Kartografik dizayn fanining tarixi Kartografik dizayn fanining rivojlanish tarixi Kartografik asarlarni jihozlash


O‘rta asrda O‘rta Osiyoda kartografiya


Download 6.16 Mb.
bet12/19
Sana22.11.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1793756
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
KARTOGRAFIK DIZAYN FANINING TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

2.3. O‘rta asrda O‘rta Osiyoda kartografiya

O‘zbekiston geografiyasiga va kartografiyasiga tegishli juda muhim asar «Hudud al-olam» (Olamning chegaralari) X asrda (983 yilda) yaratilib, muallifi noma’lumdir. Unda o‘sha davrga tegishli juda ko‘p geografik ma’lumotlar berilgan. SHu ma’lumotlarni prof. H.Hasanov hozirgi zamon karta asosiga tushirib, o‘sha davrda yozilgan bu asarni juda mukammalliligini isbotlab berdi.


Abu Rayhon Beruniy. O‘rta Osiyo va Xurosondagi ilm va fanni XI-XII asrlarda Abu Rayhon Beruniy asarlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. CHunki, u Turkiston va Xurosonnigina emas, balki jahonning eng ulug‘ olimlaridan biridir. Bu allomaning asarlari sobiq Ittifoqdagina emas, balki Hindistonda, Pokistonda, misr, Eron, Angliya, Fransiya, italiya, germaniya, AQSH, Turkiya, Eron va boshqa mamlakatlarda ham chop etilib o‘rganilib kelinmoqda.
Abu Rayhon Beruniy 973 yili 4 sentyabrda Xorazmda Kot shahrida tug‘ilgan (hozirgi Beruniy shahri o‘rnida bo‘lgan). U yoshlik chog‘idayoq tabiiy fanlarni o‘rganishga e’tibor berib, astronomiya, geografiya, minerologiya, geodeziya va kartografiya fanlari sohalarida chuqur ilmiy izlanishlar olib borgan. Ma’lumotlarga qaraganda, uning 113 asari bo‘lgan. SHarqshunoslarning eng so‘nggi hisoblariga ko‘ra bu asarlarning 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 4 tasi kartografiyaga, 3 tasi iqlimga va hakazolarga tegishlidir.
P.G.Bulgakovning taxminicha, Beruniy jami 10 ming varaq qulyozma asar yaratgan. Agar Beruniy qo‘lyozmalarining hammasi chop etilsa, har biri 35 bosma taboqa 40 jild bo‘lishi mumkin ekan. Beruniy asarlari orasida geografiyaga doir asarlari juda ko‘p bo‘lib, ularda geodeziya va kartografiyaga tegishli qismlari (boblari) bo‘lgan. Beruniy «Tastix as-suvar va tabtix al-quvar» asarida (bu asarni H.Hasanov «Kartografiya» deb atagan) usturlab (astrolyabiyaning bir turi), graduslar to‘ri, sharni tekis yuzaga tushirish va kartografik proeksiyalar, osmon globusini yasash to‘g‘risida ma’lumotlar bergan.
Asarda kartalarda tasvirlanadigan ob’ektlarni (tafsilotlarni) qaysi ranglarda tasvirlash kerakligi aytib o‘tilgan. Masalan, dengizlar pistamag‘iz rangda, oqar suvlar qaxrabo va osmoniy rang bilan, qumlar za’faronsimon sariq rang bilan, shaharlar chorburchak shaklda qirmizi va qizil rangda, yo‘llar kulrangda tasvirlangan.
«Hindiston» kitobida shaharlarning geografik koordinatalarini hisoblab, ularning o‘rnini tekis yuzada tasvirlagan. Masalan, u Loxur qal’asining kengligini 340 10’ ekanligini va G‘azni shahriniki 330 35’, Qobul shahriniki 330 47‘, Nandna qal’asiniki 320 ekanligini hisoblab bergan.
Beruniy Hindistondalik vaqtida Er aylanasining uzunligini va 10 yoy uzunligini oddiy usulda o‘lchash yo‘llarini ishlab chiqqan.
Olimning eng yirik asarlaridan «Qonuni Mas’udiy» ni 1037 yillarda, ya’ni umrining so‘nggi yillarida yozib tomomlagan, uni o‘sha davrning podshosi Sulton Ma’sudga bag‘ishlagan. Bu kitob Beruniy asarlaridan birinchi bo‘lib o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
Beruniy o‘zining asarida geografik koordinatalarni aniqlashni o‘zi ishlab chiqqan yangi usuldan foydalanib, Er yuzidagi 600 dan ortiq joyning o‘rnini aniqlagan. Beruniy ma’lumotlarini qanchanlik aniq ekanligini M.Teshaboev tuzgan quyidagi jadvaldan ko‘rish mumkin (8-rasm).



Joylar nomi

Beruniy bo‘yicha geografik kengligi

Hozirgi ma’lumot

Farqi

Buxoro

39o 20’

39o 46’

- 0o 26’

O‘sh

43o 25’

42o 32’

+ 0o 53’

Samarqand

40o 00’

39o 39’

+ 0o 21’

Toshkent

42o 30’

41o 19’

+ 1o 11’

Leninobod

40o 50’

40o 17’

+ 0o 23’

Boku

39o 00’

40o 23’

- 1o 23’

Tbilisi

40o 00’

41o 43’

- 1o 23’

Darband

66o 00’

66o 00’

00o

O‘sh

92o 30’

90o 28’

+ 2o 2’

Toshkent

89o 10’

87o 00’

+ 2o 16’

Tbilisi

62o 00’

62o 29’

+ 0o 29’

Leninobod

90o 00

87o 18’

+ 2o 42’

Farg‘ona

92 o 00’

89o 26'

+ 2o 84’

O‘zgan

92o 00’

90o 45’

+ 2o 05’

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Beruniy geografik kenglik va uzoqlikni ancha to‘g‘ri aniqlagan.
Beruniyning kartografiya faniga qo‘shgan katta xissasi shundaki, uning kartasi «doiraviy proeksiyada» tuzilgan. Bu esa hozirgi yarim sharlar kartalarini tuzishda ishlatiladigan proeksiyalarga to‘g‘ri keladi.




Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling