Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
10. 2. Xalqaro moliya qonunlari
Hozirgi sharoitda xatto eng yirik davlatlar ham milliy chegaralarini biznesga ochib beryaptilar, sarmoyadorlarni xorijiy raqobatdan ajratmayaptilar va yangi imkoniyatlariga to’sqinlik qilmayaptilar. Hozirgi kunda Yaponiya hamda AQSh davlatlarining moliya tizimlari etakchi o’rinlarda turadi. Xalqaro moliya qonunlarini o’rganmagan biznesmen va sarmoyadorlar, raqobatning samarali bo’lishi yoki optimal ko’rsatkichlarga erishishda juda kam imkoniyatga ega bo’ladilar. Quyida echimi va amalga oshirilishida xalqaro moliyalashtirishning asosiy prinstiplari va usullarini bilishni va qo’llashni talab qiladigan muammolar ko’rib chiqiladi. 10. 3. Transmilliy kompaniyalar Keling, traktorlarga ehtiyot qismlarni ishlab chiqaruvchi Amerika kompaniyasi bilan tanishamiz. Bu kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarining traktorlarga bo’lgan talabi o’sib borayotganligini inobatga olib, uni qondirish uchun o’zining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish zarurmi, degan masalani hal etishi kerak. Direktorlar kengashi moliyaviy rejalashtirish bo’limi menejeriga Markaziy Osiyodagi mamlakatlardan biri bo’lgan O’zbekistonda yangi zavod ochish maqsadga muvofiqligini aniqlashni topshirdi. Bu masala yuzasidan qaror qabul qilishda menejerning xalqaro moliyaga oid bilim va malakaga egaligi talab qilinadi. Buning uchun u: 90 Birinchidan, investitsiyalash imkoniyatiga aloqador bo’lgan siyosiy va kredit xavf-xatarlariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlab olishi kerak. Buning uchun quyidagi savollarga javob topishi lozim. Amaldagi soliq qonunlari qanday? Ular investitsiyalash davrida qanday o’zgarishi mumkin? Sarmoya jalb qilinishi rejalashtirilayotgan davlatda tartibsizliklarning kelib chiqish ehtimolligi va bu vaziyatni bartaraf qilishda harbiy holatning imkoniyatlari qanday? Eksport va importga chegara bormi va hozirda amal qilayotgan holat kelgusida o’zgarmaslik ehtimolligi qanday? Bu davlatda tegishli soliqni saqlash, ekologiya, ishlab chiqarishdagi xavfsizlik me’yorlari qanday va ular qay tarzda o’zgaradi? To’lov va olish hisoblari bilan ishlashda qonun va urf–odatlar qanday? Zaruriy bank xizmatlari mavjudligi va ularni qiymati qanday? Valyuta almashtirishda chegaralashning mavjudligi va bugungi holatning kelgusida o’zgarish ehtimolligi qanaqa? Yuqoridagi xavf–xatar omillarini aniqlab olgandan so’ng menejer, ana shu xavf–xatarlarni nazorat qilish uchun kompaniyaning umumiy xarajatlarini hamda boshqa chetlab bo’lmaydigan yo’qotishlarga sarflanadigan moliyaviy xarajatlarni baholashi kerak. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling