Kasaba uyushmalari to‘G‘risida


-modda. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish sohasidagi huquqlar


Download 163.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/24
Sana20.09.2023
Hajmi163.72 Kb.
#1681838
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
O‘RQ-588-сон 06.12.2019. Kasaba uyushmalari to‘g‘risida

34-modda. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish sohasidagi huquqlar
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari
tashkilotlari ish beruvchilar tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga
taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
normativ hujjatlar, shuningdek jamoa shartnomalari va kelishuvlari talablariga rioya etilishi ustidan
jamoatchilik nazoratini ish o‘rinlarida amalga oshirish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 
52-moddasi
, 67-moddasi ikkinchi
qismining 
4-bandi

2-kichik bo‘limi 
(“Da’vo ishini yuritish”), O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
“Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi
qarorining 
8-bandi
.
35-modda. Mehnat nizolarini ko‘rib chiqishda xodimlarning manfaatlarini himoya
qilishga bo‘lgan huquq
Oldingi
 tahrirga qarang.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari
tashkilotlari qonunchilikda tashkil etilishi hamda faoliyat ko‘rsatishi tartibi belgilanadigan mehnat
nizolari bo‘yicha komissiyalarning ishida ishtirok etish huquqiga ega.
(35-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 
547-moddasi
.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari
tashkilotlari jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solishda ishtirok etish huquqiga ega.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va
manfaatlarini himoya qilish uchun yuridik hamda boshqa xizmatlarni tashkil etishi, shuningdek
shartnoma asosida tegishli mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari
tashkilotlari tashkilotlarning rahbarlariga hamda boshqa mansabdor shaxslariga xodimlarning
ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning hamda
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning aniqlangan buzilishlarini bartaraf
etish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritishga, shuningdek
tashkilotlarning rahbarlariga mazkur qoidabuzarliklarda aybdor bo‘lgan shaxslarni intizomiy
javobgarlikka tortish haqida taqdimnomalar kiritishga haqli.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari
tashkilotlari mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi talablar bo‘yicha da’volar


bilan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish chog‘ida sudlarda davlat bojini to‘lashdan
ozod etiladi.
(35-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 163.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling