Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI
3.2. Kapital qo’yilmalar byudjetini shakllantirish jarayonidagi tashkil qilinadigan investitsion loyihalarning mantiqiy asoslari Kapital qo’yilmalar byudjetini tuzish jarayonida tahlil qilinayotgan investitsion loyihalar ma’lum bir logika ega bo’ladi: har bir investitsion loyihalar elementlari pul mablag’larining sof chiqimi yoki kirimi hisoblangan pul oqimlari bilan bog’lanish kerak. Bunda k - yildagi pul mablag’larining sof chiqib ketishi joriy pul harajatlarining loyiha bo’yicha 24 joriy mablag’larning tushumidan oshishi tushiniladi (teskari holatda sof kirim tushiniladi); ayrim holatlarda tahlilda pul oqimlari foydalanilmasdan loyihadagi prognoz qilingan yillik sof foyda mikdorining ketma ketligi foydalaniladi; tahlillar faqat yillar bo’yicha amalga oshirilmasdan balki bir xil bazaviy davrlar bo’yicha xam (oy, chorak, yil, besh yillik va boshqalar) yuritilishi mumkin, faqat bunda pul oqimlari elementlari miqdorlarining, foiz stavkalari bilan mazkur davrlar muddatlarining bir biriga bog’liqligini unutmaslik kerak; ketma - ket yillar mobaynida investitsiya qilinadigan bo’lsa xam avvalgi birinchi yildagi loyiha bilan amalga oshirilgan pul mablag’larining kirimi, ya’ni investitsiyalar hajmi yil oxirida amalga oshirilishi ehtimoldan holi emas; pul mablag’larining kirimi (chiqimi) ko’proq navbatdagi yil oxiriga to’g’ri keladi (bu logika tushinarli, chunki masalan, daromad – o’sib boruvchi jami bilan hisobot davrining oxiriga to’g’ri keladi); diskontlashtirilgan bahoga asoslangan metodlari yordamida loyihalarni baholash uchun qo’llaniladigan diskontlashtirish koeffistientlari investitsiya loyihalariga belgilangan davrlari muddatiga mos kelishlari kerak (masalan, yillik stavka davr muddati bir yilga moslashtirilib olinadi). Investitsion qarorlarni qabul qilish effekti bir necha yilni qamrab olishi mumkin. Masalan, uskanalarni sotib olish kelajakda maxsulotlarni sotish bilan bog’liq bo’ladi, u yoki bu uskanani sotib olish to’g’risidagi qaror qabul qilish kelgusi 10 yil ichidagi prognozlarni hisob-kitob qilishni talab qiladi. Uskanalarni sotib olishni prognoz qilishda yo’l qo’yilgan xatolar oqibatda og’ir axvollarga olib kelishi mumkin. Yirik investitsiyalar katta oqlanmagan harajatlarni talab qiladi. Agar etarli darajadagi investitsiya amalga oshirilmasa quyidagi ikki muammoning kelib chiqishiga olib keladi. Birinchidan – kompaniyaning uskanasi etarlicha zamonaviy bo’lmasligi mumkin va uni ishlab chiqarishni raqobat sharoitida ta’minlay olmaydi. Ikkinchidan – ishlab chiqarishni ta’minlaydigan etarlicha quvvatga ega bo’lmasligi mumkin va kompaniya bozorda o’z o’rnini raqobatchilariga bo’shatib berishi mumkin. Kompaniya oldindan o’zining ishlab chiqarish extiyojlarini prognoz qilib ushbu muammolarni echishi mumkin. Agar kompaniya talabning o’sishini prognoz qilsa va kutilayotgan talab darajasiga mos o’z ishlab chiqarishini kengaytirsa va prognoz noto’g’ri bo’lgan bo’lsa, kompaniya oshiqcha quvvatga ega bo’ladi va juda yuqori harajatlarga ega bo’ladi. Bu kompaniyaning zarar ishlashiga va sinishiga xam olib kelishi mumkin. Kompaniya uchun ishlab chiqarish kuvvatini oshirish odatda yirik harajatlar bilan bog’liq va katta pul mablag’larini sarflashdan avval yaxshi tuzilgan rejaga ega bo’lishi kerak, chunki bo’sh turgan moliyaviy resurslar hamma vaqt yirik hajmda bo’lavermaydi, shuning uchun kompaniya kapital qo’yilmalar byudjetini shakllantirish zarur. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling