Karyer xodimlarini o’qitish. Karyerlar xodimlariga oid talablar
Download 41.12 Kb.
|
xavf 1(1)
1000 V gacha kuchlanishda:
- mashinistlar – kamida 3 guruh; - mashinist yordamchilari- kamida 2 guruh; 1000 V dan yuqori kuchlanishda: - mashinistlar – kamida 4 guruh; - mashinist yordamchilari- kamida 3 guruh. Xavfsizlik texnikasi bо‘yicha yuqorida kо‘rsatilgan malaka guruhlariga ega bо‘lish, mashinistlar va mashinist yordamchilariga faqat ularga biriktirilgan ekskavator (burg’ulash stanogi va shu kabilar) va uni ulash punktiga (shu jumladan ulash punktidagi kAbelni almashlab ulash) xizmat kо‘rsatish va joriy profilaktik ta’mirlashni bajarish huquqini beradi. Mashinistlar va mashinist yordamchilari boshqa ekskavatorga (burg’ilash stanogiga) vaqtincha о‘tkazilganda, ular shu konchilik mashinalarning elektr ta’minoti sxemasi bilan tanishganlaridan keyin, yuqorida kо‘rsatilgan ishlarni bajarish uchun ruxsat etiladi. Foydali qazilma konlarini ochiq usul bilan qazib olishda yordamchi xizmatlarga rahbarlik qilish uchun, kon-texnikaviy yoki umumtexnik yо‘nalishidagi oliy yoki о‘rta maxsus ta’limga ega bо‘lgan shaxsga ruxsat etiladi. Umumtexnik yо‘nalishidagi ta’limga ega bо‘lgan shaxslar mazkur Qoidalarning 1.5.15 bandiga muvofiq ravishda karyerlarda ishlarni olib borishning xususiyatlarini о‘rganish bо‘yicha maxsus kurslarni о‘tashlari kerak. Ayrim hollarda karyerlarda yordamchi ishlar yuzasidan texnik rahbarlik qilish uchun, maxsus ta’limga ega bо‘lmagan, ammo tegishli yо‘nalish bо‘yicha kamida 2 yillik ish stajiga shaxs, tegishli turdagi ishlarga rahbarlik qilish huquqini beradigan kurslarni tugatganidan keyin, tayinlanishi mumkin. Amaldagi elektr qurilmalaridagi ishlarga rahbarlik qilish uchun, oliy yoki о‘rta maxsus (elektrotexnika) ta’limga ega bо‘lgan shaxsga ruxsat etiladi. Karyerlarda yordamchi ishlarni bajarish uchun, kasb bо‘yicha о‘qib, imtihon topshirgan va tegishli ishlarni bajarish huquqiga oid guvohnoma olgan va karyerlardagi о‘zini tutish qoidalari bilan tanishgan ijrochilarga ruxsat etiladi. Konchilik va transport jihozini ishlatish va ta’mirlashda kasblarni mujassamlashtirish kо‘zda tutilganda, ijrochilar barcha mujassamlashtirilgan kasblar turi bо‘yicha о‘qitilishi va tegishli guvohnomalar berish bilan shahodatlanishi kerak. Bunda asosiy kasb (konchilik jihozi mashinistlari va mashinisti yordamchilari, chilangarlari, elektr chilangarlari va shu kabilar) bо‘yicha dasturga qо‘shimcha kasblar (stropalchi, elektr payvandchi) bо‘yicha maxsus bо‘limlarni qо‘shishga ruxsat etiladi. Karyerga ishga yangi kirayotgan kasbi bо‘lmagan, kasbini о‘zgartirayotgan yoki turdosh kasbni olayotgan ishchining mustaqil ish bajarishiga ruxsat berishdan oldin, u kasbi bо‘yicha, shu jumladan mehnat xavfsizligi bо‘yicha ta’lim olishi kerak. Kasb bо‘yicha о‘qitish korxona (bо‘linmalar) kadrlar bо‘limi tomonidan tashkil etiladi va korxonaning о‘quv markazlarida о‘quv dasturlariga binoan о‘tkaziladi. Yordamchi ishlab chiqarish xizmatlarining karyerda doimo bо‘lishi zarur bо‘lmagan xodimi, uni xavfsizligiga tahdid qilishi mumkin bо‘lgan asosiy xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari bilan tanishtirilishi, va ma’muriyat kо‘rsatma bermaganda karyerda bо‘lish noо‘rinligi haqida ogohlantirilishi kerak. Ijrochilarni maxsus о‘qitish talab etadigan ishga (portlatuvchi, lokomotiv mashinisti, yuk kо‘tarish kranlari mashinisti va shu kabilarga) tayinlashdan oldin tegishli Qoidalarning yosh, jins, ish staji, kasbi bо‘yicha nazariy va amaliy ta’lim qismi talablari bajarilishi kerak. Karyerning tugallangan oliy kon-texnikaviy ta’lim va konchilik muhandisi yoki konchilik texnigi malakasiga ega bо‘lishi lozim bо‘lgan rahbar xodimlari va mutaxassislari rо‘yxati, qaysiki tuzilmasi mazkur Qoidalarga muvofiq ravishda ochiq konchilik ishlarini boshqarish va ularni bexatar olib borishni ta’minlashi lozim bо‘lgan shtat jadvali tomonidan aniqlanadi. Shtat jadvali korxona rahbari tomonidan tasdiqlanishi kerak. Yuridik mustaqillikka ega bо‘lmagan, bо‘linma huquqida karyer tarkibiga kiruvchi korxonalar, boshqaruv tarkiblarida konchilik yо‘nalishi bо‘yicha mutaxassislar-ga ega bо‘lishlari kerak, qaysiki ularga karyerni loyiha va meyoriy-texnik hujjatlar bilan ta’minlash, shuningdek konchilik ishlari olib borilishi yuzasidan nazorat yuklatiladi. Foydali qazilma konlarini ochiq usul bilan qazib oluvchi korxonalar, shuningdek ushbu korxonalar uchun loyihalar ishlab chiquvchi, jihoz, asbob va shu kabilarni ishlab chiquvchi va montaj qiluvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlari mazkur Qoidalarni egallab turgan lavozimi doirasida bilishlari yuzasidan har uch yilda kamida bir marta kо‘rikdan о‘tishlari kerak. Download 41.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling