Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»


I BOB. KORPORATIV BOSHQARUV VA MOLIYAVIY BOZORLAR


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/61
Sana16.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1273228
TuriУчебное пособие
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI

I BOB. KORPORATIV BOSHQARUV VA MOLIYAVIY BOZORLAR 
 
1.1. Korporastiyalar moliyasining mazmuni, maqsadi va vazifalari 
Xususiylashtirish jarayonining taraqqiyoti va iqtisodiyotning nodavlat 
sektorlarida tadbirkorlik faoliyatini jadallashtirishning hozirgi sharoitida 
mulkchilikning 
hissadorlik 
shakli 
rivojlanib 
bormoqda. 
Iqtisodiyotni 
hissadorlashtirish 
va 
ikkilamchi 
bozorlarning 
rivojlanishi 
hissadorlik 
jamiyatlarining kapitallar strukturasi va aktivlarni boshqarishni yangi noan’anaviy 
usullarini paydo bo’lishiga olib keldi.
Korporastiyalar moliyasi hissadorlik jamiyatlari moliyaviy munosabatlarini 
tashkil qilish, kapitallar strukturasini shakllantirish, aktivlar qo’yilmalari, ularning 
samaradorligi, hissadorlik mulkchiligini optimal taqsimlash modellari kabi qator 
masalalarni qamrab oladi. 
Korporastiyalar moliyasining bosh maqsadi - joriy va istiqboldagi davrlar 
mobaynida mulkdorlarni kompaniyaga qo’yilma qilgan moddiy va moliyaviy, 
intelektual boyliklarni qiymatini maksimallashtirish hisoblanadi.
Mulkchilikning 
noan’anaviy 
shakllariga 
asoslangan 
zamonaviy 
kompaniyalarni amal qilishi uchun odatdagidek ko’plab moddiy va nomoddiy 
aktivlar zarur bo’ladi. Bunday aktivlar zaruriy moliyaviy resurslar hisobiga 
shakllantirilib, kompaniya menejerlarining asosiy vazifalaridan biri ishlab 
chiqarishga avanslangan asosiy va aylanma aktivlar uchun zaruriy moliyaviy 
resurslarni shakllantirish hisoblanadi. Moliyaviy resurslarni jalb qilishning hozirgi 
sharoitida turli tuman usullari va shakllari mavjud bo’lib, ularning orasida 
qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy aktivlarni emissiya qilish vositasida qarz 
va jalb qilingan moliyaviy resurslarni shakllantirish kompaniyalarning kapitallar 
strukturasini shakllantirish siyosatini bosh strategiyasi hisoblanmoqda. 
Mazkur qimmatbaho qog’ozlar o’zining qiymatiga ega bo’lib, ularning 
ayrimlari sotib olgan investor uchun kompaniya mulkining bir qismiga egalik 
huquqini ham berish imkoniyatiga egadir. 
O’tgan asrimizning 50 yillaridan so’ng dunyo mamlakatlaridagi ilmiy 
texnik, iqtisodiy sohadagi taraqqiyot, insoniyat oldidagi global muammolar (asosan 
resurslar tanqisligi) rivojlanishning intensiv usulini jadallashtirishga majbur qildi. 
Natijada, boshqa sohalarda bo’lgani kabi, iqtisodiyotda, xususan moliya sohasida 
ham innovastilarni o’zlashtirish keskin avj oldi. Bunga birgina misol sifatida 
ma’lum bir biznes turi bo’yicha milliy kompaniyalarning baynalminallashuv 
jarayonini avj olishi, moliyaviy va boshqa bozorlarni globallashuvi, jahon 
xo’jaligini integrastiyalashuv jarayonining avj olishi va boshqalarni hisoblashimiz 


11 
mumkin. Mulkchilikning hissadorlik shaklini rivojlanishiga zarurat shundan iborat 
bo’ldiki, iqtisodiyotda yirik investitsiya resurslarini talab qiladigan loyihalar 
mavjud bo’lib, bunday loyihalarni yakka investorlar tomonidan moliyalashtirish 
uchun etarli moliyaviy resurslar mavjud bo’lmadi yoki yakka investorlar mazkur 
loyihalarni moliyalashtirish bilan yuqori darajadagi risk qilishga ishtiyoqlari 
bo’lmadi. Bunday sharoitda yagona maqsad doirasida birlashuv jarayoni uchun 
hissadorlik kapitali qulay hisoblanar edi. Mashhur iqtisodchilardan biri G.Ford 
ta’biri bilan aytganda, «Agar hissadorlashtirish yo’li bilan tashkil qilinmaganda 
butun Evropani qamrab oluvchi temir yo’l tizimi bo’yicha qurilishni tashkil 
qilishning imkoniyati bo’lmagan bo’lar edi».
Moliyaviy bozorlarning keskin avj olishi mulkchilikning hissadorlik shakli 
rivojlanish bilan ham bevosita bog’liqdir. Mulkchilikning hissadorlik shakli 
ma’lum yirik yoki o’rta biznesda kichik investorlardan tortib to katta 
investorlargacha 
ularning 
kapitallarini 
konstentrastiyalashuv 
jarayonini 
ta’minlaydi. Natijada, ma’lum darajada katta, kichik hajmdagi moliyaviy 
resurslarga ega bo’lgan investorlarning pul mablag’lari yagona biznes doirasida 
korporastiyalar shaklida birlashadi, ular bevosita yagona maqsad doirasida faoliyat 
yuritadi. 
Korporastiyalar - mulkchilikning hissadorlik shaklining zamonaviy 
ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. Unda bir necha mulkdorlar manfaatlari 
birlashadi, yagona maqsad doirasida investorlar kapitallari birlashtiriladi. 
Korporastiyalar moliyasi 3 asosiy vazifalarni hal qiladi: 
Korporastiya qanday investitsiyalarni amalga oshirishi kerak? 
Bu savol korporastiyalar aktivlarni joylashtirish siyosatini o’ziga qamrab 
oladi. Odatda har qanday xo’jalik sub’ektlari ma’lum biznes turlari bo’yicha 
mablag’larini asosiy va aylanma aktivlarga investitsiya qiladi.
Investitsiyalash tamoyillari asosida kompaniya shunday aktivlarga qo’yilma 
qilishi kerakki, bu investitsiyalar kompaniya uchun etarli daromadni ta’minlashi 
kerak. 
- Investitsiyalar uchun talab qilinadigan moliyaviy resurslarni qanday 
shakllantirish mumkin? 
Kompaniya investitsiyalar uchun zaruriy moliyaviy resurslarni hissadorlik 
kapitalini shakllantirish yoki obligastiya, kredit kabi qarz instrumentlari 
vositasidan foydalangan holda qarz kapitallarini shakllantirish kabi alternativ 
qarorlar asosida kapitallar strukturasi siyosatini olib borishi lozim.
Moliyalashtirish 
tamoyili: 
investitsiyalarni 
moliyalashtirish 
uchun 
kapitallarning optimal strukturasi investitsiyalar qiymatini maksimallashtirishi 
lozim. 
 Kompaniya joriy investitsiyalarning qanday miqdori akstionerlarga 
qaytarilishi lozim? - degan savolga javob berishi lozim.
Dividend tamoyili: Agar investitsiyalarning foydaliligi minimal talab 
qilinadigan moliyaviy qaytim uchun etarli bo’lmasa, kompaniya har qanday 
jamlangan pul mablag’larini egalariga qaytarishi kerak.
Korporastiya nima?
Korporastiyalar 3 asosiy farqli jihatlarga ega: 


12 
1. Korporastiyalar o’zlarining egalaridan yuridik jihatidan mustaqildir va 
soliqlarni to’laydi.
2. Korporastiyalar mas’uliyati cheklangan, qaysiki, akstionerlar kompaniya 
qarzlari uchun javobgar bo’la olmaydi. 
3. Har doim ham korporastiya egalari menejer bo’la olmaydi, bu egalik 
qilishning boshqarish bilan cheklanishiga olib keladi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling