23
III BOB. KAPITAL QO’YILMALAR BYUDJETINI SHAKLLANTIRISH
VA OPTSIONLARNI BAHOLASH
3.1. Korxona (muassasa)da investitsion loyihalarni baholash va
boshqarish muammolari
Investitsion xarakterdagi boshqaruv qarorlarini
qabul qilish jarayonining
asosida kutilayotgan investitsiya hajmi va kelajakdagi pul tushumlarini baholash
va solishtirish yotadi.
Kriteriyalarni foydalanish asosida tahlil
qilishda talab qilinadigan
investitsiya mikdorini kutilayotgan daromadlar bilan solishtirish zarur.
Solishtirilayotgan ko’rsatkichlar vaqtning har xil davrlariga to’g’ri kelsa xam
bunda asosiy muammo ularni taqqoslash hisoblanadi.
Kapital qo’yilmalar byudjetini tuzishni yoki loyihalarni baholash jarayonida
kritik momentlar quyidagilar hisoblanadi:
a) maxsulotning sotilish hajmini unga bo’lgan talab imkoniyatlarini hisobga
olgan holda prognoz qilish (loyihaning asosiy qismi qo’shimcha
maxsulot
chiqarish bilan bog’liq bo’lsa ham);
b) pul mablag’larining oqib kelishini har bir yil bo’yicha baholash;
v) zarur bo’lgan moliyaliyalashtirish manbalarini baholash;
g) kapital narxining axamiyatliligini va diskontlashtirish koeffistienti sifatida
foydalaniladigan kapital narxini baholash (kapital narxi -moliyalashtirishning bu
yoki u manbalarini foydalanish hisobiga harajatlarning nisbiy darajasi tushiniladi).
Kapital qo’yilmalar byudjeti deganda asosida bir
necha investitsiyalardan
birini tanlash tahlili yotgan investitsiyalarni asosiy vositalarga jalb qilish sxemasi
tushiniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: