Karyer mexanik uskunalari
SBSH-160 Burg’ulash stanogining texnik tavsifi
Download 37.89 Kb.
|
4Sb-21 TMJ guruh talabasiMuratbayev Jasurbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Burgulash stanogini aylantiruvchi uzatuvchi mexanizm turi va ishlash prinsipi
SBSH-160 Burg’ulash stanogining texnik tavsifi
4-jadval
Burgulash stanogini aylantiruvchi uzatuvchi mexanizm turi va ishlash prinsipi Konchilik sanoatining barcha tarmoqlarida foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olishda keng qo‘llanilmoqda. Temir ruda va rangli metallurgiya sanoati karyerlarida burg‘ilanayotgan skvajinalarning 80%, ko‘mir razrezlarida esa, -60% sharoshkali burg‘ulash stanoklari bilan amalga oshirilmoqda. SBSH-160 burg‘ilash stanogining aylantirish-uzatuvchi mexanizmi turi kanat-porshenli uzatish tizimiga ega bo‘lgan shpindelli mexanizmdan iborat 6-ram.Kanat-porshenli uzatish tizimli shpindelli aylantirish-uzatish mexanizmi. Burg‘ilash stavini aylantirish. O‘zgarmas tok dvigateli M1 ning aylanishi tishli mufta va shlitsali val orqali ikki pog‘onali reduktor 1 ning kirish valiga uzatiladi. Elektrodvigatel va reduktorni titrashdan saqlash maqsadida reduktorning chiqish valiga shina-shlitsali mufta 2 ulanadi. Tayanch qism 3 orqali aylanuvchi burg‘ilash snaryadi 15-18 ga o‘q yo‘nalishidagi bosim kuchi beriladi. Bu kuch tayanch uzeli polzunlari 4 ga maxkamlangan uzatish mexanizmi pastki kanatlari orqali uzatiladi. Aylantirgich polzuni 5 machta 6 yo‘naltirgichlari bo‘ylab harakatlanadi. Tayanch uzel 3 o‘z navbatida karetkaga nisbatan siljishi mumkin. Kanat-porshenli uzatish tizimli Shpindelli aylantirish-uzatish mexanizmi. M1 elektrodvigatel va reduktor, o‘rama elektro kabel va havo shlanglari 8 va 9 kanatlar orqali blok 7 ga osiladi. Bu kanatlar ham uzatish tizimi va nisbatiga egadir. Aylantirgich karetkasi yarim spast tizimi orqali uzatish gidrotsilindri 10 shtoki bilan bog‘lanadi. Tayanch uzeldan pastda burg‘ilash staviga suv va havo aralashmasini uzatish qurilmasi joylashgan. Kanat-poluspast tizimi (uzatish nisbati to‘rtkarrali) oxirlari aylantirgich karetkasiga maxkamlangan yuqorigi 11 vapastki 12 kanatlardan tashkil topgan bo‘lib aylantirgichni 8 m li shtanga uzunligi bo‘ylab uzluksiz uzatishni ta’minlaydi. Bunda porshenning yurish yo‘li 2 m ni tashkil etadi.Silindrlar shtoklari yuqoriga harakatlanganda pastki kanatlar tortiladi va aylantirgich pastga harakatlanadi. Shtoklar pastga harakatlanganda esa yuqorigi kanatlar tortiladi va aylantirgich yuqoriga ko‘tariladi. Kanatlarning tortilishi 13 va 14 vintli qurilmalar yordamida boshqariladi. Download 37.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling