Karl Yaspersning tarix falsafasi
Download 6 Kb.
|
Karl Yaspersning tarix falsafasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaspersning asosiy asarlari
- Tarixiy tadqiqotlar metodlarining to’rtta darajasi va yondashuvlari mavjud
Karl Yaspersning tarix falsafasiXX asr g’arb falsafasining asosiy xususiyatlarini ko’rib chiqib, uning eng ta’sirli yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish kerak. Bular quyidagilar:
Ekzistensizlizm ( lot. Ekzistentiya- mavjudlik), yoki borliq falsafasi yo’nalishiga qaratilgan insonning individual hayotiy savollari ( aybdorlik va mas’uliyat, qarorlar va tanlovlar, odamning o`z kasbiga munosabati, erkinligi, o`limi) va fan, axloq, din, tarix falsafasi, san’at muammolariga qiziqish ko`rsatish. Ekzistensializmning asosiy vakillari: Bu faylasuflarni chuqur qo’zg’olonlarni boshidan kechirgan zamonaviy davr odamining harakatchan mentaliteti va vaziyat- tarixiy tajribalarini tinglash istagi birlashtiradi. Bu falsafa tanqidiy, inqirozli vaziyatlar muammosi shafqatsiz sinovlarda, chegaradagi vaziyatlarda odamni ko`rib chiqishga aylandi. Asosiy etibor odamning ma’naviy faolligiga, insonning ruhiy chidamligiga, hodisalarning irratsional oqimiga yuboriladi va tarixdan tubdan voz kichadi.
Karl Yaspers 1883- yilda Oldenburg shahrida tug’ildi. Dastlab u huquqiy bilim oladi, tibbiyot sohasi bilan shug’ullanadi. Huquqiy sohani “mavhum” deb hisoblaydi. Yaspers Berlin, Gettingen, Geydelberg shaharlari universitetlarida tibbiyot bo’yicha tadqiqotlarini olib borib, tibbiyot va psixiatriyadan doktorlik unvoniga sazovor bo`ladi. Vindelband rahbarligida psixiatriya klinikasida vrach bo’lib ishlaydi. 1916 yilda ruhiyatsohasida eksordinar dotsent lavozimida ishlaydi. Germaniyada fashistlar hokimiyatga kelgandan so’ng uning professorlik faoliyati tugallandi. 1933 yildan so’ng barcha ma’muriy lavozimlarda ishlashdan mavhum etildi. Buning asosiy sabablaridan biri uning 1910- yilda turmush qurgan, yahudiy millatiga mansub bo’lgan rafiqasi Getruda Mayerdan voz kechishdan bosh tortganligidir. 1937- yilda professorlik unvonidan ham mahrum qilindi. 1938 yilda uning asarlari ham norasmiy man etildi. 1943 yilda bu man etish rasmiy tus oldi. 1948 yilda u Shveysariyaning Bazel shahriga ko’chib o’tadi. Bu yerda u 1961 yildan mahalliy universitet falsafa kafedrasida professor lavozimida ishlaydi. 1969 yilda shu yerda vafot etadi.Yaspersning asosiy asarlari:“ Umumiy psixopatologiya”, “ Psixopotologiya bo’yicha maqolalar to’plami”, 3 jildli “ Falsafa”, “ Kant”, “Nitsshe”, “Avgustin”, “Mashhur insonlar ( Suqrot, Budda, Konfusiy) , “ Martin Xaydeggerga taalluqli lavhalar”, “Falsafa e`tiqodi”, “ Falsafiy tarjimai hol”, “Ilohiy voqeaga falsafiy e’tiqod munosabati”, “Aflotun”, “Spinoza”, “Stringberg va Van Gog”, “ Haqiqat tog`risida”, “Falsafa nima?”, “ Universitet g`oyasi”, “ilohiyotning mavhum belgilari”, “Buyuk faylasuflar anaksimandr, Geraklit, Parmenid, Platon, Avliyo Anselm, Spinoza”, “Qadimgi davrlardan xrestomatik metafizikasigacha”, “ Ayb masalasi- irqiy qirg’in kechirilmaydi”.Tarixiy tadqiqotlar metodlarining to’rtta darajasi va yondashuvlari mavjud:
Nemis faylasufi K. Yaspers esa tarixni bir davrdan ikkinchi davrga o’tish deb ko’rsatadi. K. Yaspersning fikricha , tarix fanining eng muhim savollaridan biri bu- “aslida bu qanday sodir bo’lgan edi?” tarzida emas, balki, “ biz aslida qanday holatdamiz ( yoki qayerdamiz)?” tarzida , ya’ni, boshqacha so’zlar bilan aytganda, tarix bilimlarining maqsadi- bizning bugunimizni ( aslimizni) aniqlashdir. Shundan kelib chiqqanda tarix- bu zamonaviy muammolarni hal etishga va anglashga yo’naltirilgan qator hodisalar va jarayonlardir.Karl Yaspers tarixning mazmuni muammosini bosh muammo deb hisoblagan. Karl yaspers – “ Men ilmiy bilimga faqat metodni anglaganimdagina ega bo’laman, uning vositasida men bu bilimni egallayman. Ilmiy bilimlarga faqat bilimning asoslanganligiga ishonch hosil qilganimdagina ega bo’lishim mumkin” deb yozadi.Download 6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling