Kasalliklari (bronxial astma va yo’tal)


Download 115.4 Kb.
bet4/10
Sana18.02.2023
Hajmi115.4 Kb.
#1211042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11-mavzu Nafas bronxial astma yo\'tal

DАVOLАSH.


Surunkali bronxitni asosan ambulator sharoitda davolash mumkin. Lekin ogʼir bosqichlarida va kasallik xurujlanganda statsionar davo oʼtkazish kerak. Kasallikni nafaqat xuruj, balki remissiya davrida ham davolash kerak. Bunda davolash kasallikning ogʼirlik darajasiga mos ravishda olib boriladi.
Surunkali bronxitni davolash

  1. Kun tartibiga rioya qilish. Mehnat va dam olish tartibiga rioya qilishi lozim. Аvj olmagan paytda bemor erkin xarakat tartibotida boʼladi. Kuniga 30 daqiqadan badantarbiya yoki gimnastik mashqlar kompleksini bajarishi mumkin. Gimnastik mashqlar kompleksi oʼz ichiga maxsus nafas mashqlarini va umumiy quvvatlantiruvchi mashqlarni oladi.

  2. Parhezga rioya qilish

  3. Fitoterapiyadan foydalanish

Koʼka (barglari) – 10 g, zubturum (barglari) – 20 g, qirqboʼgʼim (oʼti) – 30 g, navroʼzgul (gullari) – 40 g. Yoʼtal, traxeobronxit, surunkali bronxit, oʼtkir, quruq bronxitda 1/3 – 1/4 stakandan damlama yoki qaynatmani iliq holda qabul qilinadi.
Koʼka (barglari) – 20 g, zubturum (barglari) – 30 g, qizilmiya (ildizi) – 30 g, kapalakgul (oʼti) – 20 g. Yoʼtal, traxeobronxit, surunkali bronxit, oʼtkir bronxitda kuniga 3 marta ovqatdan oldin 1/3 – 1/4 stakandan iliq damlama qabul qilinadi.
Botqoq ledumi (oʼti) – 10 g, koʼka (barglari) – 10 g, gunafsha (oʼti) – 10 g, zubturum (barglari) – 10 g, moychechak (gullari) – 10 g, navroʼzgul (oʼti va ildizi) – 10g, arpabodiyon (mevalari) – 10 g, dorivor gulxayri (ildizi) - 20 g, qizilmiya (ildizi) – 10 g.
Quruq bronxitlarda kuniga 3 marta 1/3 stakandan damlama yoki qaynatma koʼrinishida ovqatdan keyin qabul qilinadi.
Dorivor gulxayri (ildizi) – 40 g, qizilmiya (ildizi) – 25 g, Koʼka (barglari) – 20 g, oddiy fenxel (mevallari) – 15 g. Oʼtkir va surunkali bronxit, oʼpka emfizemasi, zotilzamda kuniga 3-5 marta iliq damlama yoki qaynatma koʼrinishida 1/3 – 1/4 stakandan qabul qilinadi.
Dorivor qashqarbeda (oʼti) – 5 g, oddiy jambil (oʼti) – 10 g, oddiy fenxel (mevalari) – 10 g, qalampir yalpiz (barglari) – 10 g, zubturum (barglari) - 15 g, qizilmiya (ildizi) – 15 g, koʼka (barglari) – 20 g. Yoʼtal, traxeobronxit, surunkali bronxit, oʼtkir, quruq bronxitda kuniga iliq 11 qaynatma yoki damlama koʼrinishida 1/3

  • 1/4 stakandan qabul qilinadi.

Qora andiz (ildizi) – 10 g, arpabodiyon (mevalari) – 10 g, qaragʼay (kurtaklari) – 15 g, tirnoqgul (gullari) – 10 g, dorivor mavrak (barglari) – 10 g, qalampir yalpiz (oʼti)

  • 10 g, koʼka (oʼti) - 10 g, kapalakgul (oʼti) – 10 g, yogʼochsimon evkalipt (bargi) – 15

g. Nam bronxitda 21 damlama yoki qaynatma koʼrinishida 1/3 – 1/4 stakandan kuniga 3 marta ovqatdan keyin qabul qilinadi.
Dorivor mavrak (oʼti) – 20 g, oddiy jambil (oʼti) – 15 g, dorixona moychechagi (gullari) – 15 g, zangori polemonium (ildizi) – 15 g, arpabodiyon (mevalari) – 15 g, Koʼka (barglari) – 10 g, dorivor tirnoqgul (gullari) – 10 g. Bronxitda kuniga 3-4 marta ovqatdan keyin 1/3 – 1/4 stakandan 11 damlama koʼrinishida qabul qilinadi.
Qizilmiya (ildizi) – 15 g, zangori polemonium (ildizi) – 15 g, dorixona moychechagi (gullari) – 20 g, dorivor valeriana (ildizi) – 10 g, arslonquyruq (oʼti) – 10 g, qalampir yalpiz (oʼti) – 20 g, teshik dalachoy (oʼti) – 10 g. Bronxospazmda kuniga 3- 5 marta 1 damlama koʼrinishida 1/3 – 1/4 stakandan 3-5 marta ovqatdan keyin qabul qilinadi.

  1. Nafas mashqlarini bajarish.

  2. Аkupunkturadan foydalanish. Bunda balgʼam koʼchiruvchi, umumiy quvvatlantiruvchi va yoʼtalga qarshi nuqtalardan foydalaniladi.

  3. Medikamentoz davo.

Download 115.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling