Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
Ikkinchidan, menejer kompaniya uchun ana shu sharoitda ehtimoli bo’lgan
valyuta xavfini tahlil qilishi shart. Buning uchun quyidagilarni aniqlashi lozim. O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasini AQSh dollariga almashtirish kursi qanday? Zavod o’zining mahsulotini eksport qilishi mumkin bo’lgan boshqa Markaziy Osiyo va Rossiya mamlakatlari valyutasi bilan O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi so’mning almashtirish kurslari qanday? Kelgusidagi davrlar uchun milliy valyutaga nisbatan xorijiy mamlakatlarning valyutalarini almashtirish kurslari bo’yicha stavkalariga taalluqli taxminlar qanday? Yuqorida keltirilgan valyuta almashtirishdagi xavf-xatarlarni xedjirlash uchun qanday moliyaviy vositalar va qo’llanmalar mavjud? Yuqoridagi xavf – xatar omillari baholangandan so’ng menejer, dollarlar bilan hisoblangan barcha joriy qiymatlar yig’indisini hisobga olgan holda xedjirlashga ketadigan xarajatlarni hisoblashga kirishadi. Uchinchidan, menejerdan mazkur loyihaga aloqador bo’lgan barcha davlatlardagi inflyastiyaning o’sish sur’ati va foiz stavkalarini o’rganish talab qilinadi. Buning uchun menejer quyidagilarni bilishi kerak: qaysi davlatlardan sarmoya jalb qilish mumkin; qancha mablag’ni qarz hisobiga va qanchasini ta’sischilar sarmoyasi hisobiga olish mumkin? qarzga olingan mablag’ni qancha muddatda qaytarish qulay? Kompaniya qarzni evroda olishi kerakmi yoki milliy valyutadami? 91 Zavodni qurib ishga tushirish bilan bog’liq operastion xarajatlar qancha miqdorga oshishi mumkin? Raqobatchilar taklif qiladigan narx tez orada shu darajaga o’sishi mumkinmi? Yuqoridagilardan, asabi sust va malakasi yo’q kishilar uchun ko’p millatli biznesning ularga xos emasligi ko’rinib turibdi. Shu bilan birga hozirgacha birorta loyihaning potenstial samarasi uning xarajatlari va xatarlaridan oshmaydi, shuning uchun kompaniyalar ko’p millatli biznesni tashkil qilish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar va qiyinchiliklardan uzoqlashishga harakat qiladilar. Bunday holda, xalqaro moliyaga oid bilimlar xalqaro operastiyalarga xos bo’lgan xavf – xatarlarni nazorat qilish, xarajat va daromadlarni baholash kalitidir. Import va eksportchilar. Faraz qilaylik, traktor ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi Amerika kompaniyasi xorijiy mamlakatlarida o’z faoliyatini kengaytirish imkoniyatiga ega emas va u faqat hozirda mavjud bo’lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini rivojlantirish hisobiga mahsulotni Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport qilishning maqsadga muvofiqligini ko’rib chiqadi. Albatta, bu holatda unga xalqaro moliya bo’yicha egallagan bilimlari yordam beradi. Eksportni ta’minlash bo’yicha mavjud quvvatlarni oshirish muammosini hal etish uchun kompaniya rahbariyatidan Markaziy Osiyo va Amerika Qo’shma Shtatlari valyutalarining o’zaro almashtirish kurslarining kelgusi taxminini bilish talab qilinadi. Yuqorida keltirilgan misolda biznes-loyihani realizastiya qilish xarajatlari dollarda, sotilgan detallardan keladigan tushum esa, masalan Qozog’istonda - tengeda amalga oshirilishi mumkin. Tengedagi tushumni qancha AQSh dollariga konvertastiya qilish mumkin? Kelgusi almashtirish kurslari bilan bo’lgan xavf – xatarni nazorat qilish mumkinmi? Kompaniyaning AQShdagi xarajatlarini inflyastiya qay darajada oshiradi? Inflyastiya Qozog’istondagi narxlarni qanchaga oshiradi? Ushbu sohada ishlayotgan menejerdan yuqoridagi savollarga javob tayyorlash va ko’rsatilgan xatarlarni nazorat qilish usulllari ishlab chiqish talab etiladi. Traktor ehtiyot qismlarining Markaziy Osiyoga importi bilan ish olib borish kredit xatarini yana ham oshiradi. Bu holda savdo krediti uchun moliyalashtirishni kim amalga oshiradi? Savdo kreditni dollarda yoki chet el valyutasida hisoblash kerakmi? Tovarlarga ular etkazib berilgunga qadar kim egalik qiladi? Okean orqali etkazib berish bilan bog’liq bo’lgan xatarlar qanday? Buyurtmani qabul qilish va unga to’lovlarni amalga oshirish davrida valyuta almashtirish kurslarni o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan xatarlarga kim javob beradi, importchilarmi yoki eksportchimi? Menejer bevosita bu savollarga eksport quvvatini oshirish to’g’risida qaror qabul qilishdan oldin javob topishi lozim. Ravshanki, xalqaro moliyaning barcha murakkabliklarini bilmaslik, ko’p tadbirlarni eksport foydasidan voz kechishga majbur qilishi mumkin. Bunday imkoniyatlarni inkor qilish natijasida yo’qotishlar doim o’sib boradi. 1960 yilda xalqaro eksport umumjahon milliy ishlab chiqarishning faqatgina 10 foizini tashkil qilgan. Bugun bu ko’rsatkich 20 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari, xalqaro moliya prinstiplari va metodlarini o’rganish uchun eksportga xos bo’lgan ishlab chiqarish miqyosida iqtisodiy qonunlarni bilish alohida ahamiyatga ega. 92 Xalqaro raqobat. Garchi ayrim biznesmenlar xalqaro moliya prinstiplarini uning murakkabligi sababli tushunishni xohlamasalar-da, hozirgi zamonaviy iqtisodiyotda bunday kishilar soni tobora kamayib bormoqda. Faraz qilaylik, traktor ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyamiz xalqaro faoliyat bilan shug’ullanishga qaror qildi. Biroq bu vaziyatda kompaniya rahbariyati xalqaro siyosiy yoki kredit xatarlari ustida bosh qotirmasdan, almashtirish kurslarining mohiyati va uni foiz stavkalari va inflyastiya sur’ati bilan bog’liq tomonlarini bilmasdan turib, foydaga erishishlariga umid qilishlari mushkuldir. Biznesmen har qanday biznes tarmog’ining raqobatbardoshligi to’g’risida qayg’urishi lozim. Bugungi kunda ham potenstial, ham avval mavjud bo’lgan xorijiy raqobatchilarni bevosita hisobga olish zarur. Tashqi savdo bo’lmagan holda raqobat tovarlarni yangilash, ularning sifati, taqsimlash texnologiyasi va bahosi sohalariga qaratiladi. Alohida mahalliy firmalar nazorat qila olmaydigan chet el raqobatchilari buni yangi xavf – xatar omillari musobaqasiga aylantirishlari mumkin. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling