Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»


Bozor iqtisoiyoti sharoitida kompaniyalarni moliyalashtirish va


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/61
Sana16.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1273228
TuriУчебное пособие
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI

 
5.3. Bozor iqtisoiyoti sharoitida kompaniyalarni moliyalashtirish va 
kreditlashtirish 
 
 
Tarix bironta ham ishlab chikarish usuli unga muvofiq keladigan moddiy 
sharoit paydo bo’lmasdan turib vujudga kelmasligidan dalolat beradi. Bozor 
munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizimdan oldin ham uni vujudga kelishi 
uchun muayan shart sharoitlar yaratilgan. Bunday shart sharoitlar sifatida tovar-pul 
munosabatlarining tarakkiyotini yukori darajaga erishish hisoblanadi.
Byudjetdan moliyalashtirish faqatgina ijtimoiy sohalar va davlat unitar 
korxonalari uchungina tegishli hisoblanadi. Hozirda agrar sektorni byudjetdan 
moliyaviy qo’llab quvvatlash tizimi amal kilmokda.
Bozor iktisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish 
tizimining yangi usullari paydo bo’ldi. Bularning tarkibida byudjetdan 
moliyalashtirish, bank kreditlari hisobiga moliyalashtirish bilan birga fond 
instrumentlari hisobiga moliyalashtirish usullari rivojlanib bormoqda. 
Akstionerlik kapitali bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyalashtirishning 
ustivor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Akstionerlik jamiyatlarini tashkil qilish 
vositasida ma’lum biznes sohasida kapitallarni konstentrastiyalashuv jarayoni 
amalga oshiriladi. Bundan tashqari qarz instrumentlari ham muomalaga chiqarilib, 
ular hisobiga ham moliyalashtirish imkoniyatlari tug’dirilmokda(obligastiyalar, 
depozit sertifikatlari). 
Korxonalarni moliyaviy ta’minlashda kredit usuli ham muhim ahamiyatga 
egadir.
Korxonalarni kreditlashning bir qator turlari mavjuddir: 
- Bank kreditlari; 
- Tijorat kreditlari(veksellar, debitorlik va kreditorlik qarzlar); 
- Iste’mol kreditlari (jismoniy shaxslar uchun is’temol xarakteridagi tovarlar 
sotib olishga beriladigan kreditlar); 
- Xalqaro kredit munosabatlari (qishloq xo’jaligi sohalarini rivojlantirish 
uchun berilayotgan kreditlar); 
- Davlat krediti. 


38 
Korxonalarni moliyalashtirish jarayoni - korxonalarda o’z va unga 
tenglashtirilgan moliyaviy resurslar va chetdan jalb qilingan mablag’lar hisobiga 
asosiy va aylanma aktivlarga qilinadigan investitsiyalarni moliyalashtirish 
jarayonidir. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling