Karimova Maxfuza "Fizikaviy kimyoning texnologiyada qullanishi"
FIZIKAVIY KIMYONING TEKSHIRISH USLUBLARI
Download 32 Kb. Pdf ko'rish
|
Fizikaviy kimyoning texnologiyada qo’llanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. FIZIKAVIY KIMYONING XALQ XO’JALIGIDA AHAMIYАTI
4. FIZIKAVIY KIMYONING TEKSHIRISH USLUBLARI
Fizikaviy kimyo moddalarni va kimyoviy reaksiyalarning borishini fizika vositalari yordamida tekshiradi va natijalarini matematik ifodalash yo’llarini izlaydi. Fizikaviy kimyo quyidagi uch uslubga asoslanadi. 1) termodinamika uslubida moddalarning holat parametrlari yordamida tasvirlanadi; bu parametrlar orasidagi bog’lanish holat tenglamalari orqali ifodalanadi. Termodinamika miqdoriy o’lchash mumkin bo’lgan kattaliklarda yoki ana shunday kattaliklarga bog’liq miqdorlardan foydalanadi. Dastlabki klassik termodinamika aniq ifoda va tushunchalarga olib keladi, lekin masalaning kelib chiqishi to’g’risida hech qanday ma‘lumot bera olmaydi. Ammo, hozirgi zamo statistik termodinamika bunday savollarga to’liq javob bera oladi. 2) kinetik nazariya uslubida tekshirilayotgan modda yoki hodisa haqida avval biror gipoteza aytiladi, bu gipoteza asosida xulosa chiqarilib, u tajriba natijalari bilan solishtiriladi. Bu uslub aniqlik jihatidan termodinamik uslubdan ustun emas, lekin masalaning mohiyati haqida tasavvur bera oladi. 3) kvantlar mexanikasi uslubi asosida fizikaviy – kimyoviy jarayonlar haqida aniq tasavvur olinadi. Bu uslubda kuchli matematikaviy vositalardan foydalanib aniq formulalar chiqariladi. Kvantlar mexanikasi uslubi atom energiyani ayrim – ayrim kvantlar holida yutadi va kvantlar holida chiqaradi degan tushunchaga asoslanadi. 5. FIZIKAVIY KIMYONING XALQ XO’JALIGIDA AHAMIYАTI Fizikaviy kimyo nafaqat toza nazariy fan sifatida, balki ko’pgina jarayonlarning vujudga kelishi va takommilashuviga ko’mak bergan holda rivojlanib kelgan. Apparatlarni ratsional tanlash va ularda kechadigan jarayonlarni anchagina qulay sharoitlarda o’tkazishni aniqlash uchun fizikaviy kimyo uslublaridan foydalaniladi. Fizikaviy kimyo bilimiga ega bo’lgan texnologda kimyoviy tushunish, ularni ongli ravishda boshqarish, ishlab chiqarish vazifalari va maqsadlariga mos bo’lgan sharoitni tanlash kaliti mavjud bo’ladi. Fizikaviy – kimyoviy tadqiqot uslublari ko’pchilik va har xil turdagi ishlab chiqarishlar uchun juda qimmatli, hamda unumli uslublar hisoblanadi. Fizikaviy kimyo bizni o’rab turgan olam to’g’risidagi bilimilarimizni, tabiat to’g’risidagi fanlarni boyitadi, uning xulosalari esa umum ilmiy ahamiyatga ega. Qishloq xo’jaligining ko’p sohalarida, chunochi agranomiyada, agrokimyoda, tuproqshunoslikda, zoomuxandislikda fizikaviy kimyoning zamonaviy analiz uslublaridan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Masalan, xromotografiya, radioxromatografiya, rentgenografiya, krioskopiya, fotometriya va boshqa usullar keng qo’llanilmoqda. Fizikaviy kimyo materiyani tekshirishning fizika ishlab chiqqan nazariy va eksperimental uslublaridan keng foydalaniladi. Bular orasida gazlarning molekulyar kinetik nazariyasi, kvantlar mexanikasi, kimyoviy termodinamika, nishonlangan atomlar uslublari ayniqsa ahamiyatlidir. Fizikaviy kimyoning amaliy ahamiyati ham katta. Masalan, qishloq xo’jaligida samarali yangi o’g’itlar chiqarish, o’simliklarning kasallik va zarrakunandalariga qarshi kurashning kimyoviy usullarini takomillashtirish, tuproqning agronomik xususyatlarini yaxshilash va boshqalarda fizikaviy kimyoning muhim roli bor. Download 32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling