Reja: 1 Qimmatli qog’ozlar bozorining nazariy asoslari
Download 16.7 Kb.
|
qimmatli qogozlar bozori
Mavzu; Qimmatli qog’ozlar bozori Reja:
2)Qimmatli Qogozlar bozorining huquqiy asoslari 3)O’zbekistonda qimmatli qogozlar bozorining hozirgi holati tahlili Qimmatli qog'oz-o'zi bilan bog'liq mulkiy huquqlarni aks ettiradigan hujjatdir, u daromad manbayi bo'lib xizmat qiladi. U bozorda muomalada yuritilishi va oldi- I sotdi vositasi bo'lishi mum- kin. Jahon amaliyotida qimmatli qog'ozlarning har xil turlari ishlatiladi. Qimmatli qog'ozlar bozori kredit munosabatlari bilan birga- likda, o'z qiymatiga ega bo'lgan, sotish, sotib olish va to'lovlarni amalga oshirish mumkin bo'lgan maxsus hujjatlar (qimmatli qog'ozlar)ga egalik qilish bilan ham bevosita bog'liq. Qimmatli qog'ozlar o'zida mulkchilik huquqini mujassamlashtirgan bozorda erkin aylanadigan, sotib olish, sotish va boshqa bitimlarning obyekti bo'ladigan, doimiy va bir martalik daromad olish manbayi bo'lib xizmat qiladigan, Ipul kapitalining bir ko'rinishidagi hujjatdir. Qimmatli qog'ozlar turli subyektlar tomonidan chiqarilishi mumkin. Bu emitentlar 5 guruhga bo'linadi: 1. Hukumat. 2. Davlat korxonalari. 3. Xususiy sektor. 4. Markaziy bank. 5. Chet el subyektlari. Hamma qimmatli qog'ozlarni davlat, xususiy yoki xalqaro qimmatli qog'ozlarga ajratish mumkin. Xususiy sektor tomonidan chiqarilayotgan qimmatli qog'ozlar qatorida turli ishlab chiqarish korxonalari, tijorat banklari, investitsion banklar, investitsion fondlar va boshqalarning qimmatli qog'ozlari alohida o'rin tutadi. Xalqaro qimmatli qog'ozlar ularning hisoblanadigan valuta va emitentlari bo'yicha bo'linadi. Qimmatli qog'ozlar muomalada bo'lish hududiga ko'ra regional (mahalliy), milliy va xalqaro qimmatli qog'ozlarga bo'linadi.
Bu qonunga asosan, O'zbekiston Respublikasi hududida quyidagi turdagi qimmatli qog'ozlar chiqarilishi va muomalada bo'lishi mumkin: 11. Aktsiyalar. 2. Obligatsiyalar. 3. Xazina majburiyatlari. 4. Depozit sertifikatlari. 5. Veksellar. 6. Qimmatli qog'ozlar hosilalari, ya'ni opsion va fyucherslar kiradi. Shu bilan birgalikda, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 96- moddasiga binoan qimmatli qog'ozlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 11. Chek. 2. Depozit va jamg'arma sertifikatlari. 3. Bankning pul taqdim qiluvchiga beriladigan jamg'arma daftarchasi. 4. Konosament. 5.Obligatsiyalar 6. Veksellar. Qimmatli qog'ozlarning bu turlariga qisqacha ta'rif beramiz. OBLIGATSIYA. Obligo" lotin tilida qarz olish" mazmunini bildiradi. Emitentga obligatsiya egasi tomonidan ma'lum pul mablag'i kiritilganligi va unda | ko'rsatilgan muddatda nominal qiymatini hamda qo'shimcha foiz to'lab berish majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog'ozdir. Obligatsiya uning egasiga emitentning ishini boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi.16:26 Message XAZINA MAJBURIYATLARI uning egasi tomonidan ma'lum pul mablag'ini budjetga kiritganligi va uning butun aylanish davrida aniq belgilangan foizini to'lab berish majburitini tasdiqlovchi qimmatli qog'ozdir. DEPOZIT SERTIFIKATLARI jamg'armachining bankka qo'ygan pul mablag'ini ifodalovchi va muomala muddati tugagani- dan keyin qo'ygan pul mablag'ining hamda foyda sifatida ustama foizining huquq va imkoniyatini beruvchi qimmatli qog'ozdir. Depozit sertifikati bank tomonidan beriladi. VEKSEL qarz majburiyati bo'lib, veksel beruvchining ushbu vekselni ko'rsatilgan muddatda taqdim etgani, veksel oluvchiga uning nominal qiymatini to'lab berish majburiyatini beruvchi qimmatli qog'oz va to'lov vositasidir. QIMMATLI QOG'OZLAR HOSILALARI- bular shunday qimmatli qog'ozlarki, ularning foydasi yoki zarari bir nechta bozor ko'rsatkichlari bilan, ya'ni bozor indekslari bilan bog'liqdir. Qimmatli qog'ozlar hosilalari - opsion" yokifyucherslar" ko'rinishida bo'ladi. KONOSAMENT yuk tashuvchi tomonidan yuk egasiga, yukni dengiz orqali olib o'tishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi va yuk qabul qiluvchiga yukni yetib borgan portida taqdim qilish majburiyatini yuklovchi hujjatdir. Hozirgi davrga kelib qimmatli qog'ozlar qo'yilmalari tobora ko'payib bormoqda. Yangi va yosh davlatlarda aksiyadorlashtirish va mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, korxona va tashkilotlarning aksiyadorlik jamiyatlariga aylanishi va ular tomonidan har xil qimmatli qog'ozlarni muomalaga chiqarishlari, shu bilan | birgalikda fond bozorlarining rivojlanishiga turtki bo'lmoqda. Agar 1985-yilga kelib butun dunyoda muammoga aylanib turgan barcha aksiya va I obligatsiyalarning bozor narxi 9 trln AQSH dollarini tashkil qilgan bo'lsa, ayrim manbalarga ko'ra, hozirgi kunda ushbu ko'rsatkich 50 trin AQSH dollariga yaqin | summani tashkil qilar ekan. Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi Qonunga asosan tijorat banklari qimmatli qog'ozlar bozorida turli xil faoliyat olib borishlari mumkin. Shu bilan bir qatorda, banklarning qimmatli qog'ozlar bozoridagi faoliyati Qimmatli qog'ozlar bozorining faoliyat ko'rsatish mexanizmi to'g'risida"gi Qonuning 17-mod- dasiga muvofiq, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risida"gi va Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi Qonunlar bilan tartibga solinishi belgilangan. Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi Qonunga binoan tijorat banklari qimmatli qog'ozlar bozorida quyidagi: - qimmatli qog'ozlar (veksel, aksiya, obligatsiyalar, depozit sertifikatlar va boshqalar)ni chiqarish; - qimmatli qog'ozlarni sotib olish, sotish, saqlash, ular bilan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish; tovar yetkazib berish va xizmat ko'rsatishdan kelib chiqadigan talab huquqini olish, bunday talablarni inkassatsiya qilish; - mijozlar ishonib topshirgan operatsiyalarni: mablag'larni jalb etish va joylashtirish va qimmatli qog'ozlarni boshqarish va hokazo ishlarni bajarish; - fond bozori ishtirokchilariga bu borada bank faoliyati yuzasidan maslahatlar berish kabi operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Bu faoliyat turlarini amalga oshirish borasida tijorat banklari uchun cheklashlar yo'qligi sababli ular fond bozorida haqiqiy qantashchi - investitsion institut sifatida |ish yuritadi. Banklarning qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalari ko'p maqsadlarni ko'zlagan holda yuritiladi. Shu bois banklarning qimmatli qog'ozlar bozoridagi faoliyatdan asosiy maqsadlari: qimmatli qog'ozlar chiqarish asosida kredit va hisob-kitob faoliyati yuritish uchun qo'shimcha pul resurslarini jalb qilish; qimmatli qog'ozlarga sarflangan va o'z investitsiyalaridan bankka to'lanadigan foiz va dividendlar evaziga qimmatli qog'ozlarning kurs qiymati oshishi tufayli foyda olish; - mijozlarga qimmatli qog'ozlar operatsiyalariga doir xizmatlar ko'rsatishdan foyda olish; - erkin raqobat asosida bankning xizmat sohasini kengaytirish hamda korxona va tashkilotlarning kapitallarida qatnashish evaziga yangi mijozlarni jalb qilish; Download 16.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling