
X.R. Rustamov, A.M. Murtazaevlar o’z ishlari bilan katta hissa qo’shdilar.
Akademik X.U. Usmanov va uning shogirdlari yuqori molekulyar
moddalarning fizikaviy kimyosini o’rganishda hamda yangiliklar yaratishda
katta ishlar qilishmoqda. O’zbekiston fanlar akademiyasining akademigi M.
N. Nabiev va uning shogirdlari mineral o’g’itlarning fizikaviy kimyosini
o’rganishda katta ishlar qilmoqdalar.

Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling