Kartondan ko`rgazmali qurol tayyorlash texnologiyasi
Download 25.12 Kb.
|
ZZZZZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
KARTONDAN KO`RGAZMALI QUROL TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI ANNOTATSIYA Boshlang`ich sinf o`quvchilariga texnologiya fanida qog`oz va karton bilan ishlash texnologiyasi va kartondan turli xildagi ko`rgazmali qurollar tayyorlashni o`rganish. O’qituvchi o`quvchilarni o`zlari ko`p ko`radigan va ishlatadigan qog`ozning asosiy xususiyatlarini farqlash, ularni ayta olishgao`rgatishi maqsadga muvofiq. Kalit so`zlar: Qog`oz, karton, ishlab chiqarishdagi o’rni, ishlov berish usullari, ishlash texnologiyalari , Ish joyini tashkil qilish, texnik xavsizligi qoidalari. Karton qog’oz deb, 1kv.m.200 gr.dan ortiq bo’lgan qog’ozga aytiladi. Oq karton –uni qirqish oson, u unchalik pishiq emas, tez sinadi. Sariq karton oq kartondan ko’ra pishiqroq, egiluvchan yaxshi qirqiladi, yelimdan shishmaydi. Dastlab I sinfda o’quvchilar qog’oz va uning turlari bilan tanishtiriladilar. 1-sinf “Texnologiya” darsligida “ Qog’oz va uning turlari” mavzusi bilan tanishadilar. Ko‘rgazmali qurollardan boshlang‘ich sinflarning barcha fanlarida qo‘llaniladi. Ko‘rgazmali qurollar darslarni samarali tashkil etishga va o‘quvchilarni egallanayotgan bilimlarni mustahkam egallashga yordam berdi. Ko‘rgazmali qurollarni tayyorlashni o‘quvchilarning o‘zlari ham bajarish mumkin. Bu egallagan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Qog`oz va karton bilan ishlash texnologiyasi II sinf texnologiya darslari ni tashkil etishda o’ziga xos xususiyatligi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Birinchi navbatda, o`quvchilar qog`ozdan tayyorlanadigan buyumlarni yaxshi tayyorlashlari uchun ularni qog`oz turi va navlarini yaxshi bilishga, bu materialning ko`p ishlatiladigan turlarining muhim sifat xususiyatlarini farqlashga o`rgatish muhim. O`quvchilar qog`oz turlaridan ba‘zi namunalarning nomi va farqli xususiyatlarini bilmasligi mumkin. Dars jarayonida o’qituvchi o’quvchilarga ko`p miqdorda qog`oz turlarining borligi, mamlakatda turli xususiyatga ega bir necha yuz turdagi qog`oz ishlab chiqarilishini misollar va ko’rgazmali materiallar orqali ko’rsatib, tushucha berib borishi lozim.. O’qituvchi o`quvchilarni o`zlari ko`p ko`radigan va ishlatadigan qog`ozning asosiy xususiyatlarini farqlash, ularni ayta olishga o`rgatishi maqsadga muvofiq. Yozuv qog`ozi, muqova qog`ozlari, bosmalash, rasm chizish, o`rash uchun qog`oz, rangli qog`ozlar haqida, keyinchalik esa bu ro`yxatni papiros qog`ozi, stol usti qog`ozlari va gulqog`ozlar bilan to`ldirish mumkin. O`quvchilar texnologiya darslari uchun materiallarni, xususan, qog`ozlarni hamma vaqt ham ehtiyotkorona asramaydilar. Birinchi texnologiya fani darslaridayoq bolalar bilan kuzatishlar o`tkazib, qog`ozni asramay saqlanishi undan tayyorlanuvchi buyumlar sifatiga qanday ta‘sir etishini yaqqol va ishonchli ko`rsatish muhimdir. Keyinchalik, III va IV sinflarda o`qituvchi oddiy va g`ijimlangan qog`oz xususiyatlarini solishtirishga bir necha marta qaytishi zarur. Tajriba ko`rsatishicha, o`qituvchi tomonidan bolalar turmushda va maktabda doimo foydalanadigan qog`oz turlari va navlarining eng muhim xususiyatlari va sifatlarini yaqqol aniqlash maqsadida tashkil etiluvchi ko`rsatishlar va maxsus jamoa bo`lib kuzatishlari katta foyda kiritadi. III va IV sinflarda o`quv buyumlari konstruktsiyasi, ularni tayyorlash usullari murakkablashtiriladi va shunga muvofiq texnologiya darslari da qo`llaniladigan qog`oz va karton turlari assortimenti ham kengayadi. Har safar o`quvchilar o`z buyumlari uchun yangi turdagi qog`oz yoki karton tanlashida o`qituvchi materialning o`ziga xos xususiyatlari bilan bolalarni tanishtirish va bu xususiyatlar aniq bir buyum yoki uning detalini tayyorlash uchun qanchalik mos kelishini ko`rsatib o`tish imkoniyatini qo`ldan chiqarmaydi. Masalan, darsda samolyot yoki planerning qog`oz modelini tayyorlashda bu buyum uchun qalin va tarang qog`oz olish zarurligini qayd etadi. Turli qalinlik, zichlik va taranglikdagi bir xil o`lchamdagi qog`oz ishlanmalarini ko`rsatib, o`qituvchi amalda ushbu modelni tayyorlash uchun chizma va karton qog`ozi yaxshiroq mos kelishini ko`rsatib beradi. Qog`ozning xuddi shu turlari turli inshootlar maketi, geometrik jismlar modellarini tayyorlash uchun ham mos. “Telefon” ko‘rgazmali qurolini yasash texnologiyasi 1. 30x44 sm o‘lchamdagi karton qog‘ozi olinadi. 2. Karton qog‘ozini usti oq yoki boshqa rangli qog‘oz bilan muqovalanadi. 3. Boshqa rangdagi karton olinib, 30x10 sm o‘lchamdagi telefon trub kasi shaklida qirqib olinadi. 4. Tayyor asos kartonning yo‘qori qismiga telefon trubkasi shaklidagi karton yelimlanadi va buklab qo‘yiladi. 5. Asos kartonning o‘rtasi aniqlanadi va qalam yordamida belgilab qo‘yiladi. 6. Yana boshqa karton olininb, unga sirkul yordamida chiziladi va qirqib olinadi. 7. Doira teng 8 ta bo‘lakka bo‘lib chizib olinadi. 8. Har bir bo‘lak o‘rtasiga kichik doirachalar chizib va qirqib olinadi. Har bir doira orasidagi masofa bir xil bo‘lishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar: Texnologiya o`qitish metodikasi fanidan amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish. O`quv qo`llanma Buxoro – 2022 Texnologiya va uni o`qitish metodikasi Buxoro-2021 https://azkurs.org/html Sanaqulov X.R Xodiyeva D Satbayeva “Mehnat va uni o`qitish metodikasi” Darslik TDPU-2015 Download 25.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling