Kartashunoslik faninig dasturi


Amaliy mashg’ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar


Download 46.86 Kb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi46.86 Kb.
#1605620
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Fan dasturi Kartashunoslik

2.3. Amaliy mashg’ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1. Geografik globus asosida amaliy masalalar echish.
2. Kartografik proeksiyalarni aniqlash.
3. Kartografik proeksiyalardagi xotoliklarni hisoblash.
4. To‘g‘ri burchakli silindrik, Merkator. Sanson, Qutbiy azimutal va Konusli proeksiyalarni oddiy usullarda chizish.
5. Kartografik proeksiyalarning umumiy talimoti (nazariyasi) bo‘yicha masalalar yechish.
6. Geografik kartalarda voqea va hodisalarni ko‘rsatishda qo‘llaniladigan kartografik tasvirlash usullarini o‘rganish.
7. Umumgeografik kartalarni tahlil qilish.
8. Mavzuli kartalarni tahlil qilish.
9. Mavzuli kartalar uchun kartografik tasvirlash usullarini tanlash.
10. Relefni tasvirlash usullarini o‘rganish.
11. Mavzuli kartaga olish (kartalashtirish) turlarini o‘rganish.
12. Geografik atlaslarni o‘rganish.
13. Mavzuli kartalarda kartografik generalizatsiya jarayonini o‘rganish.
Amaliy mashg‘ulotlar multimediya qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir guruhga bir professor -o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
2.4. Laboratoriya ishlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
Ushbu fandan laboratoriya ishlari o‘quv rejada rejalashtirilmagan.
2.5. Kurs ishi ( loyihasi) bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
Talabalar tomonidan “Kartografiya” fanidan kurs ishini tayyorlash uchun professor – o‘qituvchi tomonidan uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlanib, ushbu uslubiy ko‘rsatmalar asosida belgilangan mavzular asosida Kurs ishi (loyihasi) yoziladi va belgilangan tartibda himoya qilinadi.
Kurs ishining bajarilishi talabalarning professional tayyorgarligining muhim bosqichi hisoblanadi va ularda ijodiy ishlashni shakllanishiga, ilmiy tadqiqot elementlarini anglashga hamda ilmiy adabiyotlarni o‘qish va tahlil qilishga yordam ko‘rsatadi. Har bir tanlangan kurs ishi mavzusi ilmiylikni, zamonaviylikni talab etadi, chunki har bir topshiriqda yangilik elementlari bo‘lishi lozim.

Download 46.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling