Kasalliklari (bronxial astma va yo’tal)
Download 115.4 Kb.
|
11-mavzu Nafas bronxial astma yo\'tal
- Bu sahifa navigatsiya:
- EPIDEMIOLOGIYASI.
- ETIOLOGIYASI.
SURUNKАLI BRONXIT.Surunkali bronxit - bu bronxlarning surunkali, vaqti-vaqti bilan xurujlanuvchi noallergik va diffuz yalligʼlanishi boʼlib, asosiy klinik belgilar: yoʼtal, xansirash va oʼpkada xirillashlar bilan kechadigan kasallikdir. Surunkali bronxit – bu oʼpka ventillyatsiyasi va gaz almashinuvini obstruktiv tipda jadallik bilan buzilishiga olib keladigan kasallikdir. Jaxon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST) ekspertlarining taʼrifiga koʼra, bemorda balgʼam ajralishi bilan kechadigan yoʼtal bezovta qilish davri bir yilda uch oyni tashkil kilib va shu tarzda ikki yil davom etsa, shu belgilarni keltirib chiqarishi mumkin bulgan nafas yullarining boshka kasalliklarini istisno qilingan holda, surunkali bronxit diagnozini qoʼyish mumkin. EPIDEMIOLOGIYASI.Oʼpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari bugungi kunda butun dunyoda eng keng tarqalgan kasalliklardandir. Bunga sabab butun dunyoda atrof – muhitning buzilishi, tamaki chekuvchilar sonining keskin ortib borayotganligi, rivojlanayotgan davlatlarda qashshoqlar soni yuqoriligi va boshqalardir. Ushbu guruhga kiruvchi eng asosiy kasallik – bu surunkali bronxit bòlib, u barcha òpka kasalliklaridan sodir bòlayotgan oʼlimning 80 % ning va nogironlikning 50 % ning sababchisidir. U koʼprok erkaklarda, yoshi 40 dan oshganlarda rivojlanadi. Tamaki chekuvchilarda bu kasallik 3- 4 marta koʼproq uchraydi. ETIOLOGIYASI.Surunkali bronxit polietiologik kasallik bulib, uning rivojlanishida tashqi va ichki omillar ahamiyatga ega. Surunkali bronxitning xavfli omillari. KLINIKАSISurunkali bronxit sekin-sata rivojlanib boradi va kasallikning jadallashish tezligi uning xurujlanish xarakteri bilan bog'liq. Kasallik tez-tez xurujlanib, remissiya davri qisqa boʼlsa, u juda tez nafas yetishmasligiga, soʼngra esa yurak yetishmasligiga olib keladi. Koʼpincha shamollashdan soʼng boʼladigan yengil yoʼtal bemorlar eʼtiborini oʼziga jalb qilmaydi. Bu bemorlarning kasallikning boshlangʼich bosqichida vrachlarga murojaat qilmasliklariga sabab boʼladi. Kasallik boshlanganda u kam, faqat ertalab, oʼrnidan turganda yoki iliq xonadan tashqariga – sovuqqa chiqqanda boʼladi. Lekin kasallik rivojlanib borgan sari u koʼpayadi va ogʼir darajalari doimiy, bemorlarni xoldan toliqtiruvchi boʼladi. Balgʼam ajralishi kuzatiladi. Kasallikning boshlangʼich bosqichlarida kam miqdorda oq, koʼpiksimon boʼlsa, kasallik rivojlanib borishi bilan uning xarakteri oʼzgaradi. Koʼkimtir boʼla boshlaydi, miqdori ortadi, keyinchalik balgʼamning tarkibida qon boʼlishi mumkin. Xansirash ham kuzatiladi. U kasalliknig boshida kuchli jismoniy zoʼriqishga nisbatan boʼlsa, kasallik rivojlanishi bilan kichik jismoniy zoʼriqishda ham bezovta qila boshlaydi va oxiri oqibat, tinch holatda ham boʼladi. Kasallikning ogʼirlashib borishi koʼkrakda ogʼriqning paydo boʼlishi bilan xarakterlanadi. Bu bronxoobstruktsiya natijasida koʼkrak qafasidagi yordamchi nafas mushaklarining jadal ishlashi natijasidir. Kasallikning xuruj davrida tana xaroratining subfebril darajada koʼtarilishi, xolsizlik, loxaslik, terlash kuzatiladi. Bemorlarni koʼzdan kechirganda kasallikning boshida deyarli oʼzgarishlar boʼlmaydi. Kasallik rivojlanib borishi bilan uning tashqi belgilari namoyon boʼla boshlaydi. Bunda sianoz paydo boʼlib koʼpayadi. Koʼkrak qafasining shakl oʼzgaradi – emfizematoz boʼla boshlaydi. Bunda u kengayib qovurgʼalararo masofa ortadi. Download 115.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling