Kasaba uyushmalari to‘G‘risida


Download 163.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/24
Sana20.09.2023
Hajmi163.72 Kb.
#1681838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
O‘RQ-588-сон 06.12.2019. Kasaba uyushmalari to‘g‘risida

kasaba uyushmasi — fuqarolarning o‘z faoliyati yoki o‘qishi turi bo‘yicha umumiy kasbiy
manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va
manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan, o‘z ustavi asosida faoliyat
ko‘rsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
73-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
“O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat
notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 
2-moddasi
.
boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti — bir yoki bir nechta ish beruvchida ishlaydigan
yoki tegishli ta’lim muassasasida o‘qiydigan kasaba uyushmasi a’zolarining tegishli kasaba
uyushmasi ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadigan ixtiyoriy birlashmasi;
kasaba uyushmalarining birlashmasi — xodimlarning kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-
iqtisodiy huquq va manfaatlarini amalga oshirish hamda himoya qilishda harakatlarning
muvofiqlashtirilishiga va birligiga erishish maqsadida tarmoqqa doir, hududiy yoki kasbiy o‘ziga
xoslikni hisobga oluvchi boshqa belgi bo‘yicha tuziladigan ixtiyoriy birlashma;
kasaba uyushmasining bo‘linmasi — kasaba uyushmasining ustaviga muvofiq tashkil
etiladigan, tegishli hududda uning vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini amalga oshiradigan
bo‘linma.
4-modda. Kasaba uyushmalariga birlashish huquqi


Mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ta’lim olayotgan, o‘n besh yoshga to‘lgan
shaxslar (bundan buyon matnda xodimlar deb yuritiladi) hech qanday tafovutsiz o‘z tanloviga ko‘ra
va oldindan ruxsat olmay turib, ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalarini tuzish huquqiga,
shuningdek kasaba uyushmalariga ularning ustavlariga rioya etish sharti bilan a’zo bo‘lish
huquqiga egadir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
39-moddasi 
va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat
kodeksi 21-moddasi birinchi qismining 
sakkizinchi xatboshisi
.

Download 163.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling