Kartografik dizayn fanining tarixi Kartografik dizayn fanining rivojlanish tarixi Kartografik asarlarni jihozlash
Download 6.16 Mb.
|
KARTOGRAFIK DIZAYN FANINING TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
13-rasm. Xofizu Abru tuzgan dunyo kartasi.
Bu orol Evropada to XIX asrgacha kartografiyada qo‘llanilib, Ferro meridiani deb yuritilgan. U hozirgi Grinvich meridianidan 170 40‘ g‘arbdagi Kanar orollarining eng chekkasidagi oroldir. Beruniy ham shu meridiandan hisobni boshlagan. Ulug‘bek jadvalida koordinatalar Xolidot orollaridan hisoblangan va hozirgi Grinvichdan 230 farq qiladi. SHarq adabiyotida Xolidot va Saodat orollarini chalkashtirib yuborilishi ham mumkin degan fikrlar yo‘q emas – deb yozadi H.Hasanov. Hatto XIX asrda ham boshlag‘ich meridian aniq emas edi, ispanlar boshlang‘ich meridianni Ferro orolidan, inglizlar Grinvichdan, fransuzlar Parijdan, Rossiyada Pulkovodan o‘lchaganlar. O‘rta asrlarda ham ahvol shunday bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin. 14-rasm. Bosh meridianlarning joylashish sxemasi. Ulug‘bek davridagi ilm-fanning rivojlanishi to‘g‘risida gap borganda, uning shogirdi Ali Qushchi Samarqandiy yasagan Dunyo kartasini va Samarqanddagi Ulug‘bek rasadxonasida turgan Er shari globusini aytib o‘tish lozim. XVI asrda O‘rta Osiyo geografiyasi va kartografiyasiga ma’lum darajada hissa qo‘shgan olim va sayyohlardan Zahriddin muhammad Bobur (1483-1530), toshkentlik Muhammad Mirzo (1499-1551), Mahmud G‘ijduvoniy (XVI asrning birinchi yarmi), O‘tamish hoji va Sulton Balxiylarning nomlarini aytib o‘tish zarur. Bu olim va sayyohlar bevosita kartografik asar yaratmasalarda, geografik nomlarni aniqlab, ularni joylashgan o‘rni haqida ma’lumot berganlar va kartada tasvirlaganlar. Masalan, Bobur asarlaridagi geografik nomlarni qozoq olimi CH.Valixonov kartaga tushirgan. Xoji YUsuf globusi. XI asrlarda Beruniy tomonidan yasalgan Er shari globusi va Ulug‘bek rasadxonasida turgan globus to‘g‘risida yuqorida aytib o‘tgan edik. Lekin SHarqda undan boshqa globus yaratilgani ma’lum emas. Biroq shuni alohida aytib o‘tish kerakki, SHarq geograflari va sayyohlari tomonidan har xil mazmundagi kartalar tuzilgan. Samarqanddagi O‘zbekiston xalqlari tarixi va madaniyati muzeyida XIX asrning 80-yillarida xo‘jandlik ma’rifatchi Xoji YUsuf mirfayozov tomonidan yasalgan globus bor. Uning bo‘yi 117 sm, Er shari aylanasi uzunligi esa 160 sm. Masshtabi 1:25 000 000 bo‘lib, 1 sm. da 250 km. ga to‘g‘ri keladi. Globusda meridian va parallellar qora rangda, tropik chiziqlar qizil rangda tasvirlangan. Bosh meridian Afrikaning eng g‘arbidagi YAshil burin orollaridan boshlangan, ya’ni Ferro oroli meridiani asos qilib olingan (Bu orol 1884 yilgacha Evropada bosh meridian hisoblangan). SHuningdek Beruniy davrida ham boshlang‘ich meridian shu oroldan o‘tgan. Globusda yirik yozuvlar o‘yib yozilgan, unda yashil, qizil va boshqa ranglar ham berilib, mingga yaqin geografik nomlar ko‘rsatilgan. Globusda ekvator atrofi 12 burjga bo‘linib, har biri rangli rasmlar (sher, qo‘y, qisqichbaqa, chayon, baliq, ho‘kiz va boshqalar) bilan bezatilgan. Umuman, globus geografik va kartografik jihatdan to‘la ma’lumot beruvchi ilmiy asar desa mubolag‘a bo‘lmaydi. Uning muallifi Xoji YUsuf Mirfayoz o‘g‘li 1842 yilda Xo‘jandda tug‘ilgan va diniy maktabda o‘qib, 13 yoshida Arabistonga borib 7 yil yashab arab va yunon tillarini o‘rgangan. U Misr, YUnoniston va Suriyada bo‘lgan. U ikkinchi marta Suriya, Misr, Jazoir so‘ngra Italiya, Fransiya, Ispaniya, Rossiya (Moskva, Peterburg, Odessa) va Turkiyada bo‘lgan. 1929 yilda Xoji YUsuf Xo‘jand shahrida vafot etgan. Download 6.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling