Mavzu: Z. M. Bobur tomonidan asos solingan xat turi
Download 47.14 Kb.
|
Kurs ishi Matnshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi obyekti va predmeti.
- Kurs ishi tuzilishi
- الطفات
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Asosiy adabiyotlar
BuxDU Magistratura fakulteti Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo`nalishi I bosqich magistranti Hamidov Azimjonning “Matnshunoslik nazariyasi” fanidan tayyorlagan KURS ISHI Tekshirdi: Amonova Z. Tayyorladi: Hamidov A. Buxoro – 2020 MAVZU: Z.M.BOBUR TOMONIDAN ASOS SOLINGAN XAT TURI REJA: KIRISH.
ASOSIY QISM: I.BOB. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR SHOH VA SHOIR 1.1. Z.M.Bobur hayot yo'li
Shoh va shoir ijodiga bir nazar II. BOB. "XATTI BOBURIY" TUZILISHI VA TARKIBI 2.1. Bobur shaxsiyatining yorqin jihatlari. 2.2."Xatti boburiy"ning harflar tuzulmasi XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI Mavzuning dolzarbligi. O`zbeklarning millat sifatida shakllanishi uzoq tarixga ega. O`zbeklar qadimgi turkiylarning avlodlaridir. Turkiylar keyinchalik mustaqil millat va xalq sifatida shakllangan o`zbek, qoraqolpoq, qozoq, uyg`ur, turkman, ozarbayjon kabi xalqlarning avlodlaridir. Har bir millatning asliyatini o`rganishda, uning ma’naviy va madaniy yodgorliklarini o`rganish, tarixiga nazar tashlashning o`zi yetarli hisoblanadi. Tarixiy yodgorliklar tilga kirganday, xalq o`tmishini kuylay boshlaydi. Adabiyotning og`zaki va yozma shakllari paydo bo`lganidan beri Vatanimiz tarixi haqida so`zlovchi juda ko`plab asarlar yaratilib kelinmoqda. Adabiyot tarixini esa matnlarsiz, manbalarsiz o`rganib bo`lmaydi. Binobarin, mumtoz adabiyot namunalarining ilmiy-tanqidiy matnini tuzish, adabiyotimiz tarixi uchun muhim bo`lgan manbalarni tadqiq qilish, nashrga tayyorlash va ilmiy iste’molga kiritish o`ta dolzarb vazifa deb e’tirof etilishi lozim. Xususan buyuk ijodkor Bobur tomonidan kashf etilgan "Xatti boburiy" yozuvining yaratilishi va uni hozirgi zamonda tadbiq qilish ommaga havola etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan o`lkamiz tarixi haqidagi muhim manbalardan biri bo'lgan "Xatti boburiy"ni tadqiq etuvchi o`zbek matnshunosligi masalasi kurs ishimizning dolzarbligini tashkil qiladi. "Xatti boburiy"da xalqimizga xos milliy g`oyalar, milliy ruh va vatanparvarlik yaqqol aks etgan. Buning asosida yosh avlod qalbiga milliy qadriyatlar: an’ana va haqiqatlar, vatan tuyg`usi, e’tiqod kabi yuksak tushunchalar singdiriladi. Shu jihatdan, birinchi prezidentimiz I.A.Karimov “ ...yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo`lishi zarur”1 - deya milliylik, umuminsoniylik haqida to`g`ri qayd etib o`tgan edilar. Zero, bunday g`oyalar adabiyot tarixida yaratilgan asarlarda o`z ifodasini topganligi barchamizga ayon haqiqatdir. Shuningdek Zahiriddin Muhammad Boburning qalamiga mansub bo'lgan "Xatti boburiy" yozuv turi ham fikrimizni dalillaydi. Mavzuning o`rganilishi.Ma’lumki, o`zbek matnshunosligi keyingi yillar davomida ko`plab yutuqlarga erishmoqda. Zahiriddin Muhammad Bobur ijodlarini o'rganish tahlil qilish, ularning o`z davri va bugun uchun ahamiyatini, mohiyatini aniqlash va yoshlarga yetarli darajada yetkazib berish, ularni nashr qilish kabi samarali natijalarni bunga misol tariqasida keltirishimiz mumkin.Bu boradagi harakatlarning tahlili va "Xatti boburiy"ga bag`ishlangan bir qator ishlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Bir qator davra suhbatlarida, jumladan, Andijonlik tabiatshunos olim Zokirjon Mashrabov rahbarlik qiladigan Xalqaro Bobur jamgʻarmasi (1993.23.12) Bobur ijodini oʻrganishda katta ishlarni amalga oshirdi. Jamgʻarmaning ilmiy ekspeditsiyasi 10 dan ortiq Sharq mamlakatlari boʻylab avtomobilda ilmiy safarlar uyushtirib, 200 ming km dan ortiq masofani bosib oʻtdi, Bobur va boburiylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid yangi maʼlumotlar toʻplab, ularni ilmiy isteʼmolga kiritdi. Mazkur maʼlumotlar asosida 10 dan ziyod ilmiy, hujjatli, badiiy asarlar (3. Mashrabov, S. Shokarimov: „Asrlarni boʻylagan Bobur“; S. Jalilov: „Boburning Fargʻona davlati“, „Bobur va Andijon“; Qamchibek Kenja: „Hind sorigʻa“; X. Sultonov: „Boburning tushlari“, „Boburiynoma“; R. Shamsuddinov: „Boburiylar izidan“, „Boburiylar sulolasi“; T. Nizom: „Uch soʻz“), 10 ga yaqin hujjatli, videofilmlar (F. Rasulov: „Bobur izidan“, „Muqaddas qadamjolar“; T. Roʻziyev: „Bobur salomi“, „Bobur nomidagi Xalqaro ilmiy ekspeditsiya“; T. Hamidov: „Iftixor“ va h.k.) yaratildi. Jamgʻarmaning Lohur (Pokiston), Haydarobod (Hindiston), Abu Dabi (Birlashgan Arab Amirliklari), Moskva (RF), Oʻsh (Qirgʻiziston), Toshkent, Namangan (Oʻzbekiston) shaharlarida boʻlimlari mavjud. 1998 yil Jamgʻarmaning boburshunoslik sohasidagi xalqaro mukofotlari ilk marta Pirimqul Qodirov, Sabohat Azimjonova, Gʻaybulloh asSalom, Neʼmatilla Otajonov, Xayriddin Sultonov, Eyje Mano (Yaponiya), Muhammadali Abduqunduzov, Maqsud Yunusov, Shafiqa Yorqin (Afgʻoniston), Maʼmurjon Toʻxtasinov, Ravshan Mirtojiyev, Majid Tursunov, Rahmonjon Azimov, Muhammadjon Mirzayevga berildi. Hozirgi kunda ham yurtimizda bu boradagi amaliy ishlar bardavomlikda ekanligini ta'kidlash lozim. Kurs ishi maqsadi. Ishdan ko`zlangan maqsad o`zbek matnshunosligining yutuqlaridan bo'lgan, buyuk ajdodimiz tahayyul olamlaridan vujudga kelgan "Xatti boburiy" asari va yozuv turini o'rganish, uni kelajak avlodga foydali qirralarini olib chiqish kurs ishimizning asosiy maqsadini tashkil etadi. ahvoli va uning rivojlanish omillari masalasini o`rganishdir. O`zbek adabiyoti namunalarida qo`llaniladigan ko`pgina so`zlar yillar davomida turli o`zgarishlarga uchragan. Ularni hozirgi kitobxonga to`g`ri va tushunarli tarzda yetkazib berish matnshunoslikdagi eng dolzarb masala bo`lib, katta diqqat-e`tibor va mas’uliyatni talab qiladi. Shu nuqtayi nazardan matnshunosligimiz ham o`z o`rnida rivojlanib borishni, yangidan yangi yutuqlarni qo`lga kiritishni talab etuvchi soha hisoblanadi. Kurs ishi vazifalari. Yuqoridagi maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar amalga oshirildi: Mavzuga oid tadqiqotlarni o`rganish; Mavzuga oid maqolalarni o`rganish; Ularni tahlil qilish; Muammolarning yechimini topishga harakat qilish. Kurs ishi obyekti va predmeti. Magistrlik kurs ishimizga Zahiriddin Muhammad Bobur tahayul olamiga mansub bo'lgan "Xatti boburiy"ga oid manbalar nazariy asos bo`lib xizmat qiladi. Ayrim tahlil va mulohazalar uchun asos bo`lgan asarlarni ishimizning predmeti sifatida qabul qildik. Kurs ishi tuzilishi. Ishimiz mavzu, reja, kirish qism, ikki asosiy bob va unga tegishli fasllar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. KIRISH Tarix bugunning zamini desak adashmagan bo`lamiz. Nimaniki o`rganmoqchimiz, albatta, tarixiga nazar tashlaymiz. Og`zaki adabiyot paydo bo`lganidan boshlab bugungi kunga qadar yaratilgan davr oralig`idagi asarlarni o`qib-o`rganar ekanmiz, o`zligimizni, o`tmishimizni anglab, taniy boradi. Ularni o`rganish, bugungi hayotga tadbiq qilish va nashrdagi muammolar esa asosiy masaladir. Shu o`rinda muhim adabiy manba – Zahiriddin Muhammad Bubur ijodiga oid materiallarini o`rganish muammolarini ham eslab o`tish zarur. Shu kungacha shoh va shoirning ko'plab asarlari jumladan Boburnoma asari olimlar qo'lidan bugungi kunda ham tushmay kelayotgan asar hisoblanib yangidan yangi qirrallari kashf etib kelinmoqda.Quvonarli jihati shundaki, istiqlol bergan imkoniyat tufayli ayrim tadqiqotlar va ilmiy-tanqidiy matnlar chet el olimlari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Tabiiyki, bu o`zaro tajriba almashish hamda o`zbek olimlarining ilmiy yutuqlari xorijiy mamlakatlarda ham kengroq tanilishi va e’tirof etilishi uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Shulardan kelib chiqib, o`zbek matnshunosligi shu paytgacha, shubhasiz, salmoqli yutuqlarni qo`lga kiritdi, deya olamiz. Bu yutuqlar, ayniqsa, ulug` mutafakkir A.Navoiy va Zahiriddi Muhammad Bobur asarlarini o`rganishda yaqqolroq ko`zga tashlanadi. Porso Shamsiyev, G`ulom Karimov, Hamid Sulaymon, Aziz Qayumov, Suyima G`aniyeva singari ustoz olimlarning bu boradagi faoliyati tahsinga loyiq. Shu ishlar va bular qatorida ularning tahlili bilan biz quyida tanishib chiqamiz. I.BOB. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR SHOH VA SHOIR 1.1. Zahiriddin Muhammad Bobur hayot yo'li Bobur (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo; 14-fevral 1483 – 26-dekabr 1530) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda. Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Boburning onasi oʻqimishli va oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak bergan, harbiy yurishlarida unga hamroxlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo boʻyida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda oʻtkazardi. Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy taʼlim, fiqx ilmi, arab va fors tillarini oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, sheʼriyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan „Bobur“ („Sher“) laqabini oladi. Bobur otasi yoʻlidan borib, mashhur sufiy — Xoja Ahrorga ixlos qoʻyadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu eʼtiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik, „Boburnoma“ asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va chorasizliqdan xalos etganini, eng ogʻir sharoitlarda rahnamolik qilganligini taʼkidlaydi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi (1494-yil iyun). Movarounnahr 15-asr oxirida oʻzaro nizolashayotgan temuriy shahzodalar yoki mulkdor zodagonlar boshchilik qilib turgan, deyarli mustaqil boʻlib olgan koʻpdan koʻp viloyatlarga parchalanib ketgan edi. Movarounnahr taxti uchun kurash avjga chiqqan, turli siyosiy fitnalar uyushtirilmoqda edi. Buning ustiga Umarshayx Mirzoga tobe bir necha bek va hokimlar yosh hukmdorga (Boburga) boʻysunishdan bosh tortadilar. Ularning ayrimlari Boburning ukalarini yoqlasa, baʼzilari mustaqillik daʼvosini qiladi, yana boshqa birlari Boburga raqib, boshqalari amaki, togʻalariga qoʻshilib, uni jismonan yoʻqotish payiga tushadi. Oʻz amakisi va togʻasi boʻlmish Sulton Ahmad Mirzo bilan Sulton Mahmudxon xurujlarini daf qilgan Bobur hukmronligining dastlabki 2—3-yilida mavqeini mustahkamlash, bek va amaldorlar bilan oʻzaro munosabatni yaxshilash, qoʻshinni tartibga keltirish, davlat ishlarida intizom oʻrnatish kabi muhim chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Boburning dastlabki siyosiy maqsadi Amir Temur davlatining poytaxti, strategik va geografik jihatdan muhim boʻlgan Samarqandni egallash va Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlatni saqlash, mustahkamlash hamda Amir Temur saltanatini qayta tiklashdan iborat edi. Bobur Temuriylar saltanatini himoya qilish va uni saqlab qolish uchun astoydil harakat qilib, Shayboniyxonga qarshi bir necha yil davomida muttasil kurash olib borsada, ammo mamlakatda hukm surgan ogʻir iqtisodiy tanglik va siyosiy parokandalik sharoitida maqsadiga erisha olmaydi. 1503-yil Toshkent xoni Mahmudxon, Bobur va qalmoqlarning birlashgan qoʻshini Shayboniyxon tomonidan Sirdaryo boʻyida tormor qilinadi. Bobur Samarqand taxti uchun kurashayotgan paytda Andijonni Sulton Ahmad Tanbal egallab oladi. 1501—04-yillarda Bobur Fargʻona mulkini qaytarib olish uchun Sulton Ahmad Tanbal, Jahongir mirzolarga qarshi olib borgan kurashi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Temuriylarning toʻxtovsiz janglari va ogʻir soliqlaridan toliqqan xalq Boburni qoʻllamadi va u Movarounnahrni tark etishga (1504-yil iyun) majbur buladi. Bobur 200—300 navkari bilan Hisor togʻlari orqali Afgʻonistonga oʻtadi va u yerdagi ichki nizolardan foydalanib Gʻazni va Kobulni egallaydi. Bobur Kobulni egallagach, mustaqil davlat tuzishga jadal kirishadi, qoʻshinni tartibga keltiradi, qattiq ichki intizom oʻrnatadi. Kobulga, umuman Afgʻonistonga Bobur oʻz yurti kabi qaradi, qurilish, obodonlashtirish, kasbu hunar va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish ishlarini boshlab yuboradi. „Bogʻi Shaxroro“, „Bogʻi Jahonoro“, „Oʻrtabogʻ“, „Bogʻi vafo“ va „Bogʻi Bobur“ kabi oromgohlar tashkil etdi. Shahar ichidagi Bolo Hisor qalʼasini oʻz qarorgohiga aylantirib, uni qayta taʼmirlatdi, yangi imoratlar qurdirdi va oilasi bilan shu qalʼada yashadi. Uning Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari shu yerda tugʻiladi. 1506-yil bahorda vafot etgan Qutlugʻ Nigorxonim Mirzo Ulugʻbek shu yerda bunyod ettirgan „Bogʻi Navroʻziy“ga dafn etiladi. Bobur Afgʻonistonda bir fotih sifatida emas, balki shu yurt, el obodonligi va ravnaqi uchun jon kuydirgan tadbirli hukmron sifatida qizgʻin faoliyat koʻrsatdi, uning manfaatlari yoʻlida odilona va oqilona ish tutdi. Afgʻonistondagi amaliy faoliyatiga koʻra, Bobur butun Xuroson va Movarounnahrda qudratli davlat boshligʻi va muzaffar sarkarda sifatida katta obroʻ orttira bordi, mintaqadagi siyosiy hayot eʼtiborli oʻringa koʻtarildi. Shayboniylarning tobora kuchayib borayotgan yurishiga qarshi birgalikda chora koʻrish masalasida Sulton Husayn Boyqaro barcha temuriy hukmdorlar qatorida Boburni ham maslahat yigʻiniga maxsus taklif etishi ana shunday yuksak nufuzni koʻrsatuvchi dalildir. Bobur shu taklif boʻyicha Hirotga otlanadi. Husayn Boyqaroning toʻsatdan vafot etishiga (1506) qaramay, u Hirotga boradi va temuriy hukmdorlar bilan uchrashib muzokaralar oʻtkazadi. Temuriy hukmdorlarning birlashib Shayboniyxon qoʻshinlariga toʻsiq qoʻyish rejalari amalga oshmaydi va tez orada birin-ketin magʻlubiyatga uchrab, saltanatni batamom qoʻldan chiqaradilar. 1507-yil boshlarida Bobur Hindistonga yurish boshlaydi. Ammo, bu urinishi muvaffaqiyatsiz tugab, yana poytaxt Kobulga qaytadi. Bobur Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat va urush harakatlarini kuzatib boradi, oʻz qoʻshinlarini doimo shay tutadi. Shayboniyxon Xurosonning yirik markazlarini qoʻlga kiritgach, Eronni zabt etish uchun yurish boshlaydi. Ammo, Eron shohi Ismoil Safaviy bilan qattiq toʻqnashuvda (1510) yengiladi, oʻzi ham Marvda halok boʻladi. Shoh Ismoil Xuroson va Movarounnahrga qoʻshin kiritib shayboniylarga ketma-ket zarar yetkaza boshlaydi. Bobur shoh Ismoil bilan harbiy-siyosiy ittifoq tuzib, 1511-yil bahorida Hisorni, yozida Buxoroni, oktabr boshida esa Samarqandni yana qoʻlga kiritadi. Boburning shia mazhabidagi eroniylar raʼyi bilan ish tutishi aholida norozilik tugʻdiradi. 1512-yil 28-aprelda Koʻli malik jangida Ubaydulla Sulton boshliq shayboniylardan yengilgan Bobur Hisor tomon ketadi. 1512-yil kuzida Bobur shoh Ismoil yuborgan Najmi Soniy laqabli lashkarboshi bilan Balxda uchrashib, Amudaryodan kechib oʻtib, avval Huzar (Gʻuzor) qalʼasini oladi, soʻng Qarshiga yurish qiladi, shahar uzoq muddatli qamaldan soʻng taslim boʻladi, shahar himoyachilari qattiq jazolanadi. 1512-yil 24-noyabrda Gʻijduvon jangida Bobur shayboniylardan yana yengilib, Kobulga qaytishga majbur boʻladi. Bobur Movarounnahrni egallash ilinjidan uzil-kesil umidini uzadi va butun eʼtiborini Hindistonga qaratadi. 1519-yil bahoriga kelib Bobur Hindistonni zabt etish rejalarini amalga oshirishga kirishadi va keyingi 5—6 yil davomida bir necha yurishlar uyushtiradi. Nihoyat, 1526-yil aprelda Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyning yuz ming kishilik qoʻshinini 12 minglik askari bilan tormor qiladi hamda Dehlini egallaydi. Oradan koʻp oʻtmay, ikkinchi yirik hind sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib, Shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha boʻlgan qismini oʻziga boʻysundiradi. Agrani oʻziga poytaxt sifatida tanlagan Bobur katta qurilish va obodonchilik ishlarini boshlab yuboradi. Shu tariqa Bobur Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm surgan qudratli boburiylar sulolasiga asos soladi. Bobur Hindistonda ham, xuddi Afgʻonistonda boʻlganidek, koʻplab ijtimoiy xayrli ishlarni amalga oshirdi, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Tarqoqlik va parokandalikka, oʻzaro ichki nizo, qirgʻinlarga barham berib, viloyatlarni birlashtirdi, markazlashgan davlatni mustahkamlash va yurtni obodonlashtirishga, ilmu hunar va dehqonchilikni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratdi. Qurilish ishlariga boshchilik qildi. Shoh va shoir ijodiga bir nazar Boburning oʻz guvoxligiga koʻra, shoir sifatida ijodiy faoliyati Samarqandni ikkinchi marta egallagan vaqtda boshlangan; „Ul fursatlarda birorikkirar bayt aytur edim“, deb yozadi u. Bobur Samarqanddaligining ilk oylarida Alisher Navoiy tashabbusi bilan ular oʻrtasida yozishma boshlanadi. Bobur atrofida ijodkorlar toʻplana boshlashi ham shu yillarga toʻgʻri keladi. Jumladan, Binoiy, Abulbaraka va Bobur oʻrtasidagi ruboiy mushoirasi Samarqanddagi qizgʻin adabiy hayotdan darak beradi. Umuman, davlat arbobi va koʻp vaqti jangu jadallarda oʻtgan sarkarda sifatida ijtimoiy faoliyatining eng qizgʻin davrida ham, shaxsiy hayoti va davlati nihoyatda murakkab va xatarli sharoitda qolgan chogʻlarida ham Bobur ijodiy ishga vaqt topa bilgan, ilm, sanʼat va ijod ahlini oʻz atrofiga toʻplab, homiylik qilgan, ularni ragʻbatlantirgan. Oʻtmish adabiyot va tarix, musiqa va sanʼatdan yaxshi xabardor boʻlgan, diniy taʼlimotga chin ixlos qoʻygan Bobur har doim olimu fozillar davrasida boʻldi, xususan ijod ahliga, kasbu hunar sohiblariga samimiy ehtirom koʻrgazib homiylik qildi, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirib turdi. Ijod va sanʼat ahliga bunday mehrli munosabat aslo bejiz boʻlmagan. Bobur tabiatan ijodkor edi. Yigitlik yillaridan boshlab to umrining oxirigacha samarali ijodiy ish bilan shugʻullandi, har qanday sharoit va vaziyatlarda ham ijoddan toʻxtamadi, natijada, har jihatdan muhim boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi. Bobur 18—19 yoshlarida ruboiy va gʻazallar yoza boshlagan. Uning „Topmadim“ radifli gʻazali va „Yod etmas emish kishini gʻurbatda kishi“ misrasi bilan boshlanuvchi ruboiysi oʻsha yillardagi hayoti bilan bogʻliq. Boburning ulkan sanʼatkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga koʻtara oladi va natijada asarlarida olgʻa surilgan gʻoyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga koʻtariladi. Bobur ijodida, xususan, sheʼriyatida kindik qoni toʻkilgan ona yurtini dildildan qoʻmsash, uning tuprogʻiga talpinish, gʻariblik azoblaridan oʻtli hasrat, yoru diyor soginchi va visol ilinji, takdir zarbalari va turmush uqubatlari, zamona nosozliklaridan nola badiiy tahlil etiladi. Bobur ijodida ishq-muhabbat, sevgi-sadoqat, visol va hijron mavzusi ham salmoqli oʻrin tutadi. Uning gazal va ruboiylarida, tuyuq va masnaviylarida maʼshuqaning maftunkor goʻzalligi, beqiyos husnu latofati, sharqona odobu axloqi, nozu karashmasi yengil va oʻynoqi, musiqiy va ravon misralarda katta mahorat bilan tarannum etiladi. Boburning uz sheʼriy asarlarini toʻplab, devon holiga keltirgan sanani koʻrsatuvchi aniq tarixiy maʼlumotlar maʼlum emas. Ammo „Boburnoma“ning 1518—19-yillar voqealari bayoniga bagʻishlangan faslida Bobur devonini Kobuldan Samarqandga yuborganligi toʻgʻrisida soʻz boradi. Demak, shu yillarda uning devoniga tartib berilgan va mazkur devon Movarounnahrda ham tarqalgan. Hozirda uning 119 gʻazali, bir masnu sheʼri, 209 ruboiysi, 10 dan optiq tuyuq va qitʼalari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham oʻrin olgan. “Boburnoma” – Movarounnahr, Xuroson, Hindiston, Eron xalqlarining XV asr oxiri – XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini oʻzida aks ettirgan boʻlsa ham, shu bilan birga juda koʻp dolzarb iqtisodiy, ijtimoiy masalalar, yuqorida nomlari keltirilgan viloyatlarning oʻzaro siyosiy-iqtisodiy va savdo munosabatlari, jugʻrofiy mavqei, iqlimi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, togʻlari, daryolari, xalqlari, qabila va elatlari va ularning yashash sharoitlari, urf-odatlari, muhim tarixiy inshootlari hindular va musulmonlarning ibodatxonalari, toʻy va dafn marosimlari haqida nihoyatda nodir maʼlumotlarni oʻziga qamrab olgan shoh asardir. Shu bois “Boburnoma” tarixiy va adabiy meros sifatida dunyo olimlarini hayratda qoldirib kelmoqda. Uzoq yillar davomida Gʻarb va Sharqning mashhur sharqshunos olimlari “Boburnoma” mazmunini jahon jamoatchiligiga yetkazish borasida katta faoliyat koʻrsatdilar. Masalan, gollandiyalik olim Vitsen, angliyalik olimlar J. Leyden, V. Zrskin, R. Koldekot, A. Beverej, T. Albot germaniyalik Yu. Klaynrat va A. Keyzer, fransiyalik Pave de Kurteyl, hindistonlik Mirzo Nasriddin Haydar Rizvi, turkiyalik R. R. Art va N. I. Bayur va bizning davrimizdagi fransiyalik olim Bakke Gromon, afgʻonistonlik olim Abulhay Habibiy, pokistonlik olimlar Rashid Axtar, Nadvi va Shoh Olam Mavliyot shular jumlasidandir. “Boburnoma”ni oʻrganish sohasida jahonning mashhur sharqshunoslari qatoridan yaponiyalik olimlar ham joy olmoqdalar. Maʼlumki, Boburning tarixiy, ilmiy va adabiy merosini oʻrganish va ommalashtirishda Oʻzbekiston, Tojikiston, Rusiya olimlarining faoliyatlari ham diqqatga sazovordir. XIX–XX asrlar davomida Georg Ker, N. Ilminskiy, O. Senkovskiy, M. Salye, Porso Shamsiyev, Sodiq Mirzayev, V. Zohidov, Ya. Gʻulomov, R. Nabiyev, S. Azimjonova, A. Kdyumov kabi olimlarning saʼy-harakatlari bilan “Boburnoma” bir necha bor rus va oʻzbek tillarida chop etiddi, ularga soʻzboshi yozildi va keng kitobxonlar ommasining maʼnaviy mulkiga aylantirildi, uning sheʼrlari ham bir necha bor nashr etildi. Bobur oʻzbek adabiyotida oʻzining nozik lirik asarlari bilan ham mashhurdir. Uning hayoti va adabiy faoliyati Movarounnahrda siyosiy hayot nihoyat murakkablashgan feodal guruhlarning boshboshdoqlik harakatlari avjiga chiqqan va Temuriylar davlatining inqirozi davom etayotgan bir davrga toʻgʻri kelgan edi. Bunday murakkabliklar inʼikosini “Boburnoma”da koʻrgan boʻlsak, ularning shoir ruhiyatida qanday aks etgani uning sheʼrlarida namoyon boʻladi. Movarounnahrni birlashtirishga urinishlari natija bermagach, Bobur ruhan qiynalgan, amaldorlarning xiyonatlari taʼsirida umidsizlikka tushgan kezlardagi kayfiyati sheʼrlarida aks etgan. Keyinchalik oʻz yurtini tark etib, Afgʻoniston va Hindistonga yuz tutganda Bobur sheʼriyatida Vatan tuygʻusi, Vatan sogʻinchi, unga qaytish umidi mavj ura boshladi.
Shu bilan birga Bobur lirikasida sheʼriyatning asosiy mazmuni boʻlgan insoniy fazilatlar, yor vasli, uning goʻzalligi, unga cheksiz muhabbat va hijron azobi, ayriligʻ alamlari va visol quvonchlari nihoyat goʻzal va mohirona ifoda etilgan. Xazon yaprogʻi yangligʻ gul yuzung hajrida sargʻardim, Koʻrub rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrai zardim.
Ayogʻingga tushub bargi xazondek muncha yolvordim.
Bobur oʻz lirik sheʼrlarida har doim odamlarni yaxshilikka, adolat, insonparvarlikka, yuksak insoniy tuygʻularni qadrlashga chaqirdi: Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur. Yaxshi kishi koʻrmagʻay yomonligʻ hargiz, Har kimki yamon boʻlsa, jazo topqusidur.
Bobur lirik sherʼlari va tarixiy “Boburnoma”sidan tashqari islom qonunshunosligi va boshqa sohalarda ham asarlar yaratgan. 1522 yilda oʻgʻli Humoyunga atab yozgan. “Mubayyin” nomli asarida oʻsha zamon soliq tizimini, soliq yigʻishning qonun-qoidalarini, shariat boʻyicha kimdan qancha soliq olinishi va boshqa masalalarni nazmda izohlab bergan. “Xatti Boburiy” deb atalgan risolasida arab alifbosini turkiy tillar, xususan oʻzbek tili nuqtai nazaridan birmuncha soddalashtirib berishga harakat qilgan. U, tajriba sifatida “Xatti Boburiy” alifbosida Kurʼoni Karimni koʻchirgan. Boburning aruz vazni va qofiya masalalariga bagʻishlangan. “Mufassal” nomli asari ham boʻlganligi maʼlum, biroq bu asar bizgacha yetib kelmagan. Bobur oʻzining maʼlum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir va ijgimoiy masalalar yechimiga oʻz hissasini qoʻshgan olim sifatida xalqimiz maʼnaviy madaniyati tarixida munosib oʻrin egallaydi. II. BOB. "XATTI BOBURIY" TUZILISHI VA TARKIBI 2.1. Bobur shaxsiyatining yorqin jihatlari Qadriyatlarimiz tarixida Zahiriddin Boburning murakkab shaxs sifatida tilga olinishiga ko’nikib qolganmiz. Har gal adib nomini jahonga mashhur etgan “Boburnoma” asarini, dilbar g’azallarini, mehr bilan tarjima qilgan Xoja Ahrori Valining “Volidiya” asarini o’qiganda shaxsiyatidagi zamondosh hukmdorlardan ustun jihatlarni ko’ramiz. Maqola, kitob va boshqa ilmiy izlanishlarimizda Bobur shaxsining buyukligiga oid fikrlarni bildirdik va bu qarashlarimizni to’ldirib borishga intildik. Ammo uning shaxsiyati naqadar murakkabligi, hali ayrim jihatlari xolisona aniqlanishi lozimligini ham sezamiz va bunga kirishishdan gohida andishaga boramiz. Bugun adibning tavalludi kuni munocabati bilan ayrim mulohazalarimizni bayon etishga jur’at qildik. Tarixshunoslar va adabiyot sohasi bilimdonlari o’rtacida Zahiriddin Boburning islom dinining ikki qanoti – sunniy va shia oqimlariga munosabati macalacida turlicha fikrlar borligi cir emac. Bobur umri davomida komil musulmon sifatida sunniylikning hanafiylik mazhabiga sodiq bo’lib keldi. Tarixdan ma’lumki, islom dini paydo bo’lishidan ko’p o’tmay ikki qanotga bo’lingan edi. Iclom dini g’animlari hatto hozirgi kungacha uning qudratini pasaytirish uchun bu ikki qanotni bir-biriga qarama-qarshi qo’yib, o’z rejalarini amalga oshirishga urinib keladi. Boburning bosh maqsadi bobosi Amir Temur saltanatini qayta tiklash va boshqarish ediki, bu yo’lda u barcha kasri nafsi, o’zga niyat, intilishlari bahridan o’tib, actoydil harakat qildi va muhim natijalarga erishdi ham. Eng yaqin qarindoshlarining fitnayu xiyonatlarini kechirdi, dushmanlari bilan sulh tuzishni ma’qul ko’rdi, suyukli egachisi Xonzodabegimni ashaddiy dushmani Shayboniyxon nikohiga kirishiga ham rozi bo’ldi, Hindiston sultoni Ibrohim Lo’diy jangda mahv etilgach, uning onasi Baydaga ko’p muruvvatlar ko’rcatib, saroyidan joy berdi. Shoh Bobur bu kabi tadbirlarini saltanat yaxlitligini asrashda muhim diplomatik yo’l, deb bildi. Shayboniyxonning shiddatli qarshiligini, kuchini o’zining harbiy imkoniyati bilan qiyoslab: “Bir men Kobulda qolib edim. Dushman bisyor qaviy, biz ko’p zaif, ne maslahat qilmoqqa ehtimol, ne muqovamat qilmoqqa majol. Muncha quvvat va qudrat. O’zumuzni bir yer fikrini qilg’uluqdur va bu miqdor furja va fursatta qaviy dushmandin yiroqroq ayrulg’uluqdur. YO Badaxshon jonibi, yo Hinduston sori jazm qilmoq kerak”, der ekan Bobur o’ta mushkul siyosiy ahvolda qolganini bildirgan. Boburning kindik qoni to’kilgan Movarounnahrga qaytish maqsadi uni umrining oxirigacha tark etgan emas. Chunonchi, “Boburnoma”da muallif yozadi: “Bizning ehtimomimiz ul sarilar bormoqqa behad va beg’oyattur. Hinduston ishlari ham bir nav’ somon topib keladur. Tengri taolodin umid andoqkim, bu oraning ishi Tengri taolo inoyati bila bot saranjom topqay. Bu ish zabtidin so’ng betavaqquf, Tengri yetkursa, mutavajjih bo’lg’umdur. Ul viloyatlarning latofatlarini kishi nechuk unutqay. Alalxusus mundoq toyib va torik bo’lg’onda qovun va uzumdek mashru’ hazni kishi ne tavr xotirdin chiqargay”. Ushbu satrlar Bobur Hindistonda muctahkam saltanat barpo etgan davrida yozilgan. Uning Vatan sog’inchini yoniq ifodalagan yuqoridagi iqtibocga e’tibor beraylik. Bobur uchun muqaddas maqsad bo’lgan ushbu fikrning ifodasida u uch marta Tangri – Ollohga murojaat etadi. Bu e’tirof Bobur nomiga, gohida bo’lsa-da malomat toshini otib, uning Hindistonda qurgan imoratlari, barpo etgan bog’-rog’lari, Movarounnahr sivilizatsiyasini yuksak davlatchilik siyosati bilan takomilga yetkazganiga qaramay, “nega Bobur bu bunyodkorlikni o’z yurti Movarounnahrda qilmadi”, degan acocciz da’volarga munocib javobdir. Boburning hind yerida amalga oshirgan bunyodkorligining jahondagi shon-shuhrati Movarounnahrda qurishi ehtimoli bo’lgan obidalar dovrug’idan balandroqdir. Bobur 1512 yili Samarqand shahriga kirib boradi va bobosi Amir Temur, otasi Umarshayx mirzo saltanat qilgan poytaxt taxtiga ma’lum muddat o’tirishga muvaffaq bo’ladi. Keyinroq u Buxoro xoni Ubaydulla bilan jangda shikast topadi. Bu mag’lubiyat Boburning asl maqsadi barbod bo’lishiga katta xavf tug’dirgan holat edi. Shu muddatda u Eron shohi Ismoil Safaviydan harbiy yordam so’raydi va bu yordami uchun u Samarqand masjidida xutbada Ismoil Safaviy nomi va shia mazhabini kiritib o’qishni taklif etadi. Sof sunniy tariqatiga mansub Samarqand aholisi Boburga ixlos bilan qaraca-da, uning bu harakatini ma’qullamaydi. U shaharni tark etishga majbur bo’ladi. Biroq, yuqorida keltirganimizdek, Bobur bir umr Movarounnahrga qaytishni orzu qiladi. Hayotida sodir bo’lgan bu noxush holatdan so’ng Bobur Ismoil Safaviy bilan munosabatini buzadi. Bunga Qarshida yuz bergan voqealar ham sabab bo’ladi. Boburning bu harakatini ayrim tarixchilar mazhabiy chalkashlikka kirganlikka yo’yishadi. Bizning nazarimizda, bu masalaga Boburning siyosiy qarashlari nuqtai nazari bilan yondashmoq lozim. Ma’lumki, sunniylar va shialarning qarama-qarshiliklari asrlar bo’yi davom etgan, tarixda ko’p qonli urushlar bo’lib o’tgan. Bobur eca azaldan mutaassib dindor sifatida faoliyat olib bormagan va islom dinining bu ikki qanotini birlikda ko’rish tarafdori edi. U shia tarafdorlarining harakatlarini islom diniga o’ta xavf soluvchi mazhab deb hisoblamagan va shuning uchun ham Ismoil Safaviyning taklifini qabul qilgan, bu qarorini sunniy mazhabiga zid, deb bilmagan. Ikkinchidan, Bobur Icmoil Cafaviyning shartiga faqat bir maqsad – Amir Temur saltanatini qayta tiklash maqsadini amalga oshirish uchun rozi bo’lgan. Keyinroq, Boburning o’g’li Humoyun ham Hindistonda bu yurt sultoni Shershohga qarshi kurashida Eron shohlari bilan muzokaralarga kirishgan, ularning ko’magini qaytarmagan va shu yo’l bilan boburiylar saltanatini asrab qolgan. Bunday siyosat yurgizish, sunniy va shialar ishlariga aralashmaslik, ularning nizolarini davlat miqyosga ko’tarmaslik Humoyunga ota meros bo’lgan va bu siyosat o’zini oqlagan. Zahiriddin Bobur o’zining davlatchilik boshqaruvida millat, qavm va qabilalar, Hindistonda esa turli-tuman kastalar orasidagi mazhabiy va diniy nizolarni imkon qadar ahillik, o’zaro tushunish va ayrim jihatlarga qicman yon berish orqali, bugungi til bilan aytganda, tolerantlik siyosatini yurgizgan. U Afg’onistonda hukmronligi davrida afg’on qizi Dildora og’achaga uylanadi, ikki farzandiga hindistonlik qizlardan kelin qiladi. Farzandi Humoyunga yozgan “Vasiyatnoma”sida: “Ey farzand! Hinduston mamlakati turli mazhablardan iborat. Subhonollo taolo haqqi, senga buyurildiki, har bir mazhabga pok qalb bilan qaragin, har bir mazhab va tariqatga adolatli bo’lgin. Xususan, sigirni qurbon qilishdan saqlanginki, bu Hinduston xalqining qalb ardog’i va bu viloyat ahli podshohga yaxshi nazar bilan bog’lanadi. Podshoh farmoniga bo’ysungan xalqni xarob qilmagin. Adolatni ixtiyor qilgin. Shunda shoh raiyatdan, raiyat shohdan xotirjam bo’ladi. Islomning taraqqiyoti ehson tig’i bilan yaxshiroqdir. Zulm tig’i bilan emas”, deb ta’kidlaydi. “Vasiyatnoma”ning davomida Bobur sunniy va shia mazhablarining o’zaro ixtiloflari e’tiborga molik emasligi, bu ikki qanot ziddiyatlari faqat islom dini kuchini yo’qotishga olib kelishini alohida ta’kidlagani muhim. Bunda Boburning har ikkala qanotdan ayb qidirmagani, ularning bir aqida – muqaddas islom dini atrofida birlashishini istaganini ko’ramizki, bu dalil uni shia tarafdorlariga bo’lgan munosabatini aniq ko’rcatib beradi: “Ahli sunnat va shialarning ikir-chikirlaridan ko’zingni yum. Chunki islomga qarshilar bor. Turli e’tiqoddagi xalqlarni teng tutginki, shunda saltanat turli tashvishlardan xoli bo’ladi”. Nazarimizda, Boburning Samarqandda shia mazhabiga bildirgan muvaqqat qarashlarini uning mustahkam saltanat yo’lidagi intilishlari asosidan qidirish kerak. Yuqoridagi matn buning yorqin dalilidir. Keyinroq, Hindistonda boburiylar saltanatini yuksak cho’qqiga ko’targan Boburning nabirasi Akbarshoh bobosining bu vasiyatini imkon qadar amalga oshirib, turli diniy mazhablarni birlashtirishga, ularning bir maqsad sari intilishlariga bosh bo’ldi. Bobur hayoti bilan bog’liq yana bir muhim jihat bu uning Hindistonda olib borgan urushlari va yakuniy g’alabaga erishgani munosabati bilan unga berilgan “g’oziy” unvoni masalasidir. Sharq xalqlari tarixiga oid manbalardan ko’pgina g’oziy sulton, shoh va sarkardalarni bilamiz. Ularning akcariyati olib borgan urushlarida ma’lum diniy e’tiqodlarini asos deb bilib, o’zlari ko’z tikkan g’ayridinlarga mansub mamlakat, muayyan hudud aholici yoki mazhablarni qatli om qilib, o’z dinlariga kiritishni, qilich zarbi bilan bu niyatlarini amalga oshirishni maqsad etganlar. Ushbu niyatlari amalga oshgandan so’ng, ularga din peshvolari tomonidan “g’ozi” – g’azavot orqali zafarga erishgan shaxs unvoni berilgan. Tarixda Sulton Mahmud, Sulton Muhammad G’oziy va boshqalar shu xizmatlari bois “g’oziy” atalishgan. Zahiriddin Bobur ham Hindistonda Ibrohim Lo’diy va boshqa hind sultonlari ustidan erishgan g’alabasi bois bu unvonga loyiq, deb bilingan. Xo’sh, ularning orasidagi farq nimada? Eng avvalo, ta’kidlaganimizdek, yuqorida nomi zikr etilgan sultonlar diniy nuqtai nazarni ko’zlab, islom diniga qarshi bo’lgan boshqa dinga mansub kishilarni islom bayrog’i octida birlashtirish uchun kurash olib borib, ko’p sonli qurbonliklarni amalga oshirib, g’oziy bo’lishgan. Biz yuqorida Boburning islom dini, uning sunniy va shia qanotlariga oid qarashlarining, Hindistondagi dinlar va mazhablarga bo’lgan munosabatining naqadar odilona ekanligiga oid dalillar orqali bu masalaga qicman oydinlik kiritgandek bo’ldik. Shunday qarashga ega bo’lgan shoh hech vaqt o’zining kurashlari maqsadini islom dinidan tashqaridagi ommaga nisbatan qaratishi mumkin emas. Boburning Hindistonga yurishi va bu janglarda minglab
Bu borada e’lon qilingan “Fath” farmonidagi bir matn fikrimizni quvvatlaydi. Bunda “kofir” atamasi islom diniga mansub bo’lmaganlarni anglatca-da, aslida, bu so’z zamirida hind askarlari, Boburning harbiy raqiblari haqida so’z boradi. Farmon matnida “islom diniga qarshi chiqqanlar”, “islomiy ibodatlarni amalga oshirmaganlar”, “islom diniga bo’ysinmaganlar” mazmunidagi co’z, iboralar yo’q, gap dushmanning lashkarlari va uning kuchi haqida ketmoqda. “Mashhur kofirlar” iborasi zamirida Hindiston dini hisoblangan buddizm tarafdorlari emas, hindlarning Bobur lashkarlariga qarshi kurashish uchun birlashgan Salohiddin, Raval Uday Sing Bagariy, Mediniy Ray, Barmal Idriy kabi lashkarboshilari nazarda tutilgan. Shu bois Bobur bu urushda diniy g’azovot qilmasdan, harbiy janglarga kirgan va g’alaba qozongan. Farmonning ushbu matniga e’tibor beraylik: “Bu kunlarda mashhur kofirlarning ko’pginasi hech qachon hech bir ma’rakada unga (ya’ni hind sarlashkari Raana Sangaaga — H.Q.) islom askarlariga dushmanliklari jihatidan uning buzuq tabiat lashkarlari safini orttirdilar”. Farmonning boshqa bir joyida hindistonlik sulton va rojalarning Amir Temur vassali bo’lgan “kofirlar tug’ini islom mamlakatlarining ikki yuzga yaqin shahrida tikkan edi. Masjid va ibodatxonalarni xarob qilib, u joylardagi mo’minlarning xotin, bola-chaqalaridan asir qildi”, deyilgan. Ko’rinib turibdiki, Boburning “g’azovot”i diniy harakat bo’lmasdan, temuriylarga mansub yerlarni qaytarib olish, ularning sha’nini himoya qilishga qaratilgan. Shuning uchun Zahiriddin Boburga berilgan “g’oziy” podshoh darajasi nisbiy bo’lib, u boshqa g’oziy sultonlardan tubdan farqlanadi. Tarixchi, boburshunos G’.Sotimovning quyidagi fikri bu masalaga yanada oydinlik kiritadi: “Albatta, Hindistonda bo’lganida u mahalliy hindlar diniga nisbatan murosasizlik qilgan hollar ham ko’zga tashlanadi, lekin bu hol faqat jang paytlarida, g’oliblik ishtiyoqi yongan onlardagina seziladi… ularni g’ayridin bo’lgani uchun emas, balki o’z saltanatini kengaytirish yo’liga g’ov bo’lgan raqib sifatida yo’lidan olib tashladi. Bu maqsad yo’lida u faqat g’ayridin rajputlarnigina emas, balki musulmon afg’onlarning ham ko’pini o’rtadan ko’tarib tashlaganligini unutmaslik kerak” (G’.Sotimov, “Markaziy Osiyo va Hindiston tarixida boburiylar davri”, Toshkent, 2009, 64-bet). Boburning o’tgan boshqa sharqlik podshohlardan farqli va bizni hayratga soladigan xislatlari ko’pki, bir maqola doirasida ular haqida batafcil fikr bildirish mushkul. Mulohazalarimizni hind tarixchisi Shri Ram Sharmaning bu borada xolisona bayon etgan ushbu fikri bilan yakunlaymiz: “Boburiylar Hindistonga fotih sifatida kelgan bo’lsalar ham, ular qo’l ostidagi mahalliy hindlarning hurmatini qozonganlar va ularga ma’qul bo’lgan an’ana va udumlarni yo’lga qo’ya oldilar. Har kuni ertalab podshohning “Jarohai darshon” marosimida fuqaro oldida ko’rinish berishi (salomga chiqishi), arzdorlarning podshoh qabuliga shikoyat bilan kira olish imkoniyatiga ega bo’lishi, ma’muriy idoralar rahbarlari bajarishi lozim bo’lgan vazifalarni aniq va ravshan belgilab berilishi… mamlakatni boshqarishdagi adolatli ishlari deb qarash kerak”. Bu guvohliklar yana bir bor Boburning shaxsiyatiga oid ayrim qarashlarni to’g’ri tushunishga yordam beradi, degan umiddamiz. 2.2."Xatti boburiy"ning harflar tuzulmasi "XATTI BOBURIY" ("Bobur xati") — Zahiriddin Muhammad Bobur risolasi va shu risolada ilgari surilgan xat turi. "X.B." arab alifbosi asosida tuzilgan boʻlsa-da, bu alifbodan baʼzi jihatlari bilan ajralib turadi. Ammo bu ham arab alifbosi singari 29 harfdan iborat. Risolada Bobur arab alifbosini tahrir qilib, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish yoʻlidan boradi va shu maqsadda uni turkiy tilning talaffuz meʼyorlariga moslashtirishga harakat qiladi. U Hindistonda ekanligida bu xat bilan kitobat qilingan oʻzining bir qancha sheʼrlarini Movarounnaxr va Afgʻonistonga Humoyun Mirzo, Xoja Kalon va Hindol Mirzoga joʻnatgan edi. X.B. bilan muqaddas Qurʼoni karim ham koʻchirilgan va u "Mushafi Boburiy" deb atalgan. Bu noyob qoʻlyozma Mashhad sh. (Eron)dagi Imom Rizo yodgorlik majmuasi kutubxonasida, kseronusxasi Andijon shahridagi "Bobur va jahon madaniyati" kitob muzeyida saqlanadi. Yangi alifbo-"Xatti Boburiy”ni (1504) kashf qildi. Unda she’rlar yozdi va Qur’on ko’chirtirdi. Zahiriddin Muhammad Boburning o‘zbek adabiyoti oldidagi xizmatlari hammaga ma’lum. “Bobur davlat arbobi, sarkarda, tarixchi, olim, tarjimon, shoir bo‘lish bilan birga, ibn Muqla’ kabi buyuk xat ixtirochisi sifatida SHarqqa tanilgan. Hindistonni boshqarib turgan vaqtida Bobur arab xatining turli shakllarida yoziladigan alohida bir xat ixtiro qilgan. Bu yangi xat “Xatti Boburiy” deb atalgan va shu nom bilan shuhrat topgan”18. Bobur va uning avlodlari Humoyun, Akbar va boshqalar turli fanlar qatorida adabiyot va san’atning rivojiga, xususan, qo‘lyozma manbalarni ko‘chirish va saqlash ishlariga juda katta ahamiyat qaratganlar. Boburning xatga, xususan, matnga munosabati “Boburnoma”dagi bir maktub borasidagi so‘zlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bobur o‘g‘li Humoyunga davlat ishlarini yuritishda maslahat berarkan, o‘g‘lining unga yozgan xatidagi ba’zi o‘rinlarga e’tiroz bildiradi. Jumladan, Bobur xatda Humoyunning o‘ziga nisbatan aytilgan “yolg‘uzluq, yolg‘uzluqkim” so‘zlarini “podshohlikda aybdur”, chunki “podshohlik bila yolg‘uzlik rost kelmas” deb noo‘rin qo‘llangan so‘z ekanini ko‘rsatadi. YAna shoir Humoyunning xati va imlosini shunday chiroyli kuzatadiki, bunda Bobur ilmiy salohiyati bilan birga, o‘ta diqqat bilan matnni tahlil etgani ko‘rinadi. Xatda shunday yoziladi: “YAna, men degandek, bu xatlaringni bitibsen va o‘qumaysen, ne uchunkim, agar o‘qur xayol qilsang edi, o‘quyolmas eding. O‘quyolmagandin so‘ng albatta tag‘yir berur eding. Xatingni xud tashvish bila o‘qisa bo‘ladur, vale asru mug‘laqtur. Nasri muammo hech kishi ko‘rgan emas. Imloing yomon emas. Agarchi xeyli rost emas, iltifotni “to” (طا ) bila bitibsen. Qulunjni “yo” (یا ) bila bitebsen. Xatingni xud har tavr qilib o‘qisa bo‘ladur, vale bu mug‘laq alfozingdin maqsud tamom mafhum bo‘lmaydur. G‘olibo xat bitirda kohillig‘ing ham ushbu jihattindur. Takalluf qilay deysan, ul jihattin mug‘laq bo‘ladur. Bundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti: ham sanga tashvish ozroq bo‘lur va ham o‘qig‘uchig‘a”19. Bundan ko‘rinadiki, Bobur Humoyunga tanbeh berishda ko‘p jihatlarga e’tibor qaratayapti. U o‘zing xatingni o‘qiy olmaysan, buni esa o‘zing payqamaysan, agar bilganingda o‘zgartirarding, xatingni juda qiyinchilik bilan o‘qisa bo‘ladi, deydi. Bobur Humoyun imlosini emas, balki o‘g‘lining matnga e’tiborsizligini tanqid ostiga olgan. Haqiqatan, iltifot “الطفات ” emas, “التفات ” shaklida, “to” emas, “te” bilan yoziladi. Boburning bu yozganlaridan uning xat va matnga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lgani ravshan ko‘rinadi. Xatt-i boburiy Manbalarda bu yozuv baburi xat’i yoki xatt-i baburi deya atalgan. Jumladan, Zadiriddin Mudammad Bobur uz gazallaridan birida uni baburi xay deydi (sarang: DDT.278). Ushbu yozuv Boburning tilshunoe sifatidagi ulug kashfiyotidir. Bu xatning muayyan doirada amal kilganligi tugrisida ma’lumotlar bor. Lekin bu yozuv da bitilgan matnlardan bizgacha etib kelmagan yoki, bor bulsa xdm, fanga ma’lum emas. Mudammad Tohir ibn Qosimning 1645 yili Balxda Said Nodir Muxdmmadxon topshirigi bilan yozilgan “Ajoib at-tabakot” asarida xatt-i boburiy bilan boglik muxim bir fakt bor (Azimdjanova 1963). UzR FA SHarkshunoslik instituta fondida 409- xdmda 411- kursatkichlari ostida asarning kulyozmalari sakdanmokda. Kitob etti bulimdan iborat. Ularda olamning yaratilishi, paygambarlar, er va koinotning xolati, ba’zi ajoyib ishlar, garoyib ilmlar dak,ida suz boradi. 409- kursatkichli kulyozmaning 241a-242- sadi fal arida “Dar ta’ayyimi xutut az anvai o” (“Xatlar va uning turlarini bilish haqida”) sarlavdasi ostida muayyan tartibda un turtta alifbo keltirilgan. Alifbolarning boshida ularning oti dam yozib kuyilgan. SHulardan uninchi alifbo xatt-i boburiydir. Uning boshlanishiga Xatt-i baburi inast deb yozilgan. SHundan sung xatt-i boburiyning 28 harfi keltirilib, dar biri arabcha harflar bilan izodlab chikilgan. Alifbodagi xdrflar sirasi kuyidagicha (ungdan chapga - fakat arabcha harflarni keltiramiz):
Ba’zi olimlar Bobur uz yozuvini uygur xati negizida tuzgan, deb karamokdalar. Lekin, yuk;orida keltirilgan alifbolar bu fikrni tasdiklamaydi. Bizningcha, muallif xatt-i boburiyni boshka biror alifbo asosida tuzgan buluvi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Asosiy adabiyotlar: T.Zufarov. Xat ta’limi.Toshkent.2010.275 b. Ma’sudali Hakimjon. Xatti muallimiy. Toshkent.1991.63 b. Murodov A. O‘rta Osiyo xattotlik maktablari tarixidan. Toshkent.1971.108 b. Navoiy dastxati. So‘z boshi muallifi S.G‘anieva. Toshkent.1991.300 b. Pravila podgotovki k izdaniyu pamyatnikov literaturq Vostoka. Moskva. 1959g. 28s. QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR CHoriev Z., SHaydullaev SH., Annaev.T. O‘zbekiston hududida yozuvning payd bo‘lishi va taraqqiyoti. Toshkent.2007..72 b. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Toshkent.1976. O‘qish kitobi (Eski o‘zbek yozuvi namunalari). L.Xalilov tahriri ostida. Toshkent.1994.263 b. Hakimov M. Alisher Navoiy asarlarini ko‘chirgan xattotlar. Toshkent.1991.52 b. Mahmudova R. O‘zbekistondagi toshbosma matbaalarda Navoiy asarlarining nashr etilishi tarixidan. Adabiy meros. 1968 ytl. №1. B.98. 103. 1Karimov I.A.”Inson baxt uchun tug`iladi”-T.:Sharq,2001,55-b. Download 47.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling