2.1. “Oriat dono” radiosida axborot uzatish usullari
“ORIAT Dono • Fayzli radio!”
2000 yil, 17 dekabr — ORIAT Dono radiostansiyasi ilk bor efirda yangragan kun. Ushbu radioni Toshkent shahri va viloyati, Sirdaryo, Samarqand hamda Buxoro viloyatida — FM 106,5 Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlarida — FM 102,4 va 89,5 to‘lqinlarida tinglashingiz mumkin. 2005 yil 27 dekabrdagi «O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish bo`yicha tadbirlar haqida»gi Qarori asosida nodavlat tarzda faoliyat ko`rsatadi.
Respublikamizda ilk marotaba 1927 yil 11 fevral kunida soat 18.00 dan boshlab 6 soatlik radioeshittirishlar efirga uzatilgan. 1930 yillarga kelib radioeshittirishlar yanada takomillashgan.
O`tgan asrning oxirgi yillarida musiqiy va adabiy Badiiy Kengash faoliyat boshlagan va efirga beriladigan musiqiy va adabiy asarlar ushbu badiiy kengash tomonidan saralangan va radio fonotekasi xazinasiga topshirilgan. Ushbu Badiiy kengashlarning samarali faoliyati natijasida bugungi kunda radioning oltin fondida ko’plab durdona ovozlar va 20yillikda trendga aylangan qo’shiqlar shodasi radiokanalarxivlarida saqlanadi.
Radiokanal salkam 25 yillik mo`jaz tarixi davomida mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari orasida o`zining etakchi maqomini saqlab kelmoqda. Ijodiy jarayonning izchil takomillashuvi samarasida professional radiojurnalistlar avlodi shakllandi. Bunda adabiyot va san’at, radiojurnalistika sohasida ko`zga ko`ringan, atoqli ijodkorlarning ulkan hissasi bor.
Yutuqlari
Radiokanal ijodiy jamoasining mashaqqatli mehnati munosib e’tirof etilib kelinayapti. Keyingi o`n yilda ichida tajribali jurnalistlar Xayrulla hamidov va Bobur akmalov, O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatyotgan jurnalist sifatida xalq e’tirofiga sazovor bo’lishmoqda.
Radiokanal ijodkorlari orasida turli ijodiy tanlovlarning g`olib va sovrindorlari ham bor. Ular orasida asosan yoshlar tashkil qilib Mavjuda Oppoqxo`jaeva, Obidjon Berdaliev, Saida Zokirova, Sahobiddin Xo`janovlar «Oltin qalam» milliy mukofoti tanlovi g`olib va sovrindorlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |