Karyer mexanik uskunalari
Download 186.68 Kb.
|
Amanbaev Asadbek 4Sb-21 TMJ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 ASOSIY QISM; 1.1 Mashinalar kompleksini tanlash va ularning texnik tavsiflari; 1.2 Kompleksdagi mashina-uskunalar texnik va ekspluatatsion unumdorligini hisoblash;
- 2.1. Loyihada qabul qilingan mashinalarni ishlatish va texnika xavfsizligi qoidalari; XULOSA; ADABIYoTLAR RUYXATI; KIRISH
TOShKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI GEOLOGIYA-QIDIRUV VA KON-METALLURGIYA FAKULTETI “Konchilik elektromexanikasi“ Kafedrasi “KARYER MEXANIK USKUNALARI” fanidan KURS LOYIHASI Bajardi:4Sb-21 TMJ guruh talabasi_Amanbaev Asadbek Qabul kildi: _______Yunusov.J.F _________ KIRISH; 1 ASOSIY QISM; 1.1 Mashinalar kompleksini tanlash va ularning texnik tavsiflari; 1.2 Kompleksdagi mashina-uskunalar texnik va ekspluatatsion unumdorligini hisoblash; 1.3 Uchastkaning berilgan unumdorligi bo‘yicha mashina va uskunalar sonini hisoblash; 2 MAXSUS QISM; 2.1. Loyihada qabul qilingan mashinalarni ishlatish va texnika xavfsizligi qoidalari; XULOSA; ADABIYoTLAR RUYXATI; KIRISH Konchilik - mamlakat sanoatining yirik tarmoqlaridan biri bo‘lib, xalq xo‘jaligini rivojlantirish va samaradorligini yuqori bo‘lishini ta’minlashda katta ahamiyatga egadir. CHunki konchilik sanoati tarmoqlarida neft, tabiiy gaz, ko‘mir, rangli metall, nometall qurilish materiallari kabi ko‘plab foydali qazilma konlarini qazib chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritadilar. Konlarni qazib olish ishlari masshtabining nihoyatda kengligi, mehnat va kapital talabligi, shuningdek kon qazish ishlarini tobora chuqurlashib borishi tufayli qazish ishlari sharoitlarining murakablashishi va nafaqat konchilik sanoati texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, balki butunlay xalq ho‘jaligining samaradorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli konchilik ishlari samaradorligini oshirish mamlakat xalq xo‘jaligining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Konchilik sanoati texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga, birinchi navbatda, konlarni progressiv ochiq usulda qazib olishni rivojlantirish orqali erishiladi. CHunki foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan istiqbolli usul hisoblanadi. Ochiq usulda kon qazishning qudratli industrial bazasi mavjudligi va foydali qazilma zaxiralarining katta qismi er yuziga yaqin joylashganligi tufayli hozirgi vaqtda mamlakatimizda qazib olinayotgan qattiq mineral xom ashyoning katta qismi (80-85%) ana shu progressiv ochiq usulda qazib olinmoqda. Keyingi yillarda mamlakat karyerlarida ilmiy texnika taraqqiyoti natijalari asosida takomillashgan texnika va innovatsion texnologiyalarni qo‘llanishi orqali ochiq usulda kon qazish ishlari iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga erishilmoqda. Bu esa o‘z navbatida konlarni ochiq usulda qazib olish doirasini yanada kengaytirishga imkon yaratmoqda.. Konchilik sanoatining rivoji va ishlab chiqarayotgan maxsulotning ko‘payishi, yani zamonaviy texnika – texnalogiyani qo‘llash va avtomatlashtirilgan, mexanizatsiyalashgan texnalogiyalarni jalb etishimiz Respublikamizdagi konlarni rivojlanishiga olib keladi. OAJ Olmaliq kon metallurgiya kombinati Angren ruda boshqarmasi “Qizil olma” ruda koni hozirgi kunda yetakchi oltin qazib olish koni hisoblanadi. 2020 – yilgacha Olmaliq tog‘ – kon metallurgiya kombinati (OTMK) tomonidan Qizil olma konida qiymati 185 mln. dollarga teng 2 ta yer osti kon barpo etilgan. Ushbu investitsiya loyhalari davlatimiz rahbari farmoni bilan tasdiqlangan 2015 – 2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash bo‘yicha chora – tadbirlar dasturiga kiritilgan. 2015 – yilda “Olmaliq metallurgiya qurilish” tresti “Samarchg” uchaskasida hozirda ishlab turgan Qizil olma koni bazasida 83 mlrd so‘mga teng investitsiyani o‘zlashtirish prognozi bilan yer osti konini qurishda davom etadi. 2019 – yilgacha barpo etilishi kutilayotgan yangi konning quvvati yiliga 100 ming tonna ruda qazib olish imkoni beradi. Bu yerda mavjud quduqni chuqurlashtirib, yer osti ishlari majmuasi barpo etiladi. Download 186.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling