Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/61
Sana16.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1273228
TuriУчебное пособие
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI

Tayanch iboralar: korporastiya, moliyaviy resurs, pul fondlari, aktsiya, 
investitsiya, kapital, qimmatli qog’ozlar bozori, akstionerlik jamiyat, biznes. 
 
Nazorat savollari 
1.Korporastiya deganimiz nima? 
2.Korporastiyalarning shakllanishi qanday amalga oshiriladi? 
3.Korporastiyalar moliyasiga ta’rif bering? 
4. Korporastiyalarga xos xususiyatlar nimalardan iborat? 
5. Investitsiya nima? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


14 
 
 
 
 
 
 
II BOB. MOLIYAVIY BOZORLARDAN JALB QILINGAN 
MOLIYAVIY AKTIVLAR BO’YICHA BAHOLARNI SHAKLLANTIRISH 
2.1. Qimmatli qog’ozlar portfellari turlari va investitsion strategiya 
Yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy qo’yilmalari samarali 
boshqarish tizimini shakllantirishni talab kiladi. Shu bilan bog’liq ravishda 
qimmatli qog’ozlar portfellarini boshqarish tushunchasi amal qiladi.
Korxonalarning portfel strategiyasi turli emitentlarning katta mikdordagi 
qimmatli qog’ozlariga qo’yilmalar qilish orqali shakllantiriladi. 
Fond portfellari deyilganda investorga tegishli bo’lgan turli muddatlarda 
qaytarilishi, har xil likvidlilik va moliyaviy risk darajalarida, turli xil daromad 
darajalaridagi moliyaviy instrumentlardan tashkil topgan portfellar tushuniladi. 
Portfellar shakllantirilish maksadlari bo’yicha: 
- bir tomonlama maqsadga qaratilgan portfellar bo’lishi mumkin; 
- balanslashtirilgan harakterda bo’lishi mumkin.
Agar portfelda turli xil vazifalarni bajarish uchun har xil sifatdagi qimmatli 
qog’ozlar mavjud bo’lsa, bunday portfellar balanslashtirilgan portfellar bo’ladi. 
-tizimli harakterga ega bo’lmagan portfellar. Bunday portfellar aniq 
investitstion strategiyani ko’zda tutmaydi. Mazkur portfellar egalarining risklari 
yuqori darajada bo’ladi. 
Portfellar bir turdagi moliyaviy instrumentlardan tashkil topgan bo’lishi 
mumkin. Shuningdek, portfellar bilan bog’liq daromadlar va risk darajasi 
nisbatlarini hisobga olgan holda ular instrumentlari (obligastiya, aktsiyalar va 
boshqa qimmatli qog’ozlar) nuqtai nazaridan o’zgartirilishi mumkin. 
Portfellar turlari - bu portfellarni ularning tarkibidagi qimmatli qog’ozlar 
turlari yoki ular oldidagi vazifalar nuqtai nazardan umumlashtirilgan tavsiflaridir.
O’suvchi portfellar - kurs qiymati bo’yicha tez o’suvchi aktsiyalardan tashkil 
topgan portfellardir. Bunday portfellarning maqsadi - investor kapitalini 
ko’paytirish hisoblanadi.
Daromad portfeli - yuqori darajadagi joriy daromadni olishga mo’ljallanadi.
Riskli kapitallar portfeli - agressiv turdagi yosh kompaniyalar qimmatli 
qog’ozlaridan tashkil topadi(venchur kapitali yoki innovativ xarakterdagi 
investitsiyalar bunga xosdir). 
Balanslashtirilgan portfellar - turli muddatlardagi va turli risk hamda 
daromad darajalaridagi portfellar. Bunday portfellarning maqsadi - turli qimmatli 
qog’ozlardan pul tushumlarini ta’minlash hisoblanadi. 
Ixtisoslashtirilgan portfellar - maxsus moliyaviy instrumentlarni sotib olish 
hisobiga shakllantirilgan portfellardir(opstionlar, fyucherslar). 


15 
Qisqa muddatli qimmatli qog’ozlardan tashkil topgan portfellar - nisbatan 
yuqori likvidli fond instrumentlardan tashkil topgan portfellardir. 
Uzoq muddatli qimmatli qog’ozlardan tashkil topgan portfellar- fiksirlangan 
daromadga 
mo’lljallangan 
qimmatli 
qog’ozlardan 
tashkil 
topgan 
portfellar(Korporastiyalar obligastiyalari). 
Hududiy va tarmoq portfellari - ma’lum hududlar yoki tarmoqlarning 
qimmatli qog’ozlari hisobiga shakllantirilgan portfellardir. 
Daromad va risklar nisbatlari bo’yicha portfellar quyidagi turlarga bo’linadi: 
1) Agressiv investorlar portfellari. Uning maqsadi - yuqori darajadagi risk 
sharoitida yuqori darajada daromad olish hisoblanadi. 
2) O’rtacha darajadagi riskka moyil bo’lgan investorlar portfeli. Belgilangan 
risk darajasida olinadigan daromadlar qoniqtiradigan qimmatli qog’ozlar bo’yicha 
qo’yilmalardan tashkil topgan portfellar. 
3) Konservativ investorlar portfellari. Minimal risk va ishonchli ammo sekin 
o’suvchi kurs qiymatidagi qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalar bilan bog’liq 
portfellardir. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling