Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/61
Sana16.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1273228
TuriУчебное пособие
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   61
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI

10. 2. Xalqaro moliya qonunlari 
Hozirgi sharoitda xatto eng yirik davlatlar ham milliy chegaralarini biznesga 
ochib beryaptilar, sarmoyadorlarni xorijiy raqobatdan ajratmayaptilar va yangi 
imkoniyatlariga to’sqinlik qilmayaptilar. Hozirgi kunda Yaponiya hamda AQSh 
davlatlarining moliya tizimlari etakchi o’rinlarda turadi.
Xalqaro moliya qonunlarini o’rganmagan biznesmen va sarmoyadorlar, 
raqobatning samarali bo’lishi yoki optimal ko’rsatkichlarga erishishda juda kam 
imkoniyatga ega bo’ladilar. Quyida echimi va amalga oshirilishida xalqaro
moliyalashtirishning asosiy prinstiplari va usullarini bilishni va qo’llashni talab 
qiladigan muammolar ko’rib chiqiladi. 
 
10. 3. Transmilliy kompaniyalar 
Keling, traktorlarga ehtiyot qismlarni ishlab chiqaruvchi Amerika 
kompaniyasi bilan tanishamiz. Bu kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarining 
traktorlarga bo’lgan talabi o’sib borayotganligini inobatga olib, uni qondirish 
uchun o’zining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish zarurmi, degan masalani 
hal etishi kerak. Direktorlar kengashi moliyaviy rejalashtirish bo’limi menejeriga 
Markaziy Osiyodagi mamlakatlardan biri bo’lgan O’zbekistonda yangi zavod 
ochish maqsadga muvofiqligini aniqlashni topshirdi. Bu masala yuzasidan qaror 
qabul qilishda menejerning xalqaro moliyaga oid bilim va malakaga egaligi talab 
qilinadi. Buning uchun u: 


90 
Birinchidan, investitsiyalash imkoniyatiga aloqador bo’lgan siyosiy va 
kredit xavf-xatarlariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlab olishi kerak. Buning uchun 
quyidagi savollarga javob topishi lozim. 

Amaldagi soliq qonunlari qanday? 

Ular investitsiyalash davrida qanday o’zgarishi mumkin? 

Sarmoya jalb qilinishi rejalashtirilayotgan davlatda tartibsizliklarning kelib 
chiqish ehtimolligi va bu vaziyatni bartaraf qilishda harbiy holatning 
imkoniyatlari qanday? 

Eksport va importga chegara bormi va hozirda amal qilayotgan holat kelgusida
o’zgarmaslik ehtimolligi qanday? 

Bu davlatda tegishli soliqni saqlash, ekologiya, ishlab chiqarishdagi xavfsizlik 
me’yorlari qanday va ular qay tarzda o’zgaradi? 

To’lov va olish hisoblari bilan ishlashda qonun va urf–odatlar qanday? 

Zaruriy bank xizmatlari mavjudligi va ularni qiymati qanday? 

Valyuta almashtirishda chegaralashning mavjudligi va bugungi holatning 
kelgusida o’zgarish ehtimolligi qanaqa? 
Yuqoridagi xavf–xatar omillarini aniqlab olgandan so’ng menejer, ana shu 
xavf–xatarlarni nazorat qilish uchun kompaniyaning umumiy xarajatlarini hamda 
boshqa chetlab bo’lmaydigan yo’qotishlarga sarflanadigan moliyaviy xarajatlarni 
baholashi kerak. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling