Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI
Tayanch iboralar: restrukturizastiya, isloh qilish, makroiqtisodiy va
siyosiy risklar, moliyaviy strategiya, potenstial investorlar, tashqi moliya manbalari, joriy aktivlar, yalpi daromad, debitorlik qarzlari, Nazorat savollari: 1. Korxonani restrukturizastiyalashning mazmuni? 2. Restrukturizastiya qilish korxona faoliyatiga qanday ta’sir ko’rsatadi? 3. Korxonani tang holatga olib keluvchi sabablar. 4. Korxona faoliyati samaradorligining ko’rsatkichlari. 5. Korxonalarni qayta tarkiblashning muvaffaqiyatli shartlari. 6. Korxonaning moliyaviy holatidagi muammolar. 7. O’zbekistonda korxonalarni restrukturizastiyalash jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari. 8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18-noyabrdagi PF-4053 sonli “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni mazmuni. 9. O’zbekistonda restrukturizastiya jarayoni. 10. Xorijiy davlatlardagi restrukturizastiyalash jarayonlarini tajribasi. 11. Tavakkalchilik qarorlarini qabul qilishning asosiy tamoyillari. 89 X BOB. XALQARO KORPORATIV MOLIYA 10.1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda moliya tizimining mohiyati va ahamiyati Hozirgi zamonaviy iqtisodiyotda hech bir kompaniya, hech bir sarmoyador xalqaro moliyaning asosiy konstepstiyalarini inkor qila olmaydi. Biznes ayrim subpektlarining raqobatdagi holatiga ular xalqaro bitimlar bilan shug’ullanishi yoki shug’ullanmasligidan qat’iy nazar valyuta almashtirish kurslari, inflyastiyaning turli sur’atlari va foiz stavkalaridagi farqlar ta’sir ko’rsatishi mumkin. Xalqaro bozorda faoliyat ko’rsatuvchi kompaniyalar uchun ushbu sohada qaror qabul qilishda uchraydigan muammolar, ular faoliyat olib borayotgan mamlakatlardagi bank qoidalari va savdo me’yoriy aktlarining milliy farqlari, siyosiy barqarorlik darajasi va bozorni tartibga solish usulidir. Hozirgi kunda sarmoyadorlar o’z kapital qo’yilmalari daromadini oshirish va xavf–xatarni kamaytirishni hohlasalar, o’z sarmoyalariga valyuta almashtirish kurslarining ta’sir etilishini inobatga olishlari lozim. Shuning uchun xalqaro moliya qonunlarini bilish, zamonaviy biznesni o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling